Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.13K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-05-16 10:41:37 Germaniyada oʻqiymizmi?

Kanalimizda Germaniyada oʻqishga oid bir qancha foydali materiallar tayyorlangan.

Germaniyada tahsil olishga qiziquvchilar ularni osonroq topishi uchun shu materiallarni bitta postga jamladik.

Demak:

Germaniyadagi oʻqish bepul universitetlar (boshqa davlatlardagi bepul universitetlar bilan birga)

Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Bloklangan hisob raqamni qanday ochaman (Germaniya)?

Nemis tili menga nima beradi?

Germaniyadagi oʻqish bepul universitetlariga qabul qilingan hamyurtlarimiz bilan suhbatlar

Ingliz filologiyasi va unga aloqador yo'nalishda bakalavr diplomiga ega bo'lganlar uchun Germaniyada bepul magistrlik kurslari

Germaniyada magistraturaga qabul qilingan oʻzbek talabaning hujjatlari

Germaniyadagi Au Pair dasturiga qabul qilingan hamyurtimizning hujjatlari

DAAD dasturi suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o’tish uchun namunaviy savollar va maslahatlar

Germaniyada oʻqish, amaliyot oʻtash va malaka oshirish boʻyicha dasturlar

@grantlar_namuna
18.6K viewsedited  07:41
Ochish/sharhlash
2023-05-16 08:18:30
Kecha mnemonika bo'yicha "Super xotira" bepul marafonining 1-mashg'uloti bo’lib o’tdi. E’tiboringizga ushbu darsning video shaklini havola etmoqchimiz.

ESLATMA: Marafonning 2-mashg’uloti bugun (16-may) 21:30 da @grantlar_namuna kanalida bo’lib o’tadi

@grantlar_namuna
7.0K views05:18
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:35:34 #Vazifa_1
1)Pomidor usulida dars tayyorlash
2)NYUTON mashqi
3)kattalashtirish va kichiklashtirish
7.5K views17:35
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:25:55 Boylik
7.1K views17:25
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:23:34 Sog'lik
7.2K views17:23
Ochish/sharhlash
2023-05-13 14:32:00 SLINGSHOT 2023 Deep tech: Jami 1 200 000 AQSh dollari mukofot jamg‘armasi hamda 50 ta jamoa uchun Singapurga sayohatga yo‘llanma.

O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi hamda IT Park hamkorlikda Slingshot 2023 - Deep Tech Startap Pitching musobaqasini tashkil etmoqda .

Musobaqa yo'nalishlari:
– transformatsiya qiluvchi raqamli texnologiyalar;
– sog‘liqni saqlash va biomeditsina;
– ishlab chiqarish, savdo va internet aloqasi;
– atrof-muhit, energiya va "yashil" texnologiyalar;
– iste'molchi ommaviy axborot vositalari, tovarlar va xizmatlar.

G’oliblar uchun mukofot:
- Tanlovning umumiy mukofot jamg’armasi 1 200 000 AQSh dollari tashkil etadi.
- 50 ta jamoa jismoniy immersion dasturida ishtirok etish uchun Singapurga homiylik bilan sayohatga yo‘llanma qo'lga kiritadi.

Arizalar 2023-yilning 17-iyuliga qadar BU YERDA qabul qilinadi

@grantlar_namuna
641 views11:32
Ochish/sharhlash
2023-05-13 12:32:00
Endi universitetga kirish uchun IELTS kerak emas.

IELTS dan yuqori bal ola olmadingizmi?

Biz bilan Duolingo topshiring.

Duolingo AQSh, Yevropa va hatto O'zbekistondagi xalqaro universitetlariga IELTS o’rniga qabul qilinadi. (Webster, Inha, Yeoju, Akfa, Cambridge, va boshqalar)

Imtixon davomiyligi -
1 soat

Javoblar chiqishi - 48 soat

Natija: 125+ garantiya (IELTS 7+)

Qachon topshirishingiz mumkin?
-
Xohlagan kun va vaqtingiz

Imtihonga tayyorlanish uchun 100% lik yordam beriladi

Batafsil ma’lumot uchun
@duolingoagent
+998 95 977-15-37
2.6K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2023-05-12 12:36:24Xotirani yaxshilash boʻyicha bepul marafon!

• Xotirangizda
muammolar bormi?
• Chet tili lug'atlarni yodlashda qiynalyapsizmi?

Unda sizni @grantlar_namuna kanalida 15-mayda boshlanadigan 3 kunlik "Super Xotira" marafoniga taklif qilamiz!

Marafon
tarkibi:
– Tasavvurni shakllantirish
– O'lgan xotirani tiklash
– Xotiramizning xatolari va ularga yechimlar
– Kitobni tez va samarali o'qish metodikasi
– Chet tili so'zlarini oson eslab qolish

Marafon mashgʻulotlari vaqti: 15, 16, 17--may kunlari soat 21:30 da
Marafon oʻtkaziladigan joy: @grantlar_namuna kanali

Xotiramizdagi muammolar

1. Bizning miyamiz shug'ullanmagani tufayli xotiramiz odatda juda sust bo'ladi.

2. Kerakli ma'lumotni to'g'ri va tartibli tarzda xotiramizga joylolmaganimiz tufayli kerakli ma'lumotni miyamizdan kerakli vaqt topolmaymiz.

