Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-05-06 10:48:16 Bo‘ydoqlarga maslahat

Hozirdanoq onangizga uy ishlarida oz-ozdan ko‘maklashib boravering. Ularning ko‘zi asta-sekin o‘rganib borsin. Uylanganingizdan keyin uy ishlarini qilishga majbur bo‘lib qolsangiz, gap-so‘z kam bo‘ladi!

Abdulloh Husan o‘g‘li

#Tabassum #oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.6K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2023-05-06 10:01:31 #Shaxsiyat

Gʻiyosiddin Yusuf 1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Gʻiyosiddin ijodiy faoliyatini 2013-yilda muslimaat.uz saytining rahbari Odinaxon Muhammad Sodiq boshchiligidagi "Omina" elektron jurnaliga muharrirlik qilishdan boshladi. Shundan buyon islom.uz portalidagi va boshqa qator saytlarda o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Yuzga yaqin maqolalari gazeta va jurnallarda, internetning turli saytlarida chiqqan. Internet orqali o‘tkazilgan o‘ndan oshiq tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Ularning aksariyatida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tomonidan taqdirlangan. G‘iyosiddinga shayx hazratlarining xizmatlarida bo‘lish ham nasib qilgan: 2014-yilda u kishi bilan savol-javob bo‘ladigan "Zikr ahlidan so‘rang" saytiga muharrir bo‘lib ishlagan.

2017-yilda "Akademnashr" nashriyotida, 2018–2021-yillarda shayx hazratlari asos solgan «Hilol-Nashr» nashriyotida musahhih lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, "Muallim media" onlayn televideniyesida "Kitob... Tavsiya va tahlil", "Hilol media"da "Hilol kutubxonasi" ko'rsatuvlarining boshlovchisi.

"Kompas" liderlar akademiyasida Oilaviy munosabatlar bo‘yicha ustoz.

Gʻiyosiddin Yusufning hozirgacha "Mo‘minlarning onalari haqida savol-javoblar", "Kundalik odoblar", "Muzqaymoq", "Arab alifbosi", "Ko‘zlar quvonchi", "Mahbub Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam", "Tarbiya-chi?" nomli kitoblari, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari» nomli plakati hamda bolalar uchun «Ovqatlanish odoblari» nomli plakati nashr etilgan. Mazkur kitob va plakatlar hozirgacha 150 mingdan ortiq nusxada nashr qilingan.

G‘iyosiddin ijtimoiy tarmoqlarning ham faoli bo‘lib, quyidagi havolalardan barcha sahifalari bilan tanishishingiz mumkin.

https://ibnuyusuf.taplink.ws/
6.1K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-05-03 07:33:58
Umumiy maslahatlar:

• oila qurish arafasidagilar kelisha olmayotgan bo'lsa, oila qurmang deyman;

• ota-onam majburlab erga beryapti degan qizlarga tegmang deyman;

• farzandi bilan munosabati yaxshi bo'lmagan ota-onalarga u bilan ko'proq suhbatlashing, mehr bering deyman;

• yolg'iz onalarga turmushga chiqing deyman;

• bolalari orasida adolat qilaman deb barchasiga bir xil muomala qiladiganlarga har birining o'ziga munosib muomala qiling deyman...

Savollar uchun

Konsultatsiya
1.5K views04:33
Ochish/sharhlash
2023-05-03 06:25:14 Oila fiqhidan (Ustozlar nasihati)

Unashtirilgan kishilar munosabatlari to‘g‘risidagi savollar juda ko‘p so‘raladigan savollardan. Masalan:
— Unashtirilgan yigit bilan qiz telefonda gaplashib yursa bo‘ladimi?
— Unashtirilgan yigit-iz yolg‘iz qolsalar bo‘ladimi?
— Unashtirilgan yigit-qiz uchrashib yursa bo‘ladimi?
— Unashtirilganlar bir-birlariga rasmlar yuborsa bo‘ladimi? Va hokazolar.


Unutmangki, shariatda nikohlangan va nikohlanmagan degan maqomlar bor.

Unashtirilgan degan maqom yo‘q. Binobarin, o‘zaro munosabatlarda unashtirilgan bilan unashtirilmaganning dinda aslo farqi yo‘q. Unashtirilish yigit va qizning o‘zaro munosabatlarida hech qanday yangi narsa paydo qilmaydi. Undan oldin harom bo‘lgan narsalar undan keyin ham harom bo‘ladi.

Unashtirishning yagona foydasi tomonlar bir-biriga vaʼda berishi xolos. Bu vaʼda ham ko‘p ulamolar nazdida sunnat bo‘ladi, baʼzilar vojib degan.

Biroq unashtirish degan narsaning salbiy tomonlari talaygina:

1.
U tomonlarni bir-biriga yaqindek qilib qo‘yadi. Oqibatda, nosharʼiy — harom ishlarga jurʼat paydo qilishi mumkin. Hayotda bu tez-tez uchrab turadi. Unashtirilganlar o‘zaro gaplashib, uchrashib yurishlari, baʼzida zinoga olib borishi ham mumkin.

2.
Yigit-qiz unashtirilgan holda gaplashib yurish bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlaridan sovib qolishlari mumkin. Hali bir-birini yaxshi bilmaganidan o‘rtada turli odobsizliklar, dilxira gap-so‘zlar bo‘lishi mumkin. Nikohdan oldin shayton ko‘p fitnalar qiladi. Nikohning barakasi bilan bu fitnalar, odatda, ancha kamayadi. Ayniqsa, to‘y sharʼiy qoidalar asosida ehson-sadaqa shaklida chiroyli o‘tgan bo‘lsa. Biroq nikohdan oldin arzimagan xato rishtalarni mutlaqo uzib yuborishi mumkin. Shu sabab ham, unashtirilgandan keyin to nikoh bo‘lib, birga yashaguncha gaplashib yurish yaxshi oqibatlarga olib bormaydi.

