Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.13K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-05-11 09:02:00
ISS Agency mijozlari uchun maxsus bonus!

ISS Agency rivojlangan G’arb va Sharq davlatlarida o’qishni maqsad qilgan bir qator yoshlar uchun bonusli xizmat ko’rsatishini ma’lum qiladi.

Bonusli xizmat ko’rsatishga:
• 2ta universitetga 0dan barcha hujjatlarni tayyorlash;
• 1ta universitetga application fee evaziga, 2-universitet to’lovi ISS Agency tomonidan qoplash;
• Viza, bilet va uy-joy masalalarida maksimal yordam berish kiradi.


Ushbu so’rovnomani to’ldirgan, yuqori parametrli, IELTS yoki Topik sertifikatiga ega bo’lgan talabalar 30%dan 100%gacha scholarship yutish ehtimoli katta.

Qabullar yakunlanmoqda, tezroq biz bilan bog’lanib, harakatni boshlang!

Kanalga ulanish

Online konsultatsiya

+99897 420 9008
+99891 404 1437

Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok | Web sahifa
4.4K viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2023-05-10 07:02:09 Volunteer Program Leader: Toshkentdagi Amerika Markazida volontyorlik

Toshkentdagi Amerika markazi alohida iqtidor, tal'ant va qobiliyatga ega yoshlarni ushbu markazda volontyorlik qilishga taklif etmoqda.

Dasturi Toshkentdagi Amerika markazida o'z loyihalariga moderatorlik qilishni xohlovchi g'ayratli, qobiliyatli va malakali ko'ngillilar uchun mo'ljallangan.

Volontyorlik uchun talablar:
— Kamida 16 yosh bo'lish.
— Ingliz, o'zbek va/yoki rus tilini yetarli darajada bilish.
— Alohida iqtidor yoki qobiliyatga ega bo'lish va uni boshqalarga o'rgatishni maqsad qilish.

Dastur bir oy davom etadi va uch oygacha uzaytirilishi mumkin. Volontyorlik dasturi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng sertifikat beriladi.

Dasturda ishtirok etish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting.

Ariza topshirish so'nggi sanasi: 2023-yil 16-may.

ESLATMA: faqatgina to'liq maqsadli va rejaga ega 2 ta volontyor dastur uchun qabul qilinadi. Ko'ngillilar hech qanday stipendiya yoki moddiy foyda ololmaydi va kelajakda ishlash huquqi kafolatlanmaydi.

Xalqaro darajadagi markazda volontyorlik qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

@grantlar_namuna
7.2K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-05-08 12:37:18
“Eko volontyorlar” oromgohi - ekologiyaga befarq bo'lmagan yoshlar uchun bepul oromgoh

Yosh ekologlar diqqatiga!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikamizdagi yosh ekologlar uchun joriy yilning 23-27-may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Eko volontyorlar” oromgohi tashkil etilmoqda.

Oromgoh dasturi quyidagicha:

— Atrof-muhitni muhofaza qilish.
— Tabiiy resurslardan unumli foydalanish.
— Iqlim o’zgarishi muammolari mavzusida seminar-treninglar.
— Ekologiya mavzusida video mahsulotlar tayyorlash.
— Taniqli shaxslar, blogerlar hamda yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar.

Loyihada ishtirok etish uchun BU YERDAN ro’yxatdan o’ting.

ESLATMA: ro’yxatdan o’tish joriy yilning 13-mayiga qadar davom etadi.

@grantlar_namuna
8.9K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2023-05-07 14:08:09SkillsCamp” haqida eng koʻp beriladigan savollarga javoblar:

1. Maqsadimiz nima?

Yoshlarni yuqori talabdagi kasb-hunarga yo'naltirish va kerakli ko’nikmalarni rivojlantirish

3. Qanday formatda o'tkaziladi?

Oflayn formatda

4. Qatnashish uchun necha yosh bo'lish kerak?

Loyihada ishtirok etish uchun 14-19 yosh oralig'ida bo'lish talab etiladi

5. IELTS o'rniga boshqa sertifikatlar qabul qilinadimi?

Ha, IELTS'dan kamida 5.0 ga teng natija bilan CEFR va DET sertifikatlari qabul qilinadi.

