Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-05-09 16:30:00 #Savol: Yaqin kunlarda turmush qurish arafasidaman. Bo'lajak turmush o'rtog'imning shar'iy ilmlari kamdek tuyulyapti menga. Uni kelajakda ilmga targ'ib qilishda qanday yo'l ko'rsatasiz?

Javob:

– ilm o'rganish bilan o'rnak bo'ling;
– ilm o'rganishning fazilati, hayotingizda ko'rayotgan samarangiz haqida unda tez-tez aytib turing;
– o'rganganlaringizning eng ta'sirli, qiziqarli joylarini mavridi bilan, bezdirmay unga aytib berib turing;
– ilmga muhabbatli oila bilan oilaviy bordi-keldi qilib turinglar. Shuningdek, turmush o'rtog'ingiz ham ilmli kishilar bilan do'st-u ulfat bo'lishiga rag'batlantiring;
– ilm o'rganish vositalarini unga goh-gohida sovg'a qilib turing: kitob, ruchka, daftar va hokazo;
– uning ruxsati bilan ilmli ayollar bilan uchrashib turing, darslarga boring. Bu uning ham ilmga bo'lgan rag'batini oshiradi.

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-05-09 12:33:33
Ayol: "Sen mening fotografim bo'l, men senga model bo'laman".

#tarjima

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.3K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-05-09 09:30:34 Allohim, bizni keyin pushaymon bo'linadigan so'z va sukutdan asra!

#Duo

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.4K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-05-09 07:44:48
Ertadan yangi kanalimiz faoliyat boshlaydi, inshaalloh. Bu bolalar uchun tarbiya beruvchi, odob-axloq, qadriyatlarni o'rgatuvchi, ilm beruvchi, kitob o'qishga odatlantiruvchi pulli kanal: 7 oyga atigi 99 ming so'm – hozirda chegirmadagi narx.

Besh yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun.

Batafsil ma'lumot: @Hubbuna_kids

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin
5.6K views04:44
Ochish/sharhlash
2023-05-08 15:15:35 Oila qurish arafasida bo'lgan talaba yigitlarda oilani moddiy jihatdan ta'minlash muammosi turadi. O'qish va ishni birga olib borish qiyin. Men ularga tez o'rganiladigan zamonaviy kasblarni qo'shimcha ish sifatida o'rganishlarini tavsiya qilaman. Shuningdek, masofadan turib qilinadigan ishlarni ham vaqt bo'lganda qilish mumkin.

Sizningcha, oila qurish arafasidagi yoshlarda qiz topishdan boshqa yana qanday muammolar bor? Inshaalloh, yechim taqdim qilamiz.

#oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views12:15
Ochish/sharhlash
2023-05-08 07:15:00 Ayolning aqli va qalbi boʻm-boʻsh boʻlsa, unda na maktab madaniyati va na masjid ibodati boʻlmasa, undan kutilgan tarbiya qayerdan paydo boʻlardi?! Ayoli faqat taom hozirlash va rohat bagʻishlashgagina yaroqli jonzot boʻlgan jamiyat aslo isloh boʻlmas jamiyatdir.

Shayx Muhammad Gʻazzoliy

#ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-05-07 06:08:55 Olima ayollar

Ravzayi muborak ayollar uchun ham bir madrasa edi. Ularning ham ilm saviyasi yuksaldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har kuni zavjalari bilan uylarida dars oʻtganlar. Oʻsha suhbatlarda shaʼriy masalalarni eng mahram nuqtasigacha tushuntirib berdilar. Ushbu uyning rasmiy vakili Oisha onamiz eng koʻp hadis rivoyat qilgan sahobalarning rivoyatini tashih va tavzih qiladigan darajaga yetishdilar. Tobeinlarning buyuk allomalari sahobiyalar qoʻlida voyaga yetdi.

Imom Molikning qizi Fotima otalari talabalardan hadis tinglayotganlarida qaysidir tolibi ilm biron-bir harfda xato qilsa, nimanidir kam yoki ortiqcha aytsa, eshikni taqillatardilar. Imom Molik talabaning yanglish oʻqiganini anglab, “Yanglishding, qaytadan oʻqi!” der edilar.

Karima bint Ahmad ham Buxoriydan qayta-qayta rivoyat aytardilar. Vafot etganlarida insonlar: “Insoniyat Karimadek ayolni koʻrganmikan-a?!” deb yubordi.

Asmo roziyallohu anho jasorat ramzi boʻlishlari bilan birga ilm manbayi ham edilar. Buxoriy va Muslim u rivoyat qilgan 58 ta hadisdan 13 tasiga ittifoq qilganlar. Asmo roziyallohu anhoning qoʻl ostida koʻplab sahobayu tobeinlar kamolga yetdilar.

Ihsan Shenojak. "Al-ummahat qivamul mujtamail islami”.

#iqtibos #ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-05-06 17:52:19
Sen ko'zlarimning nuri, qalbimning sultonisan!

#Muhabbat #tarjima

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views14:52
Ochish/sharhlash
2023-05-06 16:25:48 ​​Homilador ayol Qur’on tinglashi

#Savol: Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari! Aytishlaricha ikkiqat ayolga Qur’onni mp3 pleyerga yozib eshitib yursa, uning farzand tug‘ilgandan keyin bola tez qori bo‘lar emish. Ayting-chi, shu gap rostmi? Agar rost bo‘lsa, Qur’on tiglab boshqa ishlarni bajarsa bo‘laveradimi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh:

- Homilador ayolning ruhiy holati homilasiga o‘tishini tib ilmi tasdiqlagan. O‘sha paytda ayol Qur’on eshtisa, homilasiga tasir qiladi degan tushuncha shundan chiqqan bo‘lishi mumkin. Buning Qur’on tinglab boshqa ishlarni bajarishga hech aloqasi yo‘q. Ish bilan ishning farqi bor. Agar ish o‘tirib, boshqa tarafga chalg‘imay bajariladigan bo‘lsa va Qur’onning ehtiromini o‘rniga qo‘yishga imkon bersa, tinglasa bo‘ladi.

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views13:25
Ochish/sharhlash
2023-05-06 16:01:00
Abu Hurayra-yu Ummu Hurayralar uchun!

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.0K views13:01
Ochish/sharhlash