3.
Unashtirilgandan keyin ko‘pincha unashtiruv bekor qilinsa, bu qizning keyingi hayotiga salbiy taʼsir qilishi, uning sovchilari kamayib, boshqa munosib juft topishi qiyinlashishi mumkin.

4.
Unashtirish bilan bog‘liq va uning ortidan keladigan to‘ygacha bo‘lgan behuda marosimlar va sertakalluf bordi-keldilar tomonlarni charchatadi, ortiqcha chiqim, isrof va ovoragarchiliklarga, bemaʼni odatlar va tamaʼgirliklarga olib keladi.

Arablarda nikohdan keyin erkak va ayol xilvatda qolguncha o‘zaro gaplashib yurish odati bor. Ko‘p arablar nikoh o‘qitib, biroq to‘y qilmay va birga yolg‘iz qolmagan holda oylab gaplashib yurishadi. Mabodo, munosabatlari ijobiy bo‘lmasa, bir taloq bilan nikoh bekor bo‘ladi. Mahrning yarmi beriladi.

Biroq bu odat sharʼan joiz bo‘lsa-da, bizning diyor ahli urfida bo‘lmagani va ortidan turli fitnalar urchishi mumkinligi sababidan, bizning diyorlarda bunday qilishdan saqlanishga buyuriladi.

Shunday ekan, unashtirish degan narsani kamaytirib, nikohni tezlashtirish va to‘ylarni osonlashtirish kerak. Vallohu aʼlam.

Mahmud Usmon

#foydali_ilm | #baxtiyor_oila

@dilshod_bahrom
2.3K views03:25
Ochish/sharhlash
2023-05-02 15:30:00 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning onalari Sobiraxon ayaning taqvosi va diyonati haqida kelinlari Xayriniso aya shunday xotirlaydi:

"Onamiz vafot etganlarida otamiz Muhammad Yusuf domla jamoa oldida shunday dedilar:

"Xaloyiq, eshiting!
Men bu ayoldan mingdan-ming roziman! Alloh jannatining toʻridan nasib etsin! Men chiziq chizsam, hayo qilib oʻsha chiziqdan bir qadam narida yurardi. Men bu ayoldan roziman, sizlar guvohsiz!"

Albatta AYOLning turmush oʻrtogʻidan bunday rizolikni topishi ulkan baxt va saodatdir! Bunday saodatga AYOL itoat, mehnat, sabr va qanoat ila erishadi...

Allohim ikkovlarini ham rahmati bilan siylasin. Bizlarga ham shunday goʻzal xotima nasib etsin!"

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:37:26
#Faxr_emas-ku

• 2018-yilda ijtimoiy tarmoqlarda to'g'ri yozishni birinchilardan bo'lib targ'ib qildim va ko'pchilikning "Ijtimoiy tarmoqda bo'laveradi" degan tushunchadan voz kechishiga, to'g'ri yozishga o'tishiga sabab bo'ldim.
• Bu haqida Kitaabun nomli kanal ochib, to'g'ri yozish, kitob o'qishga targ'ib qilish bilan birga musahhihlik kasbini tanishtirib bordim. Natijada xalqimizga bu kasb ancha tanilib, bu kasbni egallashni istaydigan yoshlar chiqdi.
• Hubbuna nomli oila haqidagi kanalga asos soldim va yuzlab oilalarga farovonlik olib kiruvchi tavsiyalar, savollarga javoblar-u muammolarning yechimlari bilan xizmat qilib kelmoqdamiz.
• Mubosharat kanali er-xotin orasidagi xos munosabatlarni shariat mezoni asosida o'rgatib kelayotgan kam sonli – deyarli muqobili yo'q telegram kanallardan biridir.
• G'iyosiddin Yusuf nomli telegram blogimda farzand tarbiyasida so'z yuritaman va ushbu kanal ham farzandiga bee'tibor bo'lmagan ota-onalarning har kuni bir necha bor o'qiydigan kanalidir.
• Endi birinchilardan bo'lib Hubbuna kids nomli pulli telegram kanal ochdim. Bunda bolalarga odob-axloq, ilm, tarbiya beriladi. O'ylaymanki, bu ham yuqoridagi kanallar kabi muvaffaqiyatga erishadi. Albatta, buning uchun chin dildan harakat qilaman. Bolalar uchun bo'lgan eng yaxshi tarbiyaviy kanal darajasiga olib chiqaman, inshaalloh!
4.9K viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2023-05-02 07:09:25
Oila qurayotganingizda siz bilan birga o'sadigan, birga ilm o'rganadigan, siz bilan birga amal qiladigan kishini juft o'laroq tanlang.

#oila_qurish #tarjima

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.1K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2023-05-01 18:01:42 – Onasini ko‘rmay qizini olsa nima bo‘ladi?
– Qizini olib, onangni ko‘rasan!

Kamol Qodir o'g'li

#Tabassum #oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.3K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-05-01 13:31:58 Telefonda gaplashganingizda suhbatdoshingizning gapi tugaganiga ishonch hosil qilib, keyin go'shakni qo'ymoq odobdandir. Ba'zida ehtiyotkorlik yuzasidan suhbatdosh birinchi qo'yishini kutish afzal. Xususan, farzand ota-onasi bilan, ayol eri bilan, shogird ustozi bilan gaplashganda.

#telephone

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.0K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2023-05-01 10:04:46
Ba'zan oshiq rashkdan shunday bo'g'ib qo'ygisi keladi: "Sen faqat menikisan, tushundingmi?!" deb.

#Rashk #Tabassum

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.2K views07:04
Ochish/sharhlash