6. Oromgoh pullikmi?

Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul

7. Nechta odam qabul qilinadi?

Ariza topshirganlar orasidan har bir yo'nalishga 25-26 tadan, jami 180 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

8. Ro'yxatdan o'tish uchun deadline qachon?

10-may

9. Imtihon javobi keyinroq chiqadiganlar nima qilishi kerak?


Confirmation yuborishi kerak

10. Saralash javoblari qachon chiqadi?

12-may kuni javoblar e'lon qilinadi

11. Oromgoh qachon boshlanadi?

15-may kuni erta tongda yo'lga chiqiladi

@grantlar_namuna
9.1K views11:08
Ochish/sharhlash
2023-05-07 13:30:30
Skill Camp: yoshlar uchun kasb va ko’nikma o’rgatishga qaratilgan bepul oromgoh

Mehnatsevar loyihasi doirasida tashkil qilingan "Skills Camp" o‘z faoliyatini boshlaganini ma'lum qildi.

Oromgoh quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

• Turizm;
• IT;
• Media;
• Biznes;
• Ta’lim;
• Moliya;
• Huquq.

Oromgoh 2023-yil 15-22-may kunlari bo'ladi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Til sertifikati talab etiladi.

Ishtirok etish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 2023-yil 10-may

@grantlar_namuna
8.6K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2023-05-06 05:32:00 Bugun (6-may) O'zbekiston vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2022-yilda o'ynalgan Grin karta (Green Card) natijalarini tekshirish mumkin bo'ladi.

Tasdiqlash raqamingizni http://dvprogram.state.gov/ESC/ saytiga kiritgan holda, arizangiz holatini tekshirishingiz mumkin bo'ladi.

Grin karta natijalarini qanday qilib tekshirish va unutib qo'yilgan tasdiqlov raqamini qanday qayta tiklash mumkinligi haqida batafsil

https://grantlar.uz/blog/green-card-grin-karta-natijalarini-qanday-tekshirish-va-unutib-qoyilgan-tasdiqlov-raqamini-qanday-tiklash-mumkin

P.S. 2022-yilda Grin karta o'ynaganmidingiz?

@grantlar_namuna
30.5K viewsedited  02:32
Ochish/sharhlash
2023-05-05 07:50:16 Cultural Exchange: Markaziy Osiyo lider yoshlari safiga qo'shilish uchun tanlov

Cultural Exchange jamoasi “Markaziy Osiyoda bagʻrikenglik va tinchlik manfaatlari yoʻlida transchegaraviy koʻp tomonlama muloqot” loyihasi uchun jamoaga faol yoshlarni qidirmoqda.

Kimlar uchun: O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikistonning 16 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar milliy madaniyatga befarq bo'lmasligi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar BU YERDAN onlayn ro'yxatdan o'tishlari kerak.

Tanlov onlayn formatda olib boriladi. Dastur davomida madaniyatga doir bahs-munozara tashkil etiladi.

Tanlov so'nggida mamlakatingizni eng yaxshi tomondan madaniy hayotini ko'rsatadigan loyiha taqdim etishingiz (ixtiyoriy) kerak.

Loyiha turlari:
- insholar
- rasm
- video

Ishtirokchilar 2 tagacha o'z loyihalarini jo'natishi mumkin.

Eng yaxshi 3 loyiha hakamlar tomonidan tanlab olinadi va 3 xil nominatsiya bo'yicha taqdirlanadi.

G'oliblarga xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.

ESLATMA: loyiha ingliz va rus tillarida olib borilgani sabab nomzodlar muloqot qila olish uchun yetarlicha til bilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun:
+998 91 397-83-04 (Stasya);
+998 93 187-70-73 ( Aleksandra)
+998 99 998-53-85

@grantlar_namuna
13.1K views04:50
Ochish/sharhlash
2023-05-04 08:02:29 ​​President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun umumiy mukofot jamg'armasi
$1 000 000 bo'lgan tanlov

President Tech Award – bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi dasturiy mahsulotlar uchun startaplar tanlovidir.

