Get Mystery Box with random crypto!

Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish endi bepul emas. | Hujjat topshirish jarayonlari

Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish endi bepul emas.

2023-yilga qadar xorijlik talabalar uchun Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish bepul edi, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmasdi. Faqat kichik miqdorda semestr badali (taxminan 100-200 dollar atrofida) toʻlanardi.

Avvalroq esa Norvegiya Oliy taʼlim va koʻnikmalar boshqarmasi 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab davlat universitetlarida taʼlim olish pulli boʻlishi rejalashtirilgani haqida eʼlon qilgani haqida xabar bergandik.

Yaqinda davlat universitetlar 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab xorijlik talabalardan kontrakt summasi undirishi va bu kontrakt summalari miqdori eʼlon qilindi.

Kontrakt summasining miqdori universitet, bosqich va yoʻnalishlarga qarab turlicha (yiliga 9700 dollardan 25 000 dollargacha).

Shuningdek, ayrim hollarda xorijiy talabalar hali ham bepul (kontrakt summasi toʻlamasdan) oʻqishi mumkin. Bunday hollar quyidagilar:
– agar talaba almashinuv dasturi boʻyicha Norvegiyaga oʻqishga borsa;
– agar talaba Norvegiyada oʻqishni 2023-yilda oldin boshlagan boʻlsa;
– agar talaba Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi yoki Shveytsariyadan boʻlsa.

Norvegiya universitetlari va ulardagi kontrakt summasi miqdorlari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

@grantlar_namuna