Get Mystery Box with random crypto!

#Faxr_emas-ku • 2018-yilda ijtimoiy tarmoqlarda to'g'ri yozis | Hubbuna

#Faxr_emas-ku

• 2018-yilda ijtimoiy tarmoqlarda to'g'ri yozishni birinchilardan bo'lib targ'ib qildim va ko'pchilikning "Ijtimoiy tarmoqda bo'laveradi" degan tushunchadan voz kechishiga, to'g'ri yozishga o'tishiga sabab bo'ldim.
• Bu haqida Kitaabun nomli kanal ochib, to'g'ri yozish, kitob o'qishga targ'ib qilish bilan birga musahhihlik kasbini tanishtirib bordim. Natijada xalqimizga bu kasb ancha tanilib, bu kasbni egallashni istaydigan yoshlar chiqdi.
• Hubbuna nomli oila haqidagi kanalga asos soldim va yuzlab oilalarga farovonlik olib kiruvchi tavsiyalar, savollarga javoblar-u muammolarning yechimlari bilan xizmat qilib kelmoqdamiz.
• Mubosharat kanali er-xotin orasidagi xos munosabatlarni shariat mezoni asosida o'rgatib kelayotgan kam sonli – deyarli muqobili yo'q telegram kanallardan biridir.
• G'iyosiddin Yusuf nomli telegram blogimda farzand tarbiyasida so'z yuritaman va ushbu kanal ham farzandiga bee'tibor bo'lmagan ota-onalarning har kuni bir necha bor o'qiydigan kanalidir.
• Endi birinchilardan bo'lib Hubbuna kids nomli pulli telegram kanal ochdim. Bunda bolalarga odob-axloq, ilm, tarbiya beriladi. O'ylaymanki, bu ham yuqoridagi kanallar kabi muvaffaqiyatga erishadi. Albatta, buning uchun chin dildan harakat qilaman. Bolalar uchun bo'lgan eng yaxshi tarbiyaviy kanal darajasiga olib chiqaman, inshaalloh!