Get Mystery Box with random crypto!

Yana 4 oydan keyin, 2023-yil 1-yanvardan O'zbekistonda lotin y | Ilyos Safarov

Yana 4 oydan keyin, 2023-yil 1-yanvardan O'zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to'liq o'tiladi.

Bu haqda hukumat 2021-yil 11-fevralda qaror qabul qilgan.

Hujjat bilan, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida «O‘zbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilishi belgilangan (ammo shu ishni haligacha qilisholmadi, oqibatidan qo'rqishmayapti shekilli).

Qarorda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalar davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarilishi belgilangan.

Rasmiy veb-saytlar ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2023-yil boshidan

shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar,

ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;

ish qog‘ozlari, turli blanklar;

mamlakatdagi joy, ko‘cha, atamalar,

tashkilotlarning nomlari,

peshlavhalar,

ommaviy targ‘ibot vositalari,

reklama va e’lonlar to'liq lotin yozuvida bo'lishi shart.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to'liq o‘tkaziladi.

Eslatish o'rnida aytib qo'yyapman.

Davlat idoralari rahbarlari, xodimlari, qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni tezroq qilib oling, moslashing. Sizni toshbaqa yurishingiz, unniqqan dunyoqarashingiz deb, millat chalasavodligi davom etishi kerak emas. Ikki yozuvli xalq bo'lib yashash jonimizga tekkan.

Kim nima desa desin, shaxsan men hozirgi hukumatga shu islohot yakuniga qarab baho beraman, tarix ham.

@haqiqatdaIlyos