Get Mystery Box with random crypto!

International Excellence Scholarship Program dasturiga ariza t | Hujjat topshirish jarayonlari

International Excellence Scholarship Program dasturiga ariza topshirish bo'yicha bepul ochiq dars

Hozirda International Excellence Scholarship Program (IES) — barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ko'p sonli nomzodlarga yordam berish maqsadida ushbu dasturga ariza topshirish bo'yicha ko'rsatma berish uchun 2 kunlik bepul ochiq dars o'tkazishga qaror qildik.

Ochiq dars 2 kun davom etadi va quyidagilar o’rgatiladi:
1-kunda: 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da
— Dastur haqida ma'lumot
— CV tayyorlash

2-kunda: 2023-yil 7-iyun, soat 22:00 da.
— Ariza shaklini to'ldirish
— Transkript tayyorlash
— 2 ta savolga javob yozish

Shunday qilib, 1-dars o'tkazilish vaqti bugun 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da.

ESLATMA: dastur ishtirokchilari uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant:
Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna