Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-06-08 08:15:00
Ayollar ikki xil boʻladi:
Biri erkak uchun uy quradi.
Ikkinchisi uy uchun erkak quradi.
Shunisi buyukrogʻi.

Ayman Yogʻiy

#Ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.8K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-06-08 05:01:00 #Savol: Assalomu alaykum. Nima uchun erkak “Seni yaxshi ko‘raman”, “yaxshi ham sen borsan” kabi gaplarni aytmaydi? Sababi nima bo‘lishi mumkin?

Javob: Va alaykum assalom. Erkaklar bu gaplarga odatlanmagani uchun aytishmaydi ko'pincha. Ular amallari bilan ko'rsatgani yetarli deb o'ylaydi. Masalan, ta'minot, himoya, mehribonlik qilish yaxshi ko'rishimni bildiradi degan o'yda so'z bilan aytmasligi mumkin.

Ammo bu gaplarni 1-2 aytishga o'rgangan erkak keyin tez-tez aytib turadi. Shuni boshida ayttirib olishingiz uchun mahorat kerak. Balki o'zingiz tez-tez aytib turarsiz, balki yozishmalarda ayta boshlarsizlar...

#Muhabbat

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.5K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-06-07 17:56:43
Qizlar otaga mehribon bo'ladi!

#tarbiya

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.8K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-06-07 16:57:23
Menga shunchalar mehribonsanki, ba'zan o'zimdan ham qizg'anib ketaman!

#Muhabbat

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.8K views13:57
Ochish/sharhlash
2023-06-07 06:41:12 #Savol: Assalomu alaykum. Emizikli ayolni farzandi bilan idishlarini alohida qilib qoʻyishi kerakmi? Alohida qilib qoʻymasdan idishlar hammani (uydigilarni) idishlariga aralashib ketsa ayol hamma uchun ona boʻlib qoladimi?

Javob: Va alaykum assalom. Ona bo'lish qanday oson ekan-a! Bu mantiqqa to'g'ri kelmaydigan irim-sirimdan boshqa narsa emas!

#Ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.1K views03:41
Ochish/sharhlash
2023-06-07 02:30:00
Kuningiz xayrli bo'lsin!

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.0K views23:30
Ochish/sharhlash
2023-06-06 18:18:04 #Savol: Assalomu alaykum va rohmatulloh. Ustoz, ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling. Maslahatingiz kerak edi. Hamma aytadigan o‘sha “jiz” etish bo‘lmasa ham turmushga chiqish kerakmi? Qiz 23 ga chiqdi, shu paytgacha 10 dan ortiq yigit turmush qurish taklifi bilan jiddiy harakat qildi, sovchi qo‘ydi. Qiz ko‘ngli bo‘lmagani uchun ularni qaytardi. Orada ikki sovchi yigitga ko‘ngli bo‘ldi, ota-onasi ko‘nishmadi va u ikkisiga ham berishmadi. Endi esa qizga “Yaxshi oila farzandi, ko‘ngling bo‘lmasa, to‘ydan keyin bo‘ladi, bizni qiynab yubording” deb, turmushga berishmoqchi. Qiz istixora, tahajjudlarda so‘ragan “Xayrli bo‘lsa, bo‘lsin”, deb. Ishi tezlashyapti, lekin ko‘ngli bo‘lmayapti. Qiz ilmli, Alloh bergan husni ham bor, sovchisi ko‘p, lekin ko‘ngli ota-onasi istagan kishiga bo‘lmayapti. Ota-onasi aytgan yigit odobli, yaxshi inson, shunga qaramay, qizning ko‘ngli yo‘q. Shunday vaziyatda qiz ota-onasiga aytgan insonga rozilik berib, turmush qurib ketaverishi kerakmi?

Javob: Va alaykum assalom va rahmatulloh. Istixora natijasi yaxshi chiqsa, ko'ngil ham ilishi kerak-da. Yigitni yana surishtiring, maslahat qiling bilganlar bilan, istixorada bardavom bo'ling. Ko'nglingizda g'ashlik bo'lsa, buni o'zingiz bilasiz, aniqlab, shuni ketkazishga harakat qilib keyin rozilik bering.

"Jiz" etsa, yaxshi, lekin hammada ham bunday bo'lmasligi mumkin, albatta. Allohdan yaxshilik so'rab harakat qilavering. Xayrlisi bo'lsin!

#oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.2K views15:18
Ochish/sharhlash
2023-06-06 06:22:30
Ayol kishi bilan do'konma-do'kon yurish oson emas. Erkaklar tezda zerikib qoladi, lekin buni ham g'animat damlar, ayolingiz bilan birga aylanish uchun fursat deb bilsangiz, ancha yengil o'tadi.

#Erkaklar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.5K views03:22
Ochish/sharhlash
2023-06-05 12:03:09
Men Madinada yashagan bo'lar edim. Shahar judayam fayzli, halovatli. U yerdagi halovatni boshqa joydan topa olmaysiz.

Shahardagi eng ko'zga ko'ringan joy Masjidun-Nabaviy albatta. Boshqa joylar zamonaviy shaklda emas, qadimiy tusda.

Masjidun-Nabaviy atrofida – borish yo'lida do'konlar bor. Sotuvchilar turli tillarda gapiradi. Biz ularga arabcha yoki inglizcha gapirsak ham o'zbekcha javob qiladiganlari ko'p bo'ldi. Qisqasi, maza qilib yashash mumkin, inshaalloh.
7.7K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-06-05 11:40:59 Mening javobim qiziq bo'lsa, bosing, yozaman.
7.3K views08:40
Ochish/sharhlash