Get Mystery Box with random crypto!

61-dars. Buyruq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash In | GREEN GRAMMAR

61-dars. Buyruq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

Ingliz tilida buyruq gaplar II shaxsga (you) qaratiladi va gap boshida hozirgi zamondagi fe'l bilan qoʻllaniladi. Buyruq gaplar 2 xil boʻladi: boʻlishli va inkor buyruq gaplar.

Eg. Sit down. (Oʻtiring)
Eg. Don't move! (Qimirlama!)

Oʻzlashtirma gaplarda buyruq gaplar ham ikkita qurilma asosida shakllantiriladi:

Agar buyruq gap boʻlishli boʻlsa, oʻzlashtirma gapda to+verb infitiniv shaklida qoʻllaniladi:
Eg. The teacher asked us "Sit down, please" (koʻchirma gap) The teacher asked us to sit down.

Agar buyruq gap boʻlishsiz boʻlsa, oʻzlashtirma gapda not to+verb infinitiv shaklida qoʻllaniladi:
Eg. Tom told me "Don't move" (koʻchirma gap) Tom told me not to move.

Modal fe'llar bilan hosil qilingan iltimos, taklif ma'nosidagi soʻroq gaplar ham mazmunan buyruq gap hisoblanadi.
Eg. Jane asked me "Can you close the door?"
Eg. He asked me "Would you like to drink some tea?"

Yuqoridagi gaplarni ham oʻzlashtirma gapga aylantirganda buyruq gap qoidasi qoʻllaniladi.
Eg. Jane asked me to close the door.
Eg. He offered to drink some tea.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor