Get Mystery Box with random crypto!

Monarxiyalar toʻgʻrisida, Galeevni bir qiziq fikrini koʻrdim v | Iqtisodchi Kundaligi

Monarxiyalar toʻgʻrisida, Galeevni bir qiziq fikrini koʻrdim va shu fikr bilan boʻlishmoqchiman. Yigirmanchi asr boshida va undan oldin, yangi paydo boʻlgan mamlakatlar oʻzlarini “qirollik” deb atashar edi, Galeevga koʻra — chunki oʻsha paytdagi eng muhim mamlakat Britaniya edi. Yaʼni ular amalda ham, soʻzda ham monarxik tuzumlar edi.

Lekin yigirmanchi asrni oʻrtasiga kelib, bu narsa tamoman toʻxtadi — chunki eng muhim davlat AQSH boʻlib qoldi, shuning uchun yangi boshqaruvchilar oʻzlarini “qirol” deb nomlashga uyalishni boshlashdi. Bunga misol deb Shimoliy Koreya keltiriladi — u yerda uch avloddan beri bir oila hukmron — lekin mamlakat nomi — respublika. Mohiyatan, gʻirt monarxiya. Toʻgʻriroq aytsak ham boʻladi — aksar qirollik va monarxiyalar, hozirgi “respublika” deb nomlanadigan Koreyadek uch avloddan beri bir mamlakatni boshqarib kelmayapti.

Endi oʻsha mamlakatlar oʻzlarini toʻgʻridan toʻgʻri monarxiya deb nomlay olmagani uchun — siyosatshunoslik adabiyoti ularga har xil nomlar oʻylab topishga majbur boʻldi: avtokratiya, diktatura vhkz.


Men Galeevni fikriga qoʻshilgan holda aytamanki, oʻzini “respublika” deb nomlagan, lekin mohiyatan monarxik tuzumlarda monarxiyalarda yoʻq boʻlgan legitimlik muammosi mavjud. Qarang, nima uchun monarxiyada bir odam qirol boʻldi desa — javob oddiy — chunki uning otasi va dodasi qirol edi. Xuddi shunday demokratik respublikada — nega kimdir bosh vazir desak — javob oddiy — chunki eng koʻp ovoz toʻpladi saylovlarda.

Endi agar saylov ham, monarxik qon orqali ham hokimiyat berilmasa, unda legitimlik manbasi nima boʻladi? Bunday jamiyatlar nima qiladi?

Mana shu juda qiziq mavzu — tepadagi Vashington haqidagi diskussiya kabi, agar mamlakatda inqilob boʻlgan boʻlsa, oʻsha inqilobga yaqinligi legitimlik manbasi. Urush boʻlsa, urushdagi muvaffaqiyat. Ular boʻlmasa-chi? Yaʼni deylik Vashington bemalol umrbod mamlakatni “respublika” deb ham boshqara olardi, lekin undan keyinchi? Shuning uchun ham, formal nomlanish bilan mohiyatan qanday mamlakat boʻlish orasidagi farq barqarorlik masalasiga olib keladi. Bu haqida yana kengroq yozish kerak, menimcha. (Fogel buni yoritgan bo’lishi kerak - ya’ni formal va noformal institutlar orasidagi farqni)