Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.00K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Creator: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-28 06:01:00 Imom Ibn Javziy rahimahulloh dedi:

"O‘z holatingizga nazar soling: agar o‘lim va qabr uchun to‘g‘ri kelsa, shu holatda davom eting. Agar ikkisiga to‘g‘ri kelmasa, ulug‘ Allohga va muvofiq holatga qayting!"

"Bo‘stonul voizin"

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-04-27 20:56:09 Mahrni bermay uylanish mumkinmi?

#Savol: Assalomu alaykum. Birinchi ayoliga mahr bermay turib, ikkinchisiga uylanish mumkinmi?

Javob: Va alaykum assalom.
Mahr nikohning vojibotlaridandir, ikkinchi ayolga uylansa-uylanmasa, mahrni berishga er majbur. Ikkinchi ayolga uylanish uchun esa adolat qilish shart qilingan, birinchisiga mahr berish emas. Ammo vijdonan aytganda, ikkinchi ayolga uylanishga qurbi yetgan erkak birinchi ayoliga mahrini berib qo'yishi kerak. Bu o'rinda ayol mahrini so'rasin. Vallohu a'lam.

#mahr #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.2K views17:56
Ochish/sharhlash
2023-04-27 11:05:45 Qiz bola yoki ayol kishi ijtimoiy tarmoqda sevganidan xabar kutayotgani yoki uning o‘zini kutayotgani, solih yor istagi borligini yozishi hayoga to‘g‘ri kelmaydi. Bozorda shunday qila olasizmi?

– Qachon xabar yozasan, qancha kuttirasan?
– Solih yor istayman

kabi gaplar bilan bozorda baqira olasizmi? Eshitganlar ersirab qolibdi demaydimi?!

Ayni shu gaplar erkaklarga ham tegishli, albatta. Bu borada hayo qilish nozik jins vakillari uchun yanada zarurroq deb ularga qarata yozdim.

#Eslatma #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.7K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-04-27 10:45:40
#Muhabbat ham bir kasallik kabidir, chunki u ham kutilmaganda keladi...

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:49:50
Liptondan 5% alkagolli choylar chiqibdi!

#Ogohlantirish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.5K views04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:30:00 ​​Tezroq turmush qurish uchun

#Savol: Assalomu alaykum. Yoshim 20 da. Bo'lajak jufti halolimni tezroq uchratishni xohlayman. Yaxshi umr yo'ldosh so'rash uchun qanday duo o'qisam bo'ladi?

Javob: Va alaykum assalom. Qalbingizda borini aytib so'rayvering. Asosiysi, xayrli bo'lishini so'rang.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.1K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:27:43 ​​– Orzung nima?
– Yomg‘ir ostida sen bilan sayr qilmoq. Seniki-chi?
– Yomg‘ir yog‘mog‘i..

#Romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.0K views03:27
Ochish/sharhlash
2023-04-25 19:21:35
Duo qilamanki, keyingi ramazonni sen-la kutib olay!

#oila_qurish #duo #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.2K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-04-25 11:26:08 ​​Qiziqishlarning mos kelmasligi muammo emas

Yaxshi er-xotin bo'lish uchun kecha-yu kunduz birga bo'lish, barcha ishlarni birgalikda qilish shart emas.

Qadriyatlar mos kelishi, umumiy maqsadlar o'xshash bo'lishi kerak, lekin qiziqishlar bir xil bo'lishi munosabatlardagi asosiy narsa emas. Albatta, birga ko'proq vaqt o'tkazish uchun juftingizni o'zingiz qiziqqan narsaga jalb qilishga yoki aksincha – uning sevimli mashg'ulotlariga aralashishga harakat qilishingiz mumkin.

Biroq hobbilaringiz turlicha bo'lishi, turli teleko'rsatuvlarni yoqtirishingiz va sayohat paytida juftingiz muzey yoki do'konlarga borganida mehmonxonada dam olishni afzal ko'rsangiz, bu mutlaqo normaldir. Asosiy masalalarda kelishib olib, farqli jihatlarda juftingizni hurmat qilishingiz lozim.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.3K views08:26
Ochish/sharhlash
2023-04-25 06:27:16
Qiz qidirib charchagan bo'ydoqlarning yagona talabi "Nafas olsa, bo'ldi" deyish ekan.

#Tabassum #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.8K views03:27
Ochish/sharhlash