Get Mystery Box with random crypto!

49-dars. Sifat va ravishlarning darajalari (The forty ninth le | GREEN GRAMMAR

49-dars. Sifat va ravishlarning darajalari (The forty ninth lesson: Levels of adjectives and adverbs)

Belgini bildiruvchi soʻz turkumlari (ravish va sifatlar)ning koʻpchiligini darajalab boʻladi, ya'ni u yoki bu xususiyat predmetda koʻproq yoki kamroq ekanligini, bir predmet boshqalar orasida eng koʻp shu xususiyatga ega ekanligini bildirish darajalash deyiladi. Sifat va ravishlarning uchta darajasi mavjud.
Oddiy daraja (Common degree)
Qiyosiy daraja (Comparative degree)
Orttirma daraja (Superlative degree)


Sifat va ravishning oddiy darajasi bu ularga hech qanday qo'shimcha qo'shilmagan shakli bo'lib, o'zakda ham hech qanday o'zgarish bo'lmaydi.

Sifatning qiyosiy darajasi ikkita shaxs/predmetdagi belgi-xususiyatni qiyoslash uchun qoʻllaniladi.
Eg. Nosir is taller than Usmon. (Nosir Usmondan balandroq)

Ravishning qiyosiy darajasi ikkita ish-harakatning belgisini qiyoslashda qoʻllaniladi.
Eg. Nosir runs faster than Usmon. (Nosir Usmondan tezroq yuguradi)

Qiyosiy darajaning yasalishi:
1) Bir boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ularga -er qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. -y harfi bilan tugagan ikki boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ham -er qoʻshimchsini qoʻshish bilan yasaladi va oʻzakda oʻzgarish boʻladi.
hard - harder
high - higher
cheap - cheaper
large - larger
busy - busier
lovely - lovelier
friendly - friendlier
early - earlier


2) Koʻpchilik ikki va undan ortiq boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ular oldidan more soʻzini keltirish bilan yasaladi.
expensive - more expensive
easily - more easily
often - more often
nicely - more nicely


3) Ba'zi sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi -er qoʻshimchasi yoki more soʻzi bilan yasalishi mumkin.
quiet simple common cruel gentle narrow shallow

Misollar:
clever - cleverer yoki more clever
polite - politer yoki more polite


Yuqoridagi holatda faqat bitta qo'shimcha yoki so'zni ishlatishi lozim, ya'ni more quieter deyish noto'g'ri.

Noto'g'ri sifat va ravishlar jadvali
Oddiy daraja - Qiyosiy daraja - Orttirma daraja

good/well - better - the best
bad/badly - worse - the worst
far - farther/further - the farthest/the furthest
many/much - more - the most
old - older/elder - the oldest/the eldest
little - less - the least


Further soʻzining uzoqroq degan ma'nosidan tashqari yana, qoʻshimcha degan ma'nosi ham mavjud. Bu ma'noda mazkur so'z news/details/instructions/information/discussion degan soʻzlar bilan qoʻllaniladi.
Eg. If there is any further news, let me know. (qo'shimcha yangiliklar)

Older/elder soʻzlari yoshdagi farqni bildirib kelishlari mumkin, ammo ularning qoʻllanishida biroz farq bor.
Elder soʻzi faqat oila a'zolariga nisbatan ishlatiladi va than soʻzi bilan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari bu soʻz faqat ot bilan kelishi lozim.
Eg. My elder sister is a teacher.
Older soʻzi barcha vaziyatlarda qiyoshlash uchun ishlatiladi va than soʻzi bilan ham qoʻllana oladi.
Eg. My older/elder sister got married last year.
Eg. Mr Jonhson is a lot older than Bill. (... elder than emas)

Note!
Oddiy daraja
bu hech qanday qoʻshimcha olmaydigan sifat va ravish.
Qiyosiy daraja bu -er yoki more bilan ishlatilib har doim than qiyoslash belgisi bilan qoʻllaniladi.
Orttirma daraja bu sifat va ravishlarga the ... -est qoʻshilib yoki the most bilan birga kelish holati.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor