Get Mystery Box with random crypto!

#Shaxsiyat Gʻiyosiddin Yusuf 1988-yilda Samarqand viloyatida | Hubbuna

#Shaxsiyat

Gʻiyosiddin Yusuf 1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Gʻiyosiddin ijodiy faoliyatini 2013-yilda muslimaat.uz saytining rahbari Odinaxon Muhammad Sodiq boshchiligidagi "Omina" elektron jurnaliga muharrirlik qilishdan boshladi. Shundan buyon islom.uz portalidagi va boshqa qator saytlarda o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Yuzga yaqin maqolalari gazeta va jurnallarda, internetning turli saytlarida chiqqan. Internet orqali o‘tkazilgan o‘ndan oshiq tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Ularning aksariyatida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tomonidan taqdirlangan. G‘iyosiddinga shayx hazratlarining xizmatlarida bo‘lish ham nasib qilgan: 2014-yilda u kishi bilan savol-javob bo‘ladigan "Zikr ahlidan so‘rang" saytiga muharrir bo‘lib ishlagan.

2017-yilda "Akademnashr" nashriyotida, 2018–2021-yillarda shayx hazratlari asos solgan «Hilol-Nashr» nashriyotida musahhih lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, "Muallim media" onlayn televideniyesida "Kitob... Tavsiya va tahlil", "Hilol media"da "Hilol kutubxonasi" ko'rsatuvlarining boshlovchisi.

"Kompas" liderlar akademiyasida Oilaviy munosabatlar bo‘yicha ustoz.

Gʻiyosiddin Yusufning hozirgacha "Mo‘minlarning onalari haqida savol-javoblar", "Kundalik odoblar", "Muzqaymoq", "Arab alifbosi", "Ko‘zlar quvonchi", "Mahbub Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam", "Tarbiya-chi?" nomli kitoblari, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari» nomli plakati hamda bolalar uchun «Ovqatlanish odoblari» nomli plakati nashr etilgan. Mazkur kitob va plakatlar hozirgacha 150 mingdan ortiq nusxada nashr qilingan.

G‘iyosiddin ijtimoiy tarmoqlarning ham faoli bo‘lib, quyidagi havolalardan barcha sahifalari bilan tanishishingiz mumkin.

https://ibnuyusuf.taplink.ws/