Get Mystery Box with random crypto!

60-dars. So'roq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash Ma | GREEN GRAMMAR

60-dars. So'roq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

Ma'lumki, ingliz tilida soʻroq gaplar ikki katta guruhga boʻlinadi:

Umumiy soʻroq gaplar (yes/no questions) - javob sifatida Yes -ha yoki No - yoʻq soʻzlarini talab qiladigan soʻroq gaplar. Bu soʻroq gaplar odatda faqat yordamchi fe'llar bilan hosil qilinadi.
Do you speak English?
Are you a student?
Can he swim?


Maxsus soʻroq gaplar (special questions) - Bunday soʻroq gaplarda aniq bir shaxs/voqea/narsa haqida ma'lumot soʻraladi va soʻroq gap soʻroq olmoshlari (what/when/who/why/where…) va yordamchi fe'llar bilan hosil qilinadi.
What do you do?
Where is he going?
Why did she leave early?


Soʻroq gaplarni oʻzlashtirma gapga aylantirshda qoida uning qaysi soʻroq gap turiga mansub ekanligidan kelib chiqadi.

Agar soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
Muallif gapi+if/whether+bir zamon orqaga surilgan darak gap
Eg. He asked me 'Do you speak English?' (soʻroq gap) He asked me if I spoke English. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. They asked Tom 'Are you a student?' (soʻroq gap) They asked Tom whether he was a student. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. I asked Jane 'Can your brother swim?' (soʻroq gap) I wanted to know if her brother could swim. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)

Agar soʻroq gap maxsus soʻroq gap boʻlsa, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
Muallif gapi+soʻroq olmoshi+bir zamon orqaga surilgan darak gap
Eg. He asked me 'What do you do?' (maxsus soʻroq gap) He asked me what I did. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. I asked Jane 'Where is your brother going?' (maxsus soʻroq gap) I wanted to know where her brother was going. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. He asked me 'Why did she leave early?' (maxsus soʻroq gap) He asked me why she had left early. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)

Soʻroq gaplarda savol kimdan soʻralayotganligiga e'tibor berish lozim va shunga qarab oʻzlashtirma gapda egani toʻg'ri qoʻya olamiz.
Eg. They asked Tom 'Are you a student?' They asked Tom whether he was a student. (savol Tomdan soʻralmoqda, shuning uchun koʻchirma gapdagi you olmoshi oʻzlashtirma gapda he olmoshiga oʻzgartirilishi lozim.
Eg. He asked me 'What do you do?' He asked me what I did. (Savol mendan so'ralmoqda, shuning uchun you olmoshi I ga o'zgardi)

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor