Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.13K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-12 12:01:02
"OSIYO XALQARO UNIVERSITETI”da yangi o’quv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavr bosqichidagi yo‘nalishlar:
• Davolash ishi
• Farmatsevtika
• Stomatologiya
• Iqtisodiyot
• Moliya va Moliya Texnologiyalari
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar
• Konchilik ishi
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Pedagogika va psixologiya
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti

Magistratura yo‘nalishlari:
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Boshlang’ich ta’lim

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

Batafsil ma'lumot: +998-55-305-00-09

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://qabul.oxu.uz/

Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram - @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74-uy (Mo’ljal: Avtovokzal, Xo’jalik sudi to’g’risida)
3.8K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-06-12 09:22:31 IES almashinuv dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma

Germaniyada 1 semestr oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beruvchi IES dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma shakllandi.

Dastur tarkibi:

Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Ariza topshirish jarayoni haqida video darslar:

1-DARS

2-DARS

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

P.S. IESda ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

@grantlar_namuna
15.2K viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2023-06-11 17:03:29 Yoshlar Yelkani: Yevropa Ittifoqi ko'magida yosh yetakchilar uchun 1 haftalik trening

“Yoshlar yeklani”
loyihasi yosh yetakchilar, ko‘ngillilar, pedagoglar va fuqarolik jamiyati vakillari uchun uch bosqichli ikki yillik ta’lim dasturini o‘z ichiga oluvchi katta loyiha hisoblanadi.

Dastur maqsadi:
— Yoshlarning inson huquqlari, atrof-muhit va tanqidiy fikrlash borasidagi ta’lim sohasidagi vakolatlarini oshirish.
— O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash tajribasini o‘rtoqlashish va Yevropa tajribasiga ega trenerlardan norasmiy ta’lim amaliyoti va usullarini o‘zlashtirish.
— O‘zbekistonning turli hududlarida fuqarolik tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan norasmiy ta’lim bo‘yicha malakali trenerlar va fasilitatorlar hamjamiyatini yaratish.

Aynan shu dastur bo'yicha 2023-yil 5-12-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida 1 haftalik trening mashg'ulotlari tashkil etilmoqda.

Ishtirok etish uchun talablar:
— 18-27 yosh bo'lishi;
— Inson huquqlariga qiziqishi;
— Atrof-muhitga befarq bo'lmaslik;
— Muloqot qilish, yetakchilik va moslashuvchanlik ko‘nikmalariga ega bo'lish.

Arizalar 2023-yil 20-iyunga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini to'ldiring.

ESLATMA: dastur to'liq rus tilida olib boriladi, shu boisdan ishtirokchilar rus tilini yetarlicha bilishlari kerak.

@grantlar_namuna
5.9K viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash
2023-06-09 12:18:57
Global Youth Summit: 18-24 yoshlilar uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanuvchi 8 kunlik sammit; joy – 140 ta!

Sammit 2023-yil 19-26-iyul kunlari Seul shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Sammitga jami 140 nafar ishtirokchi (Janubiy Koreyadan 20 nafar, boshqa davlatlardan 120 nafar) qabul qilinadi.

Sammitning asosiy mavzusi: Harmony of Global Youths Towards a Sustainable Future.

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Ichki transport va sugʻurta xarajatlari qoplanadi
– Xalqaro safar uchun 300 dollar mablagʻ beriladi
– Turli suvenirlar va maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 12-iyun 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/global-youth-summit-janubiy-koreyada-xarajatlari-qoplanuvchi-sammit/

@grantlar
5.0K views09:18
Ochish/sharhlash
2023-06-08 07:02:52
Kecha International Excellence Scholarship dasturi uchun tashkil etilgan ochiq darsning 2-qismi bo’lib o’tdi.

Bugun ushbu darsning video lavhasini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Dars davomida quyidagilar bo’yicha ko’rsatmalar berildi:
— Ariza shaklini to’ldirish
— Transkript tayyorlash
— 2 muhim savolga javob yozish

ESLATMA: dasturga arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
8.5K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-06-07 20:38:37 Live stream finished (39 minutes)
17:38
Ochish/sharhlash
2023-06-07 19:59:24 Live stream started
16:59
Ochish/sharhlash
2023-06-07 17:44:57 Live stream scheduled for Jun 7 at 16:59
14:44
Ochish/sharhlash
2023-06-07 09:01:46 Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasida haq to'lanadigan amaliyot

Nufuzli Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot o'tashga taklif qilmoqda.

Kimlar uchun:
— Bakalavriat yoki magistratura bosqichi bitiruvchi yoki yaqinda bitirgan talaba(lar)i ariza topshirishi mumkin;
— Nemis tilini bilish kamida B2 darajada bilishi kerak;
— Yozishmalar uchun rus va o‘zbek tillarini yetarlicha bilishi lozim;
— MS Office dasturidan (umumiy ofis dasturlari, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.) foydalana olishi kerak;
— Yangi narsalarni o'rganishga qiziqishi va g'ayratli bo'lishi lozim

Amaliyotchi vazifalari:
— Oylik hisobotlarni (hujjatlarni) tayyorlash va skanerlashda yordam berish;
— Hujjatlarni o‘zbek yoki rus tilidan nemis tiliga va nemis tilidan o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilish;
— Bitiruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratish va yangilash;
— Idoraviy hujjatlarni rasmiylashtirish va ish yuritish;
— O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun Germaniyadagi stipendiyalar bo‘yicha ma’lumotlar papkasini tayyorlash;
— Xanns Zaydel jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ijtimoiy tarmoqlarda axborot kanalini yuritish;
— Vakolatxonaning turli tadbirlarini tashkil etishda yordam berish.

Amaliyot 6 oy davom etadi va bu muddat davomida amaliyot uchun haq to'lanadi.

Ariza topshirish:
Nemis tilida tayyorlangan CV — rezyumelar "Praktikant" mavzusi ostida Dustov-J@hss.de elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Ariza topshirish so'nggi sanasi: 2023-yil 12-iyun

@grantlar_namuna
9.6K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2023-06-07 06:02:00
Kecha IES - International Excellence Program dasturiga ariza topshirish bo'yicha ochiq dars tashkil etgan edik.

Bugun 1-ochiq darsning video lavhasini e'tiboringizga havola etmoqchimiz. Dars davomida IES dasturi bo'yicha qisqa ma'lumot hamda CV yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Dars bo'yicha berilgan kerakli havolalar:

Europass CV sayti
: https://europa.eu/europass/en/create-europass-cv

CV tayyorlash bo'yicha Grantlar.uz jamoasi tomonidan tayyorlangan to'liq ma'lumot: https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

Transkript tayyorlash bo'yicha BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

MUHIM: IES dasturi uchun transkript original tilda, hech qanday tarjimalarsiz taqdim etilishi lozim.

ESLATMA: 2-ochiq dars bugun, 2023-yil 7-iyun, soat 22:00 da bo'lib o'tadi

@grantlar_namuna
8.2K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash