Get Mystery Box with random crypto!

48-dars. Sifatlarning tartibi (The forty eighth lesson: Order | GREEN GRAMMAR

48-dars. Sifatlarning tartibi (The forty eighth lesson: Order of adjectives)

Yozma va og'zaki nutqimizda tez-tez ot oldidan bir necha sifat kelish holatini koʻrish mumkin.
Eg. Nick has got a big black dog. (big black = katta qora...2 ta sifat)
Eg. He was wearing an old white cotton shirt. (old white cotton =eski oq paxta...3 ta sifat)
Eg. There was a beautiful large round wooden table in the middle of the room. (beautiful large round wooden= chiroyli katta aylana taxta ...4 ta sifat)

Bir necha sifat ot oldidan qoʻllanilar ekan, ular tartib asosida ketma-ketlikda joylashadilar. Quyidagi qoidalar sifatlar qanday tartibda kelishini yoritib beradi.

Umumiy qoidaga binoan sifatlar fikr (opinion) va fakt (fact) sifatlariga boʻlinadi.
Fikr sifatlari insonning shaxsiy fikriga asoslangan predmetning belgisini bildiradi. Masalan, quyidagi sifatlar odatda fikr sifatlari hisoblanadi:
wonderful nice great awful terrible beautiful
Eg. Lovely sunny day (ajoyib quyoshli kun...bizning fikrimizcha kun ajoyib, lekin boshqa birov uchun ajoyib boʻlmasligi mumkin.)

Fakt sifatlari esa otga tegishli boʻlgan aniq belgi, xususiyatni bildiradi:
large black hot soft long young wooden
Eg. Lovely sunny day (ajoyib quyoshli kun...hamma uchun quyoshli kun.)

Umumiy qoidaga binoan fikr sifatlari fakt sifatlaridan oldin keladi.
Eg. He asked some nice easy questions. (nice - fikr, easy - fakt sifati.)
Eg. I gave Ann a beautiful wooden frame for her birhtday. (beautiful - fikr, wooden - fakt sifati.)
Eg. We met a lot of interesting young people during the holiday. (interesting - fikr, young - fakt sifati.)

Agar ot oldidan bir necha fakt sifatlari keladigan boʻlsa, (har doim emas!) quyidagi tartibga amal qilganimiz ma'qul.
Oʻlcham (how big?) - large/small/long/thin/round
Yoshi (how old?) - new/old
Rangi (what colour?) - red/blue/green/black
Kelib chiqishi (where from?) - American/French/Russian
Nimadan yasalgan (what is it made of? ) - stone/plastic/gold
Qanday turda (what kind? ) - electric/political/road
Nima maqsadda ishlatiladi? (purpose) - bread knife/bath towel/walking stick


Misollar:
Eg. A tall young man (1 va 2, baland boʻyli yosh yigit)
Eg. A large wooden table (1 va 5, katta taxta stol)
Eg. A small black plastic bag (1,3,5, kichkina qora plastik sumka)
Eg. An old Russian song (2 va 4, eski rus qoʻshig'i)

Oʻlcham va uzunlikni bildiradigan sifatlar (big/small/tall/short/long) shakl va kenglikni bildiruvchi sifatlardan (round/fat/thin/slim/wide) oldin keladi.
a large round table
a tall thin girl
a long narrow street

Bir necha rang sifatlari ketma-ket kelganda ular bir-biri bilan and bog'lovchisi yoki vergul bilan ajratiladi.
a black and white dress
a red, white and green flag


Boshqa sifatlar bilan bunday holat koʻrinmaydi.
a long black dress (a long and black dress emas)

The first two days/the next few weeks/the last ten minutes kabi iboralarda the first/the next/the last sifatlari sonlar va miqdorni birdiruvchi soʻzlardan oldin kelishini ham e'tiborga olish lozim.
Eg. They will be away for the next few/five weeks.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor