Get Mystery Box with random crypto!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning onalari | Hubbuna

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning onalari Sobiraxon ayaning taqvosi va diyonati haqida kelinlari Xayriniso aya shunday xotirlaydi:

"Onamiz vafot etganlarida otamiz Muhammad Yusuf domla jamoa oldida shunday dedilar:

"Xaloyiq, eshiting!
Men bu ayoldan mingdan-ming roziman! Alloh jannatining toʻridan nasib etsin! Men chiziq chizsam, hayo qilib oʻsha chiziqdan bir qadam narida yurardi. Men bu ayoldan roziman, sizlar guvohsiz!"

Albatta AYOLning turmush oʻrtogʻidan bunday rizolikni topishi ulkan baxt va saodatdir! Bunday saodatga AYOL itoat, mehnat, sabr va qanoat ila erishadi...

Allohim ikkovlarini ham rahmati bilan siylasin. Bizlarga ham shunday goʻzal xotima nasib etsin!"

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida