Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2022-08-11 09:15:58 Respublika ta'lim markazi rahbari Shuhrat Sattorov yozyapti:

– Kamdan-kam narsadan hayratlanaman. Ammo eng hayratlantiradigan holat bor - yig‘ilishdagilarning hammasi o‘zbek, lekin muhokama boshqa tilda.

Ma'lumot uchun, 2022-yilning 10-11-avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti hamkorligida “Ustozlar Milliy forumi” - o‘qituvchilar uchun o‘quv-seminar o'tkazilyapti.

Agar Sattorovning fikrlari birinchi marta o'tkazilayotgan shu forum haqida bo'lsa, uning o'tganidan o'tmagani yaxshiydi. Chunki mana endi tilidan or qilish, o'zini madaniyatli ko'rsatish uchungina boshqa tilda gapirish kasalligi bilan hududlardan kelgan o'qituvchilar ham zaharlanib qaytyapti.
1.3K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2022-08-10 13:45:28
"Yuksalish" nimagadir sha'ma qilyapti.

@haqiqatdaIlyos
2.2K viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2022-08-10 06:55:49 Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi, jurnalist Fozil Farhod o'tgan yili deputat Yelena Babenko bilan o'rtamizda bo'lgan tortishuv voqeasini eslab, "Bizni aslo kechirma, tilim" sarlavhali maqola qilibdi.
1.2K viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:17:02 O‘zbekiston — Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi!

Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g‘alaba qozonib (2,5:1,5), chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu tarixdagi birinchi chempionlik.

Uraaaaaaa!

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi!

@haqiqatdaIlyos
1.4K viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:10:39
Zarafshon milliy tabiat bog'ini Ekologiya qo'mitasi qaramog'iga o'tkazish bo'yicha hukumat loyihasida Zarafshon daryosining tabiat bog'i atrofidagi 18 kilometrlik hududida karyerlar ishlashiga moratoriy joriy qilish bandi ham o'rin olmoqda.

Loyihadan bevosita xabardor manbaga ko'ra, unda shuningdek, boylar dacha, dala hovli qilib olgan hududlarning qonuniyligi masalasi ham qayta o'rganib chiqiladi.

Qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, hududlar tabiat bog'iga qaytarilishi mumkin.

Kun yaxshi yangiliklarga boy bo'lmoqda.
1.0K viewsedited  09:10
Ochish/sharhlash
2022-08-09 10:50:10 Zarafshon davlat qo’riqxonasining o’tgan 21 yil davomida deyarli qaqroq cho’l holatiga keltirilishi ko’rsatilgan yuqoridagi tasvirlar jamoatchilikning keskin g’azab va e’tirozlariga sabab bo’ldi. Ammo haligacha na Ekoqo’m va na O’rmonqo’m bu borada jamoatchilikka…
1.0K viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash
2022-08-09 10:26:39 Chilonzor ko'chasidagi daraxtkushlik va jazo olgan ma'sullar voqeasi qolganlarga ham xulosa beryotgan ko'rinadi (ishqilib shunday bo'lsin).

Samarqanddan kelgan xabarga ko'ra, Erkinjon Turdimov bugun viloyatdagi barcha mas'ullar ishtirokida selektor o'tkazib, qurilish, ta'mirlash ishlari davomida birorta daraxtga qo'l tekkizmaslik bo'yicha topshiriq bergan.

Qani, yana qaysi viloyat hokimi dadillik ko'rsatib bu xayrli tashabbusni davom ettirarkin?
906 viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2022-08-09 09:19:32 Administratsiya rahbariga o'rinbosar bo'lgan Komil Allamjonov o'z bizneslaridan voz kechadimi? Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi. U farmon chiqqan 26-iyul sanasidan e'tiboran Prezident administratsiyasida jamoatchilik…
1.2K viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 21:27:15 Chilonzor ko‘chasi: Daraxtlar tirik qoladimi, saboq chiqariladimi?

➥ Batafsil: https://kun.uz/97586780
696 views18:27
Ochish/sharhlash