Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2022-10-09 07:26:37 Қозоғистон молия соҳасида бир яқин дўстим ишлайди. Ўтган куни гаплашган эдик — энг катта банкларнинг бирида банк капитал талабларини бажариши билан муаммоси бор экан. Лекин муаммолар сиз ўйлаган эмас. Муаммо пассивлар кўплигида. Яъни Руслар шунчалик кўп ҳисоб очиб депозитга пул қўйишган-ки, банкда «капитал талаблари» муаммосига олиб келибди. Тезроқ бу пулларни бериб юбормаса, регулятор билан муаммо бўлармиш. Ҳозир, шу пулларни тезроқ чиқариб юбориш бўйича, банк ходимлари шанба-якшанба ҳам ишда ўтириб чоралар кўришмоқда. Пулни қандай ишлатишни ўйлашяпти, қисқаси.

Ўзбекчада айтсак — «сизларни муаммонгиз, қани энди бизда бўлса».
9.3K views04:26
Ochish/sharhlash
2022-10-09 05:45:47 Podkastni 25-soni chiqdi.

“Narxni oshirish taqiqlansin!”:



Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni, Rossiyada bronejiletga bo'lgan talabning oshishi natijasida narx 1800%ga oshib ketganini va O'zbekistonda taksi/kvartira xizmatlariga bo'lgan talabning oshishini kuzatdik. Epizod shu misollar atrofida va umuman nima uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirayotganlari, va u nima uchun davom ettirilishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.

Ko‘ring, ulashing va albatta obuna bo‘ling.

Ilovalar:

Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll

Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796

Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about

Podbean (web):
https://botir.podbean.com/

Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics

@uzbekonomics
3.5K views02:45
Ochish/sharhlash
2022-10-08 08:08:28
Qrim ko’prigida shunday ahvol deyishmoqda. Juda muhim yangilik.
4.4K views05:08
Ochish/sharhlash
2022-10-07 23:16:08 Urush haqida koʻp oʻqib boryapman, har xil odamlar bilan shu mavzuda gaplashaman va bir narsaga eʼtibor berishni boshladim. Kreml ham, gʻarbdagi siyosatchilar ham va eng muhimi Ukrainalik siyosatchilar ham, bir masalada hamfikrlar, lekin menga bu narsa bunchalik trivial koʻrinmaydi.

Gʻoya quyidagicha: “Agar Rossiya urushni yutqazsa, unda Putin rejimi ham qulaydi”. Bu gʻoyaga Kreml ishonib qolgan, buni yaqqol koʻrsa boʻladi — qanchalar koʻp qurbonliklar boʻlmasin, qanchalik koʻp vayronagarchilik boʻlmasin, qanchalar Rossiyaliklarni iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli yomonlashmasin, urushni “ekzistensial” deb oʻylashmoqda Rossiyalik boshqaruvchilar. Rus propagandasi ham, bu urushda magʻlubiyat cheksak — boʻldi, tamommiz degan narrativni xalqqa sotmoqda. Menga tushunarsiz koʻrinayotgani, gʻarb siyosatchilari ham oʻylashyaptiki, urushni Rossiya yutqazsa Putin rejimi qulaydi deb. Menimcha bu unchalik trivial emas, juda koʻp diktatorlar urushlarni yutqazib koʻp yillar oʻz taxtida qolgan. Gʻarbliklar va Ukrainaliklarda bu “wishful thinking” — yaʼni shunday boʻlishini xohlashgani uchun, shunday taxmin qilishmoqda, Kremlda esa, bu analitik xato.

Shu masala qiziq, jang maydonidagi dushmanlar — bir xil masalalarda hamfikrlar. Vaholanki, bu fikr toʻgʻriligiga shubhalanish mumkin.
2.9K views20:16
Ochish/sharhlash
2022-10-06 21:01:04 Россия Украинага Ғарб давлатларидан кўпроқ қурол етказиб бермоқда

The Wall Street Journal’нинг ёзишича, «дунёнинг иккинчи армияси» чекинаётган вақтда қолдириб кетган оғир қуроллар исталган бошқа мамлакат Киевга етказиб бераётганидан кўра кўпроқ ҳисобланади.

Таъкидланишича, Украина қуролли кучлари Россиянинг 460 та танкини (Ғарб давлатлари 320 та етказиб берган), 448 та пиёдалар жанговар машиналарини (Ғарбдан 210 та), 195 та зирҳли жанговар машиналарини (Ғарбдан 40 та) ва 44 та ракета тизимини (Ғарбдан 70 та) эгаллаб олган.

Нашрнинг қайд этишича, ушбу маълумотлар очиқ манбалардан тўпланган, шу сабабли қўлга олинган транспорт воситаларининг ҳақиқий сони кўпроқ бўлиши мумкин.
1.8K views18:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 19:42:10 Rossiya Markaziy Banki raisi o‘rinbosariga ko‘ra, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tushishining eng pastki nuqtasi 2023 yilning birinchi choragida sodir bo‘lar ekan.

Bundan oldin, iqtisodiyot vazirligi 2022 yilning oxirgi choragi eng pastki nuqta bo‘ladi deb reja qilgan edi.

Ruschada aytsak: «думали что опустились на самое дно, как вдруг снизу постучали...»
2.8K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2022-10-04 16:34:59 Айни шу куни, 1938 йилнинг 4 октябрида юзлаб ўзбек зиёлилари қотил тузум томонидан отиб ўлдирилган. Тарихчилар бу кунни ўзбек тарихидаги энг қора кунлардан бири деб ҳисоблайдилар.
Ссср олий суди харбий коллегияси шу куни 570 нафар ўзбек зиёлиларини отувга ҳукм қилган ва ижро этган.
Абдулла Қодирий, Абдурауф Фитрат, Чўлпон каби адабиётимиз намоёндалари ҳам айнан шу куни қатл қилинганлар.
Одатда, танлаб амалга оширилган қотилликлар геноцид дейилмайди, ҳар қандай ўзбек бундан қутулиб қолиши мумкин бўлгандек тасаввур уйғотади. Лекин ундай эмас - агар танлов ноҳақ, адолатсиз ва бегуноҳ инсонлар ўртасида экан, бу геноциддир.

2-Жаҳон урушидан кейин немис зиёлилари қандай тарбиялангани ҳақида эшитгандим. Масалан, ўша урушга ҳеч қандай алоқаси бўлмаган бир ўқитувчи, ўзига ўхшаганлардан ташкил топган гуруҳ билан мажбурий меҳнатга юборилади. Иш - фашистлар томонидан кўмиб юборилган ёки бомба тагида қолган жасадларни кавлаб олиш ва қабрга қўйиш. Ҳалиги немис ўқитувчисини куйиб кетган гўдак жасадини бир муддат қўлида ушлаб туришга мажбур қилишаркан. Шу орқали у, гарчи фашизмни қувватламаган бўлса-да, ўзининг бефарқлиги Германияга кимларнинг келишига сабаб бўлганини ҳис қиларкан, ўзини бошқа миллатлар олдида айбдор санар экан. Мана шу туйғу уларни дунёнинг энг ривожланган жамиятлардан бирига айлантирди.

