Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.13K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 36

2022-05-24 05:30:01“Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageri javoblari e'lon qilindi!

Bir necha obunachilar "Samarkand - USA English Camp - 2022" yozgi lageri javobi chiqqanini ma'lum qildi.

Quyidagi rasmda obunachilardan biriga qabul qilinganlik haqida kelgan emalni ko'rishingiz mumkin.

Qabul qilinganlarni tabriklaymiz!

Siz-chi? Qabul qilindingizmi? Izohda yozib qoldiring.

P.S. Faqat qabul qilinganlarga qabul qilinganlik haqida email keladi. Qabul qilinmaganlarga hech narsa kelmaydi.

@grantlar_namuna
19.7K viewsedited  02:30
Ochish/sharhlash
2022-05-16 10:29:54 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageri javoblari qachon chiqadi?

Bu savolni qayta va qayta bizdan soʻrashmoqda.

AQSH elchixonasi bizga bu lagerga qabul javoblari 2022-yil 20-maydan keyin chiqishini aytgan.

MUHIM: 20-maydan keyin degani “20-mayda chiqadi“ yoki “21-mayda aniq chiqadi“ degani emas. Bu 20-maydan keyingi kunlarning birida chiqadi degani. Yaʼni javoblar 21, 22, 23, 24-may yoki undan keyin chiqishi mumkin.

Qabul qilinganlarga email orqali xabar qilinadi.

Javoblarning ertaroq yoki kechroq chiqishi topshirilgan arizalar soni va ularni tekshirib chiqishgda ketadigan vaqtga bogʻliq.

P.S. Agar kimgadir qabul qilingani haqida xabar kelsa, bizga @GN_Murojaat_bot boti orqali xabar qilishini soʻrardik. Shunda kanalda qabul natijalari chiqqani haqida boshqalarni ham xabardor qilishimiz mumkin boʻladi.

@grantlar_namuna
21.5K viewsedited  07:29
Ochish/sharhlash
2022-05-15 06:53:25
Samarkand - USA English Camp - 2022 lageriga ariza topshirdingizmi? (14-may 23:59 da qabul tugadi).
Anonymous Poll
21%
Ha
50%
Yo'q
15%
Talablariga mos emas ekanman
13%
Topshirmoqchi edim, topshira olmadim
6.2K voters35.5K views03:53
Ochish/sharhlash
2022-05-10 07:25:12 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga necha kishi qabul qilinadi?

Bu savolni bizdan 100 lab oʻquvchilar soʻradi. Shu sababli, lagerga necha kishi qabul qilinishini elchixonadan aniqlashtirdik.

Ushbu lagerga bu yili jami 150 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Demak, ajratilgan oʻrinlar anchagina. Lagerga ariza topshiring, 150 nafar oʻquvchidan biri siz boʻlishingiz mumkin!

@grantlar_namuna
39.1K views04:25
Ochish/sharhlash
2022-05-10 07:21:56 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lagerining ariza shakli tuzaldi!

2 kundan beri “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lagerining onlayn ariza shakliga fayl (Parental Permission, School Transcripts, Language Certificate va pasport/tugʻilganlik guvohnomasi rasmini) yuklab boʻlmayotgandi.

Hozirda bu xatolik tuzatildi va endilikda fayllarni yuklab, ariza topshirish mumkin.

Ushbu lager va unga ariza topshirish haqida

@grantlar_namuna
18.6K views04:21
Ochish/sharhlash
2022-05-09 15:50:00 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!

Ushbu lagerning ariza shakli bilan bog'liq texnik xato yana yuzaga kelgan. Arizaga soʻralgan fayllarni (Parental Permission, School Transcripts, Language Certificate va pasport/tug'ilganlik guvohnomasi rasmi) yana yuklab boʻlmayapti.

Bu ariza shaklidagi texnik xatolik haqida elchixonaga yozdik. Ko'rishsa, tuzatishadi.

Shu sababli, hozircha ariza topshirmay turish tavsiya qilinadi. Chunki toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi deb qayd etilgan.

Elchixona javob qilsa, bu haqida kanalda eʼlon qilamiz.

@grantlar_namuna
16.4K views12:50
Ochish/sharhlash
2022-05-03 16:03:21 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga fayllarni yuklamay ariza topshirganlar qayta ariza topshirishi kerak!

Ushbu lagerning ariza shakli bilan texnik xatolik yuzaga kelgani haqida yozgandik.

Xatolik tuzatildi. Xatolik boʻlgan vaqtda kerakli fayllarni, yaʼni Parental Permission va School Transcripts rasmini joylamay ariza topshirgan boʻlsangiz, arizani qayta toʻldirib, shu fayllar rasmini ham joylab, arizangizni qayta topshiring. Lager tashkilotchilarining oʻzi shunday qilish kerakligi aytdi.

Language Certificate rasmi ham soʻralgan. Bu majburiy emas, agar boʻlsa, rasmini joylaysiz, boʻlmasa – joylamaysiz.

MUHIM: Faqatgina soʻralgan fayllar rasmini yuklamasdan ariza topshirganlar qayta ariza topshirishi kerak. Texnik xatolikdan oldin yoki u tuzatilgandan keyin kerakli rasmlarni yuklab ariza topshirgan boʻlsangiz, aslo qaytadan ariza topshirmang!

@grantlar_namuna
19.2K viewsedited  13:03
Ochish/sharhlash
2022-05-03 10:13:04 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lagerining ariza shakli tuzaldi!

4 kundan beri “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lagerining onlayn ariza shakliga fayl (Parental Permission, School Transcripts and Language Certificate) yuklab boʻlmayotgandi.

Bu masala yuzasidan AQSH elchixonasi masʼullari bilan bogʻlanik va ariza shakli bilan texnik xatolik yuz bergani maʼlum boʻldi.

Hozirgina masʼullar ariza shaklidagi xatolikni tuzatishdi va endi fayllarni yuklash mumkin.

Ariza topshirishda davom etishingiz mumkin.

Texnik xatolik vaqtida fayl yuklamasdan ariza topshirganlar masalasi nima boʻlishini ham aniqlashtirishga harakat qilamiz.

Ushbu lager va unga ariza topshirish haqida

@grantlar_namuna
38.1K views07:13
Ochish/sharhlash
2022-05-01 18:22:48 “Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!

2 kundan beri ushbu lagerning ariza shakliga soʻralgan fayllarni (Parental Permission, School Transcripts and Language Certificate) yuklab boʻlmayapti.

Bu ariza shaklidagi texnik xatolik boʻlishi mumkin.

Shu sababli, hozircha ariza topshirmay turish tavsiya qilinadi. Chunki toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi deb qayd etilgan.

Shanba va yakshanba kuni AQSH elchixonasi ishlamaydi, shu sababli bu texnik xatolikmi yoki fayllarni yuklash bekor qilinganmi, aniqlashning imkoni boʻlmadi.

Buning sababini soʻrab elchixonaga xabar yozganmiz, ertaga elchixonaning ish kuni va xabarga javob qiladi deb umid qilamiz.

Javob qilsa, bu haqida kanalda eʼlon qilamiz.

@grantlar_namuna
14.8K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2022-04-27 11:55:53 Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlov va dasturlar

Bugun maktab (kollej/litsey) oʻquvchilari qatnashishi mumkin boʻlgan va arizalar qabul qilinayotgan tanlovlar hamda dasturlarning yangilangan roʻyxatini keltiramiz:

1. Immerse Education Blog Competition. 13-18 yoshlilar uchun blogpost (maqolalar) tanlovi. Ishlar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar: Oksford va Kembrij universitetlarining onlayn yozgi kurslariga 100% gacha grant yutish mumkin.

Maqolalar 2022-yil 7-maygacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

2. Ichki Ishlar Vazirligidan 12-17 yoshlilar uchun shiorlar tanlovi. Shiorlarni oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida topshirish mumkin.

Mukofotlar: planshet, elektron kitob oʻquvchi, fitnes bilaguzuk.

Shiorlar 2022-yil 11-may, 24:00 gacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

3. “Samarkand – USA English Camp – 2022” yozgi lageri. 9-10-sinf maktab oʻquvchilar va 1-kurs kollej/litsey oʻquvchilar qatnashishi mumkin.

1 oy davomida Samarqandda ingliz tili lagerida mashgʻulotlar boʻladi. Qatnashish bepul, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalandi.

Arizalar 2022-yil 14-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

4. Global Peace Photo Award – tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar tanlovi.

Mukofotlar: 10 000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat.

Suratlar 2022-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

5. YHSA(Asia) tanlovi. Maktab, kollej va litsey oʻquvchilar turli fanlardan 1-3 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar: 5000 dollargacha pul mukofoti va sertifikatlar.

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

BATAFSIL

6. Ocean Awareness Contest. Bu tanlovda vizual san’at asarlari, sheʼr, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa asarlari va raqs, interaktiv va multimedia ishlari bilan qatnashish mumkin.

Gʻoliblar 1500 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

7. Breakthrough Junior Challenge tanlovi. 13-18 yoshlilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) bilan qatnashishi mumkin.

Mukofot: 400 ming AQSH dollari.

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

8. Goi Peace Foundation inshoar tanlovi. Tanlovda 25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin.

Tanlov mavzusi: My Values (Mening qadriyatlarim).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (840 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2022-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

9. IvyPanda insholar tanlovi. Berilgan mavzular boʻyicha ingliz tilida 500-700 soʻzli insho yoziladi.

Mukofotlar: 1000 dollargacha pul mukofoti.

Insholar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinad.

BATAFSIL

10. Storytelliing Writing Contest. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin. Insho karantindagi hayot haqida boʻlishi, ingliz tilida yozilishi va 1000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Sovrindorlar 100 dollardan 300 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Dedlayn: 2022-yil 31-iyul.

BATAFSIL

11. ClimateScience Olympiad 2022. Bu olimpiadada 25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin.

Olimpiada ingliz tilida, iqlim mavzusiga oid savollar asosida boʻlib oʻtadi.

Gʻoliblar 5000 dollargacha pul mukofoti, sertifikatlar, medallar va Misrga sayohat imkoniyati bilan taqdirlanadi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2022-yil 10-avgust.

BATAFSIL

12. Immerse Education Essay Competition. 13-18 yoshlilar uchun ingliz tilida insholar tanlovi.

Mukofotlar: Kembrij, Oksford kabi universitetlarning yozgi maktablarida qatnashish haqida 100% gacha grant yutish mumkin.

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

BONUS: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilariga oʻqishini xalqaro maktab/kollejlarda grant asosida davom ettirish imkonini beruvchi dasturlarni BU YERDAN topasiz.

Olgʻa!

@grantlar_namuna
28.6K viewsedited  08:55
Ochish/sharhlash