Kimlar uchun: tanlovda 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari jamoa bo'lib ishtirok etishlari mumkin. Jamoalar tarkibi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 3-8 kishidan, maxsus yo‘nalishda esa 3-5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Yo'nalishlar:
1. Sunʼiy intellekt texnologiyalari;
2. Ijtimoiy yo'nalishda raqamli texnologiyalar;
3. Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalar;
4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
5. Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari
6. Maxsus yo'nalish - Hakaton

Mukofotlar:
1-oʻrin uchun 100 000 AQSH dollari.
2-oʻrin uchun 50 000 AQSH dollari.
3-oʻrin uchun 30 000 AQSH dollari.
— Maxsus yo'nalish - Hakaton bo'yicha g'olibga 100 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻi ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun BU YERDAN jamoangiz bilan ro'yxatdan o'ting va loyihangizni yuklang.

Tanlovga ariza topshirish uchun oxirgi sana: 2023-yil 7-iyul

Tanlov shartlari va u bilan bog'liq bo'lgan barcha ma'lumotlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
10.4K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-05-03 06:02:00 Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan TOEFL yoki IELTS imtihoniga tayyorgarlik uchun 1 oylik bepul kurs

Toshkentdagi Amerika markazi TOEFL va IELTS kabi imtihonlarga tayyorlanayotganlar uchun bepul English test Prep Course: Reducing Test Anxiety nomli 1 oylik kurs tashkil etmoqda.

Ushbu kurs ishtirokchilarning ingliz tilidagi bilimlarini oshirish, qolaversa, imtihondan avval ruhiy holatini yaxshilashga mo'ljallangan bo'lib, amerikalik ta'lim psixologi Lori Vulf tomonidan olib boriladi.

O'tkazilish vaqti: mashg'ulotlar 2023-yil 15-maydan boshlanadi. Darslar haftada 3 marta 60 daqiqadan bo'lib, dushanba, seshanba va chorshanba kunlari, soat 15:00 dan 19:00 gacha bo'lib o'tadi.

Mashg'ulotlar to'liq ingliz tilida olib boriladi, shu sabab nomzodlardan ingliz tilii yetarlicha bilish talab etiladi. Til sertifikati majburiy emas.

Kursda ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shakilini to'ldiring. Ariza to'ldirish jarayonida sizdan "Bu kursda nega qatnashmoqchisiz?" degan savolga kamida 100 so'zdan iborat javob yozishingiz kerak.

Ariza to'ldirish oxirgi muddati: 2023-yil 10-may.

ESLATMA: joylar soni cheklangan va barcha mashg'ulotlarda to'liq qatnasha oladigan nomzodlarga ustunlik beriladi.

@grantlar_namuna
6.0K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-05-02 10:17:10 Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturiga qabul yakunlangani haqida xabar bergan edik.

2023-2024-o’quv yili uchun ushbu mavsumda dunyo bo’ylab jami 500 nafar nomzod ariza topshirdi. Ulardan:
— A - talaba yo’nalishi bo’yicha: 229 nafar;
— B - PhD talaba yo’nalishi bo’yicha: 61 nafar;
— C - tadqiqotchi yo’nalishi bo’yicha: 210 nafar nomzod topshirgan.

Ma’lumot uchun, o’tgan mavsumda ushbu grant uchun dunyo bo’ylab jami 447 ariza topshirilgan.
Ularning 122 nafari dastur uchun qabul qilingan:
— A - talaba yo’nalishi bo’yicha: 41 nafar (136 tadan). Qabul qilingan talabalarning 30 nafari O’zbekistondan;
— B - PhD talaba yo’nalishi bo’yicha: 15 nafar (81 tadan);
— C - tadqiqotchi yo’nalishi bo’yicha: 66 nafar (230 tadan).

MUHIM: 30-aprelda ariza topshirgan nomzodlarning natijalari 2023-yil iyun oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinadi va dasturga qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar yuboriladi.

ESLATMA: Ushbu dasturning keyingi mavsumi uchun arizalar qabul qilish muddati 2023-yil 31-oktyabr.

@grantlar_namuna
6.4K viewsedited  07:17
Ochish/sharhlash