Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 171

2021-12-13 10:35:03 #Savol: Assalomu alaykum! Yaqinda turmush quraman, bizda ham kelin salom marosimlari boʻladi. Men bilan boʻlajak turmush oʻrtogʻim buni mumkin emasligini bilamiz, lekin ertaga kelin boʻlganimdan soʻng, qaynonam bilan mehmondorchilikka borganimizda salom qilmasam va bu notoʻgʻriligini aytsam, “yangi kelin aqlli ekanmi” deb piching gaplar qilishi mumkin. Shunga nima qilsam boʻladi? Oddiy, ruku boʻlmagan holatda salom bersam gunohkor boʻlmaymanmi?

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:

– Va alaykum assalom! Rukuʼ darajasiga yetkazmasdan bemalol qancha boʻlsa salom beravering. Vallohu aʼlam!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.9K views07:35
Ochish/sharhlash
2021-12-13 06:00:20 ​​Quchoqlashishning ilk ta'siri tanada oksitotsin paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Oksitotsin inson vujudiga juda katta ta'sir o'tkazadi, ya'ni "bog'lanib qolish" gormonini paydo qiladi. Ona tugʻuruqdan keyin bolasini emizganda va bolasini bagʻriga bosganida oksitotsin ishlab chiqiladi. Bu gormon sababli bola ham, onasi ham tinchlanadi va ularning bogʻliqligi yanada mustahkamlanadi.

Inson qancha quchoqlasa, shuncha sogʻlom boʻladi. Bolani bagʻriga bosish uning jismoniy sogʻligʻiga ham ijobiy
taʼsir koʻrsatadi.

Xadicha Kubro Tangorning
"Baqirmaydigan onalar" kitobidan #Iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.6K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:30:53 O'lsam ayting nima qilibdi?
Suxandon: Bintu Muxtor
Muallif: G‘iyosiddin Yusuf

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.6K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-12 18:09:14
Toʻy yoki sarpoga emas, ilmga sarmoya kiriting

― Koʻpchilik ota-onalar orzu-havas, boshqalardan kam boʻlmaylik deb toʻy va sarponi keragidan ortiq qiladilar. Aslida esa musulmon insonning toʻyi bunachlik dabdabali boʻlishi shart emas deb oʻylayman. Diniy tarafdan olib qaraydigan boʻlsak, bunday isrofgarchiliklarning barchasining albatta javobi borligini unutmaylik.

― Keling, shu toʻy va sarpoga ortiqcha pul sarflagandan koʻra, shu sarmoyani farzandarimiz ilmi uchun sarflaylik. Ilmga tikilgan sarmoya eng yaxshi sarmoya deb juda koʻp insonlar aytgan. Shuningdek, Qurʼoni Karimning nozil boʻlgan birinchi oyati ham «Oʻqi» degan amr bilan boshlangan.

― Zero, siz ilm yoʻlida sarflagan mablagʻingiz siz uchun kelajakda manfaatli va ezgu amallarga boy boʻlsin, jannatda qasr boʻlsin.

#tarbiya

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
10.5K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash
2021-12-12 15:01:06 ​​Erkaklar ayolidan uzr so‘rashi qiyinroq. Ular ko‘pincha hech narsa bo‘lmagandek gaplashib ketadi. Bu bilan "Kel, o‘tgan ishni unutaylik" demoqchi bo‘ladilar. Ayol ham shunday vaziyatda yarashib ketsa, dilxiralik bo‘lmaydi.

#Erkaklar #Ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.1K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 13:00:22
#Niqob

Malikalar niqobi

Misr mahsuloti

Oq va qora ranglarda bor

Narxi: 165 ming so‘m

Yetkazib berish xizmati bor

Murojaat uchun: @Hubbunadmin

@Hubbuna_shop
8.7K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-12-12 10:30:10 Ayollarning mashina haydashi joizmi?

#Savol: Assalomu alaykum. Men zarurat yuzasidan mashina haydayman, turmush oʻrtogʻimning ishi koʻpligi uchun. Shu joizmi dinimizda?

Javob: “Siyarul kabir”ning sharhida aytiladi: “Muslima ayol egarga minmaydi. Bu Paygʻambar (s.a.v.)ning: “Alloh egarlardagi farjlar (ayollar)ni laʼnatlasin”, degan hadislariga binoandir. Bundan egarga koʻngilhushlik uchun yoki oʻzini erkaklarga koʻz-koʻz qilish uchun minishlik iroda qilingan. Ammo unga ehtiyoji borligidan minsa zarari yoʻqdir. Masalan eri bilan hajga borganda oʻrangan holda mingani kabi”. Bu satrlar “Sayrul-kabir” kabi qadim kitobimizdagi ot, tuya kabi ulovlarni minishning hukmi. Endi zamonaviy ulov hisoblangan mashina haydash masalasiga kelsak, bu toʻgʻrida zamonamiz ulamolarining fikrlari quyidagicha:

Suriya ulamolaridan ustoz doktor Vahba Zuhayliy aytadilar: “Sharʼan muqarrarki, ayol sharʼan muboh boʻlgan ishlarni qilishdan maʼn etilmaydi. Ayol mashinani yakka haydasa ham, yonida boshqa kishi boʻlsa ham, bu joiz amaldir. Chunki Islomning ilk davrlarida, turli asrlarda ayollar tuya, ot kabi ulovlar minishgan. Bu sharʼan maʼn etilmagan. Lekin bunda asosiy shart ayol harakatlanishda, mashinani minish va boshqa ishlarida shariat doirasida boʻlmogʻi, unga koʻzi tushganlarga fitna boʻlmaydigan darajada muhtasham kiyinishi kerak.

