Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-01 01:58:26
Ajabo, mashinani haydovchilik guvohnomasi yo'q kishiga ishonmaymiz-u, yigirma yil avaylab o'stirgan qizimizni oila yuritish ilmi bor yoki yo'qligi noma'lum kishiga ishonamiz!

#oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.4K views22:58
Ochish/sharhlash
2023-04-30 18:01:16
Yaxshi ishlarda hamisha eriga itoat qiluvchi ayoldan Alloh rozi bo'lsin!

#duo

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.0K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-30 17:01:00 ​​#Romantika

“Erim umuman romantikmas”. Har 10 ta ayoldan 10 tasi ham shu gapni aytsa kerak. Ular romantik bo'lmasa, siz shunaqa bo'ling. Har qalay, bor tovog'im, kel tovog'im. Siz romantik bo'lishni boshlasangiz, turmush o'rtog'ingiz ham uchiga chiqqan Majnun-u Farhodga aylanishi hech gap emas.

Xullas, eshiting

#hubbunadanteppatekinmaslahat

Bu jarayon bir haftada bir marta qilish tavsiya etiladi. Shakarning ham ozi shirin (shakarning qimmatida)

Stikerlarga izhorlar yozib chiqing. Samimiy, jo'ngina, ichingizdan chiqqan izhorlar.

Mehribonim, omadingizni bersin.
Xojam, boringizga shukr.
Yaxshiyam borsiz begim.
Sizni ko'p yaxshi ko'raman.

Ularni ertalab yoringiz ko'zi tushadigan joyga yopishtirib qo'ying. Men tish pastasiga, muzlatkichga, puliga, tufli kiyadigan loshkasiga yopishtirib chiqqanman.

Bizning uyda hamma narsa yurakchali. Qovurilgan tuxum, kesilgan buxanka, hovliga tushgan barglarning uyumi, ovqatni ustiga quyilgan ketchupgacha yurakcha.

Sinab ko'ring, har qalay kam bo'lmaysiz. Aytgancha, qaynona-qaynotasi bilan turadiganlarga tavsiya qilinmaydi. Kelinim tomi ketib qolibdi deb o'ylab qolish ehtimollari bor.

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.4K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-30 15:35:42
@Hubbuna_kids ning yopiq kanaliga a'zo bo'lgan bolalar savollariga javob olishlari uchun alohida bot ochildi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumot kanalda: @Hubbuna_kids

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.7K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-04-30 12:24:21
"Eng yaxshi do'st er va xotindir" deb post qo'ysam, buni o'qiyotgan do'stim!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2023-04-30 06:03:39 Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qoʻygan ishlardan boshqa narsa boʻlmas!

Erining xatolarini izlab, kutib yashash oilalarni xarob qiladigan, oilaviy aloqalarning tomiriga bolta uradigan ishdir. Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qoʻygan ishlardan boshqa narsa boʻlmas. Barcha ishlaringini Allohga topshir. Alloh eringni hidoyat qilishini, sen uchun solih er qilib berishini duo qilib soʻra. Eng muhimi keyinchalik afsuslanmaslik uchun bugun totuv yasha!

Shayx Yusuf Xattor Muhammad.
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views03:03
Ochish/sharhlash
2023-04-29 15:44:33 Qaynona kuyovga mahrammi?

#Savol: Assalomu alaykum! Kuyov qaynonaga mahram bo‘ladimi? Ya’ni qaynona hijobda bo‘lsa, kuyov kelgan vaqtda ro‘mol o‘rashi kerakmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Kuyov qaynona bir-biriga abadiy mahram hisoblanadi. Vallohu a’lam!

Qaynona kuyov

#Savol: Assalomu alaykum!  Qaynona kuyovi oldida  hijobsiz yursa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

Va alaykum assalom! Bo‘ladi, lekin hijobda bo‘lgani afzal. Vallohu a’lam!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3.2K views12:44
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:25:59 ​​Halol mahsulot va xizmat egalarini tijoriy hamkorlikka chaqiramiz.

Xizmat shartlari @Valida_Hanifata da aytilgan.
3.7K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-04-29 12:18:33 Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo‘lib shikoyat qilayotganmish:
— Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
— Nega?
— Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimning kamchiliklari juda ko‘p!
— Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko‘rasanmi?
— Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
— Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o‘rgan!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.3K views09:18
Ochish/sharhlash
2023-04-29 06:37:28
#Muhabbat bu uning xohishini o'z xohishingdan ustun bilishdir.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.9K views03:37
Ochish/sharhlash