Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-06-06 20:00:10 Live stream started
17:00
Ochish/sharhlash
2023-06-06 17:45:10 Live stream scheduled for Jun 6 at 17:00
14:45
Ochish/sharhlash
2023-06-06 13:32:00 International Excellence Scholarship Program dasturiga ariza topshirish bo'yicha bepul ochiq dars

Hozirda International Excellence Scholarship Program (IES) — barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ko'p sonli nomzodlarga yordam berish maqsadida ushbu dasturga ariza topshirish bo'yicha ko'rsatma berish uchun 2 kunlik bepul ochiq dars o'tkazishga qaror qildik.

Ochiq dars 2 kun davom etadi va quyidagilar o’rgatiladi:
1-kunda: 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da
— Dastur haqida ma'lumot
— CV tayyorlash

2-kunda: 2023-yil 7-iyun, soat 22:00 da.
— Ariza shaklini to'ldirish
— Transkript tayyorlash
— 2 ta savolga javob yozish

Shunday qilib, 1-dars o'tkazilish vaqti bugun 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da.

ESLATMA: dastur ishtirokchilari uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant:
Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
22.0K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-06-05 10:01:00
Rossiyaning Nufuzli Universitetlarida BYUDJET o’rinlar!
Moskva, Piter, Yekaterinburg, Kazan, Samara

Yo’nalishlar:
— IT
— Neftegaz
— Temir yo’l haydovchisi
— Kadastr
— Mashinasozlik
— Ingliz tili
— Aviasozlik

4 yil BEPUL Ta’lim!
O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati
O'zbekistonga diplom o'tadi!
Haftasiga 20 soat Ishlash Imkoniyati

TOSHKENT:
940031001 | 334961001
NAMANGAN:
999861001 | 999841001
BUXORO:
996141001
TERMIZ:
996371001

Onlayn Murojaat

Telegram | Instagram | Telegram
3.9K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:23:40 OSCE Summer School dasturiga ariza topshirishda nimaga e'tibor berish kerak?

Avvalroq Qirg'iziston va Issiqko'lda bo'lib o'tuvchi barcha xarajatlari qoplanadigan OSCE yozgi maktabi haqida suhbat o'tkazgan edik.

Bugungi postimizda dasturga ariza topshirishda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida aytib o'tmoqchimiz.

1. Dastur talablari bilan yaxshilab tanishib chiqing. Ko'pincha dasturga aloqador yo'nalishda o'qiyotgan talabalar qabul qilinadi. Bunda iqtisod va siyosatga yaqin sohadagi talabalarga ustunlik berilishi mumkin. Lekin istalgan sohada o'qiyotgan bakalavr bitiruvchi kurs talabalari ariza topshira oladi.

2. CV tayyorlashga ahamiyat bering. Ariza topshirishda so'ralgan hujjatlardan biri CV bo'lib, o'zingiz, akademik va kasbiy faoliyatingiz, qolaversa, yutuqlaringiz haqida ma'lumot berishingiz kerak. Bunda iloji boricha akademik yozish (Academic Writing) va iqtisod sohasiga doir erishgan yutuqlaringiz hamda tajribangiz ko'proq ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yetakchilik, xalqaro yoki respublika miqyosda erishgan yutuqlaringizni ham qo'shish mumkin.

CV tayyorlash bo'yicha batafsil BU YERDA o'qishingiz mumkin.

3. Shaxsiy bayonot yozishga e'tibor bering. Dasturga qabul qilishda eng katta ahamiyat kasb etuvchi hujjat Personal Statement, ya'ni shaxsiy bayonot hisoblanadi. Bunda dasturdan nimalar kutayotganingiz va dastur sizning faoliyatingizda qay darajada ahamiyatli ekanligi aniq fikrlar bilan aytilishi kerak. Barcha takrorlovchi o'ta umumiy gaplardan (masalan, dasturning keyingi faoliyatimdagi o'rni beqiyos) qoching. Shu bilan birga, dasturga aloqador o'z yutuqlaringizni, dastur yakunidan so'ng qilmoqchi bo'lgan rejalaringizni qo'shib ketish tavsiya etiladi.

Shaxsiy bayonot yozishda grammatik xatolar qilishdan saqlaning. Yozgi maktabda akademik yozish hamda tadqiqot bo'yicha kurs mavjudligi bois nomzod ingliz tilida xatosiz yoza olishini ko'rsatishi kerak.

4. Magistrlik kursida o'qimoqchiligingizni ayting. Bu tavsiyamiz ixtiyoriy bo'lib, magistrlik kursida haqiqatan ham o'qishni reja qilgan bo'lsangiz, buni ta'kidlab o'tishingiz mumkin, Dasturdan ko'zlangan maqsadlardan biri OSCE akademiyasi tomonidan tashkil etilgan magistrlik kurslariga Markaziy Osiyoning eng bilimli talabalarini jalb qilish bo'lgani bois, “Economic Governance and Development” va “Politics and Security (Central Asia)” kabi magistrlik kurslarida o'qishga qiziqishingizni Personal Statement'da bayon etish tavsiya etiladi. Qaroringiz muhimligi haqida o'ylab ko'ring.

5. Baholaringizni tarjimasi bilan yuklang. Bunda bakalavr davomida olgan baholaringiz, ya'ni transkriptni taqdim etish kerak. Baholar yuqori bo'lishi sizga ustunlik beradi, lekin o'rtacha ko'rsatkich bilan ham avvalgi yillarda dasturga qabul qilinganlar mavjud.

Transkript qanday tayyorlanishi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA.