3. Tasavvur qobiliyatimizni juda tor doiraga tushirib qo'yganmiz va bu bizning xotiramizda muhim rol o'ynashini bilmaganmiz

4. O'zimizga past baho beramiz va daholar ham aslida oddiylikdan boshlashgan, siz va bizning ham o'zgaradigan vaqtimiz keldi.

Marafonda yuqoridagi barcha muammolarga baham beramiz!

– Marafon ustozi: Ibrohimjon Abduvaliyev
– Qabul soni cheklanmagan, har qanday yoshdagilar uchun
– Eng faol o'quvchilarga maxsus hadyalar bor

Bularning barchasi BEPUL.

Qatnashish uchun nima qilish kerak
?
Shunchaki, @grantlar_namuna kanalida bor boʻlishingiz kerak. ;)

Yaxshi yoki yomon xotira bo'lmaydi. Shug'ullantirilgan yoki shug'ullantirilmagan xotira bo'ladi.

Postni doʻstlarga ulashishni unutmang.

P.S.
Marafon @grantlar_namuna va @ibro_memory loyihalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

@grantlar_namuna
5.3K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:32:00 Nemis tilini mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali manbalar

Avvalroq nemis tilini o'rganish orqali qanday grant dasturlarida ishtirok etish mumkinligi haqida post tayyorlagan edik.

Bu galgi postimizda esa nemis tilini mustaqil o'rganish istagida bo'lganlar uchun foydali manbalarni baham ko'rmoqchimiz.

1. Deutsch Lernen - bu kanalda siz o'z nemis tilingizni yanada yaxshilashingiz uchun grammatik ko'plab mashqlar, nemischa so'zlar jadvali, xat yozish shakli (Prüfungsbrief), og'zaki va yozma ko'nikmalar uchun misollar, shuningdek, barcha darajalar uchun test namunalari va videolarini topishingiz mumkin.

2. Deutschlernerblog - ushbu sayt 2008-yilda nemis tilini o'rganuvchilar uchun maxsus ochilib, bloggerlar tomonidan yuritiladigan saytdir. Unda siz – Hörverstehen, Leseverstehen, Wortschatz, Grammatik, Übungen, Prüfungen, Schreiben, Quiz, Musik, Videos, Bilder - barcha materiallardan bepul foydalanishingiz mumkin.

3. deutsch-online - ushbu sayt rusiyzabon foydalanuvchilar uchun juda yaxshi sayt. Unda nemischa kerakli materiallardan tashqari turli forumlar, online kurslar, Germaniyadagi hayot haqida bir-biridan qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.

4. hueber.de - bu sayt mashhur Hueber Verlag (nashriyoti) tomonidan yuritiladi. Saytga kirib bilimingizni tekshirib ko'rishingiz mumkin.

5. Deutsche Welle - nemislarning eng mashhur sevimli radioto'lqinlaridan biri va nemis tilini keng targ'ib etadigan sayt hisoblanadi. Shunchaki kirib istagancha video va audiolardan tekin foydalaning va nemischangizni yaxshilang.

6. englisch-hilfen.de - ushbu sayt ingliz tilisi yaxshi bo'lgan, inglizchani "qotirib'' qo'yadigan, biroq nemis tilini "через" ingliz tili orqali o'rganmoqchi bo'lganlarga juda foydali.

7. startdeutsch.ru - ushbu sayt ham rusiyzabon o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan hamda yaxshi materiallar judayam ko'p.

Siz nemis tilini mustaqil o'rganish uchun qanday saytlardan foydalanasiz? Fikrlaringizni izohlar qismida qoldiring

@grantlar_namuna
6.1K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:02:00 Hozirda qabul davom etayotgan mahalliy tanlov va oromgohlar

Mahalliy tashkil etilayotgan dasturlarga qabul qilinish ehtimoli xalqaro dasturlardan ko'ra yuqoriroq bo'lib, tajriba orrtirish va networking'ni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.

Qolaversa, hozirda shunday tanlovlar tashkil etilmoqdaki, agar unda g'olib bo'lsangiz, o'z biznesingizni yo'lga qo'yish uchun 100 million so'mgacha pul mukofotiga ega bo'lishingiz mumkin.

1. President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun tanlov. Umumiy mukofot jamg'armasi 1 000 000 AQSH dollari.
Dedlayn: 2023-yil 7-iyul.

2. Unicorns startaplar tanlovi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 mln soʻm.
Dedlayn: 2023-yil 21-may

3. Kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov. G'oliblarga 100 million so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi.
Dedlayn: 2023-yil 10-iyul

4. “Eko volontyorlar” oromgohi. Jizzaxning Zomin tumanida bo'lib o'tuvchi bepul oromgoh.
Dedlayn: 2023-yil 13-may

@grantlar_namuna
12.7K views08:02
Ochish/sharhlash