Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.13K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-04-05 08:46:00
“ClimateScience Olympiad 2024” olimpiadasiga roʻyxatdan oʻtish jarayoni

Hozirda “ClimateScience Olympiad 2024” dasturiga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

Yuqoridagi videoda bu olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish jarayoni bilan batafsil tanishishingiz mumkin,

Maʼlumot uchun: Gʻoliblar pul mukofotlari (sovrin foni 15 000$), maxsus medal va sertifikatlar hamda Bakuga bepul sayohat imkoniyati bilan taqdirlanadi.

Ushbu olimpiada haqida batafsil maqola

Ushbu olimpiada haqida batafsil video

P.S. Video mazkur olimpiadaning Markaziy Osiyodagi rasmiy vakilasi tomonidan tayyorlangan.

@grantlar_namuna
13.6K viewsedited  05:46
Ochish/sharhlash
2024-04-05 08:02:00
Introduction to Automated Testing in Python: EPAM tomonidan bepul onlayn kurs

Introduction to Automated Testing in Python kursi 3-3,5 oyga mo'ljallangan bo'lib, unda quyidagilarni o'rganishingiz mumkin:

— Pythonning boshlang'ich darajasiga oid bilimlar, uning funktsiyalari, modullari bilan tanishish;
— Automated testing bo'yicha kerakli bilim va ko'nikmaga ega bo'lish va boshqalar.

Dasturda qatnashish uchun talablar:
— Ingliz tilini kamida B1 darajada bilish;
— Boshlang'ich kompyuter bilimlarga ega bo'lish;
— Darslarni o'z vaqtida mustaqil o'zlashtira olish.

Kursda qatnashish uchun ariza topshirish quyidagicha:

1. Onlayn ro'yxatdan o'tish BU YERDA
2. Ingliz tili darajasini aniqlovchi testdan o'tish. Ro'yxatdan o'tgan so'ng 5 kun ichida bajarish mumkin.
Shundan so'ng profilingizdagi email manziliga avtomatik tarzda kurs mavjud bo'lgan platforma havolasi yuboriladi.

Kurs haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin

Qo'shimcha savollar uchun: SupportRDPortal@epam.com

@grantlar_namuna
11.4K viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash
2024-04-03 07:08:14
Gyote-Institutida bo'sh ish o'rni

Toshkentdagi Gyote-Instituti ta'lim sohasida hamkorlik bo'limiga yangi xodimni izlamoqda. Ish vaqti haftasiga 20 soatni tashkil etadi.

Talablar:
— Gumanitar sohada oliy ma'lumotga ega bo'lish.
— Nemis tilini C1 darajada, o'zbek va rus tillarini yetarli darajada bilish.
— Office dasturlarida ishlay olish va boshqalar.

Xodim mas'uliyat va vazifalari:
— Til bo'limi rahbariyati bilan bog'lanish va xizmat ko'rsatish
— Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha ish uchun matnlar yaratish
— Nemis, rus, o'zbek tillarini tarjima qilish va boshqalar.

BATAFSIL MA'LUMOT

Ariza topshirish uchun motivatsiya xati, CV, sertifikatlar, ma'lumotnomalarni (nemis tilida) "BKD" mavzusi ostida elektron pochta orqali Gyote Instituti O‘zbekiston tillar bo‘limi boshlig‘i Dildora Muxammadaminovaning dildora.mukhammadaminova@goethe.de email manziliga yuboring.

Hujjat topshirish muddati: 18.04.2024

@grantlar_namuna
11.8K viewsedited  04:08
Ochish/sharhlash
2024-04-02 10:33:01
"Email Communication with Universities”: EucationUSA tomonidan yana bir bepul ochiq dars

EducationUSA hamda FLEX dasturi ishtirokchilari hamkorlikda xalqaro universitetlar bilan email orqali aloqa qilish bo'yicha ochiq dars tashkillamoqda.

Ochiq dars mavzusi: "Email Communication with Universities”
O'tkazilish vaqti: 2024-yil 4-aprel, 16:00 da
O'tkazilish joyi: AQSHning Toshkentdagi elchixonasi

Ochiq darsda ishtirok etish bepul. Ishtirok etmoqchi bo'lganlar ro'yxatdan oldindan o'tishlari kerak bo'ladi:

RO'YXATDAN O'TISH

Xalqaro universitetlar bilan email orqali aloqa qilish hamda yozish ko'nikmangizni oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

@grantlar_namuna
10.5K views07:33
Ochish/sharhlash
2024-04-01 12:02:00
Gyote institutidan nemis tilida bepul suhbat klubi

Nemis tilida suhbatlashish va yangi do'stlar orttirishni xohlovchilar uchun Goethe-Institutida bo’lib o’tadigan navbatdagi suhbat klubi tashkil etilmoqda.

Suhbat moderatorlari: Johanna, Jasper, Judith, Sonja va Johanne.

Suhbatda kulturweit-Freiwillige dasturi ishtirokchilari Sonja va Johanne ilk bora ishtirok etadi hamda Siz bilan suhbatlashish, Sizga nemis tilidan bilimlaringizni mustahkamlashda ko'maklashadi.

O’tkazilish vaqti: 2024-yil 3-aprel soat 16:30

O’tkazilish manzili: Gyote instituti kutubxonasi

ESLATMA: Kirish bepul, oldindan roʻyxatdan oʻtish shart emas.

@grantlar_namuna
12.1K views09:02
Ochish/sharhlash
2024-03-30 18:02:00 JACAFA stipendiyasi boʻyicha mentorlik kursi!

@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish pulli.

Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2024-yil 7-aprel, 23:59.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
43.6K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-03-30 16:17:33 AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.

2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.

4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.

Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
12.6K viewsedited  13:17
Ochish/sharhlash
2024-03-28 12:34:18 Oyiga 110 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlaydigan JACAFA stipendiyasiga arizalar qabul qilmoqda

Bu grant 2 yil davomida 110 dollarlik stipendiyadan tashqari, quyidagi imtiyozlarni taqdim qiladi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Quyida ushbu dasturga oid eng kerakli manbalarni topasiz:

JACAFA stipendiya dasturi, talablari, qabul jarayoni haqida batafsil

2021-yilgi gʻolib talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

2020-yilgi gʻoliba talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

Shu dasturni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar_namuna
41.3K views09:34
Ochish/sharhlash
2023-11-11 09:33:44 IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun foydali va bepul manbaalar

1. https://ielts.com.au/australia - bu saytda IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun barcha ma'lumotlar va bepul testlar mavjud. Imtihondan oldin testlarni ishlab ko'rish tavsiya etiladi.

2. https://takeielts.britishcouncil.org/take-ielts/prepare/courses/road-ielts — British Council tomonidan bepul kurslar. Bunda Academic yoki General Training uchun foydali testlar mavjud.

3. ieltsonlinetests.com - Computer-based IELTS topshirmoqchi bo'lganlar uchun foydali sayt hisoblanadi. Bu sayt orqali testni bajargandan so'ng o'z xatolaringizni ko'rishingiz va umumiy natijangizni bilib olishingiz mumkin.

4. https://www.ieltspodcast.com/ielts-preparation/the-ielts-practice-test/ - IELTS imtihoniga tayyorgarlik uchun kerakli tip va ko'rsatmalar, qolaversa, bepul testlarni o'z ichiga olgan sayt.

5. https://www.cambridgeenglish.org/ - bu sayt umumiy ingliz tilingizni yaxshilashga yordam beradi. Barcha ma'lumotlar Cambridge English tomonidan tayyorlangani bois IELTS imtihoniga tayyorgarlikda ham ancha qo'l keladi.

6. https://dpielts.lk/ - ingliz tili darajangizga qarab IELTS uchun mo'ljallangan bepul testlar mavjud.

7. https://www.ielts.org/usa/ielts-practice-test - IELTS haqida umumiy ma'lumot hamda har bir bo'lim uchun bepul testlar to'plamidan iborat sayt.

ESLATMA: IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rishda faqatgina test ishlash foydali bo'lmasligi mumkin. Shu sababdan quyidagi manbalarni umumiy ingliz tili darajangizni oshirish uchun ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz:

— BBC World News - Reading ko'nikmangizni oshirish bilan birga dunyo xabarlaridan boxabar qilishga imkon beradi.
— The Economist - Iml-fan, biznes va iqtisodga oid ma'lumotlar olish mumkin. Reading materiallari darajasi odatda ushbu maqolalar kabi bo'ladi.
— Ted Talks - Listening va Speaking ko'nikmalaringizni oshirish bilan birga, turli soha ekspertlari tomonidan aytilgan kerakli fikrlarni tinglash imkoniyatini beradi.

Ushbu postni IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan do'stingizga ulashishni unutmang!

@grantlar_namuna
12.9K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-11-02 10:02:00 AQSHda o'qish yoki amaliyot uchun qabul davom etayotgan to'liq va qisman qoplanuvchi dasturlar

1. Young Leaders Fellowship: 18-26 yoshli yetakchilar uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan dastur. Dedlayn: 2023-yil 13-noyabr

1. Wake Forest University: AQShda bakalavriatda bepul o’qish, bepul yotoqxona va oziq-ovqat hamda stipendiya. Dedlayn 2023-yil 15-noyabr

2. AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant. Dedlayn: 2023-yil 15-noyabr

3. Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya. Dedlayn: 2023-yil 17-noyabr

4. Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant. Dedlayn: 2023-yil 1-dekabrgacha

5. Kotzen Scholarship granti: AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi ayol-qizlar uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat. Dedlayn: 2023-yil 1-dekabr

6. TechGirls: 15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi oromgoh. Dedlayn: 2023-yil 9-dekabr

7. AU Emerging Global Leader: AQSHda bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat Dedlayn: 2024-yil yanvargacha.

8. Brea College: AQSHning Brea kollejida o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq ovqat. Dedlayn: 2024-yil 15-yanvar.

9. Global Leadership Scholarship: AQSHning Coe College: oliygohida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant. 2024-yil 1-fevral

10. Human Rights Essay Award: huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasiga ega bo'lganlar uchun ilmiy maqolalar tanlovi. Gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi. Dedlayn: 2024-yil 1-fevral

Bundan tashqari, AQSHda o'qishga doir quyidagi manbalar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin:

AQSHning TOP universitetlarida BEPUL o'qish

AQShda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar

@grantlar_namuna
12.6K views07:02
Ochish/sharhlash