Афсуски, Сталинни бундан кам бўлмаган жиноятлари учун ҳеч ким жазолай олмади. Бефарқ бўлиш тугул, ўша отиб ўлдирилган зиёлиларни сотиб берганлар, қатл қилганлар қаҳрамон бўлишди, медаллар олишди, яхши яшашди.
Афсуски, биз ҳалигача жазоланмадик, 1938 йил ва ундан кейинги воқеалар даҳшатини ҳис қилмадик. Афсуски, ҳалигача, Сталинни оқлайдиган, унинг яхши ишлари ҳам бўлганини санайдиганлар орамизда бор.
Менимча, Қодирийларнинг ўлимини тўлиқ англаб етмагунимизча, бу билан биз нималарни йўқотганимизни тушуниб етмагунимизча, уларнинг ғоясини ҳаётга тадбиқ қилиш, йўлини давом эттиришни ўзимизга вазифа қилмагунча, якдил жамиятга айланмаймиз, том маънодаги мустақилликка таҳдидлардан қутулмаймиз.
2.2K views13:34
Ochish/sharhlash
2022-10-04 06:16:01 Oxirgi payt eshitgan eng yaxshi podkastlarimdan.
3.0K views03:16
Ochish/sharhlash
2022-10-03 20:29:48 Nobel Mukofoti haftaligi boshlandi. Meni taxminlarim har yili o’sha o’sha. Syusan Ateyni qo’shar edim (Kard olgani uchun uni olib tashlash kerak). Syusan Atey olsa boshqa tarmoqlar iqtisodiyotiga doir (BLP model, demak Pakes) olishi kerak.

Hali ham Manskiy olishi kerak deb o’ylayman. Uyat bo’ladi olmasa.

Agar iqtisodiy Nobelni boshqa ijtimoiy fanlarga berishsa - tahminim Granoveter.

https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/1082
2.4K views17:29
Ochish/sharhlash
2022-10-03 17:55:53 Erondagi Sharif Texnologiyalar universitetida qon toʻkilayotgan ekan. Bu universitet nafaqat Eronda, balki butun mintaqadagi eng muhim ilm markazlaridan biri. Oʻrta Sharqda bunday zoʻr universitetlar deyarli yoʻq. Shaxsan meni bir nechta yaqin tanishim, hamkasbim, jumladan hatto devor qoʻshnim ham shu universitet bitiruvchisi. Gʻarbiy universitetlarda tahsil olayotgan va ishlayotgan Eronlik olimlarni ko’pi oʻsha universitet bitiruvchisi (Hindistonning IITsidek gap).

Aytmoqchi, kelajakda iqtisodiyotdan Nobel mukofoti oladigan eronlik (hozir juda yosh, 40-50 yilda olishiga aminman) — Muhammad Akbarpour ham, shu universitet bitiruvchisi.

Kecha sharqiy yevrodagi eng zoʻr universitetlar — Moskva Davlat Universiteti, Oliy Iqtisodiyot Maktabi va MFTI shu olti oyda toʻkilib ketayotgani haqida yozgan edim. Endi bugun Erondan shunday yangiliklar. Qiziq tomoni — normal universitet qilishga yarim asr va milliardlab pul kerak. Buzish uchun, bir hafta ham kifoya ekan.

Oʻrta sharqda Qirol Abdulaziz Fan va Texnologiyalar universitetiga, Saudiya eng kamida 10 milliard dollar ajratdi, lekin hali ham, Erondagi Sharifga yetgani yoʻq. Xuddi shunday Qozogʻistondagi Nazarboyev universiteti uchun, eng kamida 2 milliard dollar ajratilgan edi. Lekin albatta MDU yoki MFTI darajasiga yetgani yo’q. Shu ikkala yangi universitetga, milliardlab dollarlar bilan birga vaqt kerak — yaʼni bir necha milliard dollar normal universitet tashkil qilish uchun shart boʻlgan talab, to’g’ri — lekin yetarli emas. Universitet tashkil etish uchun (bir necha milliard dollar bilan birga) yillar kerak, bir necha avlod kerak.

Normal universitetni bir necha kunda vayron qilish uchun esa, koʻrib turganimizdek, juda qisqa vaqt kerak ekan. Chunki universitet — bu insonlar, ular ketib qolishsa, universitet ham qolmaydi.

Lekin eng qizig’i, bunday fan markazlarini vayron qilganlar, hech qachon qanday qiyin mehnat mahsulini vayron qilishganini anglab ham yetishmaydi.
5.2K viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash