Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.00K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Creator: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-30 15:35:42
@Hubbuna_kids ning yopiq kanaliga a'zo bo'lgan bolalar savollariga javob olishlari uchun alohida bot ochildi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumot kanalda: @Hubbuna_kids

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.7K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-04-30 12:24:21
"Eng yaxshi do'st er va xotindir" deb post qo'ysam, buni o'qiyotgan do'stim!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2023-04-30 06:03:39 Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qoʻygan ishlardan boshqa narsa boʻlmas!

Erining xatolarini izlab, kutib yashash oilalarni xarob qiladigan, oilaviy aloqalarning tomiriga bolta uradigan ishdir. Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qoʻygan ishlardan boshqa narsa boʻlmas. Barcha ishlaringini Allohga topshir. Alloh eringni hidoyat qilishini, sen uchun solih er qilib berishini duo qilib soʻra. Eng muhimi keyinchalik afsuslanmaslik uchun bugun totuv yasha!

Shayx Yusuf Xattor Muhammad.
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views03:03
Ochish/sharhlash
2023-04-29 15:44:33 Qaynona kuyovga mahrammi?

#Savol: Assalomu alaykum! Kuyov qaynonaga mahram bo‘ladimi? Ya’ni qaynona hijobda bo‘lsa, kuyov kelgan vaqtda ro‘mol o‘rashi kerakmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Kuyov qaynona bir-biriga abadiy mahram hisoblanadi. Vallohu a’lam!

Qaynona kuyov

#Savol: Assalomu alaykum!  Qaynona kuyovi oldida  hijobsiz yursa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

Va alaykum assalom! Bo‘ladi, lekin hijobda bo‘lgani afzal. Vallohu a’lam!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3.2K views12:44
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:25:59 ​​Halol mahsulot va xizmat egalarini tijoriy hamkorlikka chaqiramiz.

Xizmat shartlari @Valida_Hanifata da aytilgan.
3.7K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-04-29 12:18:33 Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo‘lib shikoyat qilayotganmish:
— Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
— Nega?
— Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimning kamchiliklari juda ko‘p!
— Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko‘rasanmi?
— Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
— Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o‘rgan!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.3K views09:18
Ochish/sharhlash
2023-04-29 06:37:28
#Muhabbat bu uning xohishini o'z xohishingdan ustun bilishdir.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.9K views03:37
Ochish/sharhlash
2023-04-28 18:08:14
Yaqinda uylangan kuyovlarga yuboramiz.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-04-28 16:14:38 Taloq tushadimi?

#Savol: Er ayoliga "3 oygacha uyingga bormaysan, borsang, qaytib kelma" degan boʻlsa, ayoli shu oy ichida uyiga borsa, taloq tushib qoladimi?

Javob: Avvalo er bunday shart qo'yishi noto'g'ri ekanini aytib o'tish kerak. Olimlar er ruxsat bersa ham, bermasa ham ayol kishi bir haftada bir marta ota-onasining ziyoratiga borishga haqli deganlar. Albatta, bunda oradagi masofaga ham e'tibor qilinadi, lekin er imkon qadar sharoit qilib berishi, bu kabi taqiq qo'ymasligi kerak. Bu silayi rahmga rahna solyapti.

Shu bilan birga, ikkinchi tomonni ham eshitmaganimizni e'tirof etamiz. Balki shunday jazoga sabab bo'ladigan itoatsizlik, xiyonat kabi narsalar sodir bo'lgan bo'lishi ham mumkin.

Savolga kelsak, bu vaziyatda er "qaytib kelma" deganda taloqni, ajrashishni niyat qilib aytgan bo'lsa, taloq tushadi. Tahdid qilish uchun aytgan bo'lsa, taloq tushmaydi. Vallohu a'lam.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.7K views13:14
Ochish/sharhlash
2023-04-28 10:30:00 Ota-onaning roziligi uchun xotinga zulm qilmang!

Shubhasiz, ota-onaga yaxshilik qilish farzdir. Ammo shuni unutmangki, ota-onaga yaxshilik qilish uchun xotinga zulm qilish shart emas. Ham ularga, ham turmush oʻrtogʻingizga goʻzal muomalada boʻlishingiz, ikkita fazilatni bir vaqtda jamlashingiz kerak. Chunki zimmangizda ayolingizning ham haqqi bor. Buni siz amalga oshirishingiz kerak. Unga turmush oʻrtoqdek munosabatda boʻlish, moddiy ehtiyojlarini taʼminlab berish sizning majburiyatingiz. Shunday ekan, ota-onaning roziligi uchun xotinga zulm qilmang, xotinni rozi qilaman deb, ota-onani tashlab qoʻymang. Alloh barchamizni Oʻzi rozi boʻladigan amallarga yoʻllab qoʻysin!

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.0K views07:30
Ochish/sharhlash