Yevropa fatvo majlisining aʼzosi Yusuf Abrom aytadilar: “Haydovchilik muboh ish. Lekin harom etilgan ishga olib borsa unda harom boʻladi. Haydovchilik guvohnomasini olishda erkaklar aralashmagan va ayol ehtirom qilinadigan taʼlim jarayonida qatnashsa, soʻng mashinani oʻzi va oilasi uchun foydali yoʻlda ishlatsa, mashina haydashga moneʼlik yoʻq deb bilaman”.

Al-Azhar ulamolaridan ustoz, doktor Abdulfattoh Oshur aytadilar: “Modomiki ayol uyidan Allohning shariatiga rioya qilgan holda chiqar ekan, uning mashina haydashining zarari yoʻq. Modomiki biz uni erkakning sherigi deb tan olgan ekanmiz, taʼlim olishda, turli vazifalarda ishlashida uni teng koʻrarkanmiz, mashina haydashida ham hech qanday yomonlik yoʻqdir. Buni maʼn etganlar hazir va ehtiyot boʻlganlikdan qilganlar. Endi ayol turli masalalarda erkak bilan teng maqomda koʻrilayotgan joriy muhitda bunday ehtiyotkorlikning maʼnosi biroz yoʻqolgan. Biz taʼkidlashimiz lozim boʻlgan narsa shuki, ayol albatta islom odobi bilan odoblansin. Mashina minib shubhali joylarga yoki oʻzini va shaʼnini xatarga qoʻyadigan tomonlarga bormasin. Bundan boshqa hollarda hech qanday moneʼlik yoʻq. Balki ayol oʻzi tanimaydigan yoki ayolni tanimaydigan begona kishi bilan bir mashinada yurishdan koʻra uning mashina haydashi afzaldir”.

Toʻgʻri, saudiyalik ayrim olimlar mashina haydash ayolni erkaklar nazariga tushishi, hayosining kamayishi, uyidan koʻp chiqishi, oʻziga erk berishi, eriga boʻysunmasligi, shaʼni xatarda qolishi, shundogʻam tirband koʻchalarning yanada tiqilinch boʻlishi, ortiqcha harajatlarga sabab boʻlish kabi fasodlar sababidan unga mashina haydash joiz emas, deyishadi. Lekin bu hukm faqat Saudiya mamlakatiga tegishlidir. Qolgan mamlakatlar esa bu ishdan keladigan foyda va zararlarni hisob kitob qilib hukm beradigan ishonchli ulamolarining fatvolariga qarashadi. Jumladan biz ham yuqorida fikrlari keltirilgan muhtaram ulamolarning raʼlariga moyilmiz. Chunki ulardagi ijtimoiy holat, ayolning jamiyatda tutgan oʻrni biznikiga oʻxshashdir. Qolaversa ikki zarar toʻgʻri kelib qolganda ularning yengilini olish shariatimiz qoidalaridandir. Ayolning mashina minishidan keladigan zarar uning jamoat transportidan foydalanish yoki begona erkak bilan xilvatni yuzaga keltiradigan taksiga minishidagi zarardan yengilroqdir.
Ammo ayol kishining taksi haydab odam tashishiga kelsak, bu sharʼan joiz emasdir. Zero, bunda ayol shaʼni muqarrar xatarga qoʻyilgan boʻladi. Shuningdek, ayollar mashina haydashi odatga kirmagan mintaqalarimizda uni targʻib qilmagan maʼqul. Chunki javobimiz ayollarga mashina haydash ruxsatligi haqida bormoqda.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-12 10:01:46
Kompas liderlar akademiyasi

Yurtimizda hali misli ko'rilmagan yangi loyiha — Kompas liderlar akademiyasini kutib oling. Jamoamiz ushbu loyiha dunyo miqyosiga qadriyatlar har qanday o'zgarishlardan ustun ekanini ko'rsatish niyatidamiz.

Inson hayot yo'lida, albatta, ustozga ehtiyoj sezadi. Biz esa yetakchilik sari ketayotgan kishilarni kerakli ustozga yo'naltirishda yordam beramiz.

Kompas bilan marrani katta oling.

+99833-182-66-06
+99890-812-66-06

Barcha sahifalar
7.7K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 06:00:20 «Oisha roziyallohu anho onamizning erkak talabalari ichida eng mashhuri Urva ibn Zubayrdir. Urva xolasi boʻlgan Oisha roziyallohu anho onamizning yonlariga bemalol kelib-ketishga imkoni boʻlgani sababli yetuk ilm egasi boʻlishga musharraf boʻlganlar. Muhammad Ali Kutub «Oisha muallimatur rijol val- ajyal» nomli kitobining bir boʻlimida «Islom olimlarining ustozi» sarlavhasi ostida Oisha onamiz haqida: «Masjidun-Nabaviydan soʻng Oishaning uyi Islom tarbiya markazlarining birinchisi, ayni paytda Islom fikr tarixida buyuk izlar qoldirgan eng ulugʻ makon boʻldi», – degan. Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlarining onasi boʻlish masʼuliyatini his qilgan Oisha onamiz roziyallohu anho islomiy ilmlarning bizgacha yetib kelishida juda katta hissa qoʻshganlar».

Murat Tosunning «Olim yetishtirgan onalar» kitobidan #Iqtibos

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.1K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-12-11 14:41:29 Kanaldagi ilk jonli efir bo‘ldi, alhamdulillah. Fikr-mulohazalar, takliflarni eshitish, ba'zi savollarga javob berish uchun jonli efir qildik. Agar bu sizga ma'qul bo‘lsa, yana suhbatlashamiz, inshaalloh. Fikr-mulohaza, takliflar uchun: @Hubbuna_bot
9.5K views11:41
Ochish/sharhlash