ESLATMA: dastur talablariga ko'ra, bu yozgi maktabga iqtisod, xalqaro aloqalar va siyosat kabi sohalarda bakalavrni bitirganlar yoki endi bitiradigan talabalar topshira oladi. Lekin dastur ahamiyatini o'z hujjatlarida isbotlab bera oluvchi barcha yo'nalish va o'qish bosqichidan qat'i nazar ariza topshirishi mumkin.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

ESLATMA:
dasturga arizalar 2023-yil 16-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi.

Asosiysi, dasturga qabul qilinsangiz, biz bilan aloqaga chiqishni yodingizdan chiqarmang

@grantlar_namuna
4.4K views05:23
Ochish/sharhlash
2023-06-03 15:32:00 AQSH vizasi uchun to'lov miqdori o'zgardimi?

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi viza uchun ma'muriy to'lov miqdori oshirilganini e'lon qildi.

Viza uchun ma'muriy to'lov miqdori o'zgarishi 2023-yil 17-iyundan e'tiboran kuchga kiradi

O'zgarishlar quyidagicha:

— AQSh turistik viza toifasiga hamda petitsiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko'tariladi. Bu toifaga quyidagi viza turlari kiradi:

1. B viza — Tashrif buyuruvchi (turism, biznes, tibbiy ko'rik bo'yicha) vizasi;
2. C-1 viza — transit viza;
3. D viza — ekipaj a'zosi vizasi;
4. F viza — talaba (akademik) vizasi;
5. I viza — media va jurnalistlari vizasi;
6. M viza — talaba vizasi (ta'tildagi)
va boshqalar.

ESLATMA: J viza bo'yicha AQSh hukumati homiylik qiladigan rasmiy ta’lim va madaniy almashinuvlarda ishtirok etuvchilardan to'lov olinmaydi.

Petitsiya asosida bo'lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko'tariladi.

MUHIM: AQSH vizasi turlari bo'yicha batafsil ma'lumot BU YERDA.

Vizaga murojaat etish bo'yicha batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
6.5K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-06-02 10:17:25 Iyulda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil iyul oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 10-iyul)

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov (dedlayn: 10-iyul)

Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar! (dedlayn: 12-iyul)

ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar! (dedlayn: 14-iyul)

Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta! (dedlayn: 15-iyul)

Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya! (dedlayn: 15-iyul)

Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 136 ta! (dedlayn: 18-iyul)

ADB–JSP: magistraturani Yangi Zelandiyada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 21-iyul)

Imkoniyati cheklanganlar uchun Toshkent shahridagi Piza universiteti filialida oʻqishga moʻljallangan 281 mln soʻmlik grant (dedlayn: 30-iyul)

Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 31-iyul)

Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta! (dedlayn: 31-iyul)

Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-iyul)

Iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
5.6K views07:17
Ochish/sharhlash
2023-06-01 13:32:00 Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

— Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
—“Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
— Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
— Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
— Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
— Inson huquqlari bilimdoni;
— Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.

Ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga jo‘natishingiz lozim.

Arizalar qabul qilish muddati: 2023-yil 1-noyabr

Tanlov g‘oliblari 2023-yil dekabr oyida “Xalqaro inson huquqlari kuni”da e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

@grantlar_namuna
8.1K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-05-31 12:28:23 Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish endi bepul emas.

2023-yilga qadar xorijlik talabalar uchun Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish bepul edi, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmasdi. Faqat kichik miqdorda semestr badali (taxminan 100-200 dollar atrofida) toʻlanardi.

Avvalroq esa Norvegiya Oliy taʼlim va koʻnikmalar boshqarmasi 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab davlat universitetlarida taʼlim olish pulli boʻlishi rejalashtirilgani haqida eʼlon qilgani haqida xabar bergandik.

Yaqinda davlat universitetlar 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab xorijlik talabalardan kontrakt summasi undirishi va bu kontrakt summalari miqdori eʼlon qilindi.

Kontrakt summasining miqdori universitet, bosqich va yoʻnalishlarga qarab turlicha (yiliga 9700 dollardan 25 000 dollargacha).

Shuningdek, ayrim hollarda xorijiy talabalar hali ham bepul (kontrakt summasi toʻlamasdan) oʻqishi mumkin. Bunday hollar quyidagilar:
– agar talaba almashinuv dasturi boʻyicha Norvegiyaga oʻqishga borsa;
– agar talaba Norvegiyada oʻqishni 2023-yilda oldin boshlagan boʻlsa;
– agar talaba Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi yoki Shveytsariyadan boʻlsa.

Norvegiya universitetlari va ulardagi kontrakt summasi miqdorlari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
23.2K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-05-30 10:27:31 Endi Britaniya universitetlariga kirgan xorijlik talabalar oilasini oʻzi bilan olib ketolmaydimi?

Buyuk Britaniyada xorijlik talabalarning oʻqish davomida oila aʼzolarini Britaniyaga olib kelishiga oid yangi cheklovlar eʼlon qilindi.

Bu cheklovlarga koʻra, 2024-yil yanvar oyidan boshlab faqat tadqiqot dasturlarida (PhD, tadqiqotga asoslangan magistratura dasturlari kabi) tahsil oluvchi talabalar oʻqish davomida oila aʼzolarini olib borishi mumkin boʻladi. Bakalavriat yoki tadqiqotga asoslanmagan magistrlik dasturlariga oʻqishga kirgan talabalar esa oila aʼzolarini oʻzlari bilan Britaniyaga olib keta olmaydi.

Bu cheklovlarga sabab Britaniyadagi migrantlar sonining oshib borayotganidir.

Britaniyada oʻqishni va oʻqish davomida oilasini ham olib ketishni rejalashtirayotganlarga bu yangilikni hisobga olish tavsiya etiladi.

@grantlar_namuna
22.9K views07:27
Ochish/sharhlash