Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-05-23 11:02:17 ​#Natija 29

Obunachilarimizdan biri Germaniyada oʻtkaziladigan 10 kunlik festival uchun grant yutib oldi – qatnashish xarajatlari qoplanadi!

Kanalimiz obunachilaridan biri 2023-yil 22-iyun – 2-iyul kunlari Germaniyaning Mannheim shahrida boʻlib oʻtadigan Internationale Schillertage festivalida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi (quyidagi rasmda qabul xati keltirilgan).

Bu festival ishtirokchilari quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
– Safar va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Mezbon oila uyidan joy beriladi.

Obunachimizni tabriklaymiz!

Obunachining soʻroviga koʻra, uning ism-familiyasi berkitildi.

Yana kimdir shu festivalga qabul qilindimi? Agar shunday boʻlsa, kommentga yoki @GN_Murojaat_bot botiga yozing – shunda bir-biringizni topib, viza uchun hujjatlarni tayyorlash, borish va qaytish jarayonlarini birga qilishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
8.6K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash
2023-05-23 10:06:06 ​#Natija 28

Erasmus Mundus boʻyicha maxsus kursimiz ishtirokchilaridan biri Erasmus grantini qoʻlga kiritdi!

Nilufar Xalikulova – bakalavriat bosqichini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻqigan.

NIlufar @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan Erasmus Mundus boʻyicha maxsus kursda ishtirok etgan (mentor: Abdulaziz Murtazoyev).

U kurs davomida Erasmus Mundus granti boʻyicha “PETaL (Play Education Toys and Language)” magistrlik dasturiga ariza topshirdi va Erasmus Mundus grantini yutib oldi (quyidagi rasmda – grant xati).

Endi Nilufar magistraturani Ispaniya, Portugaliya va Turkiyada quyidagi imtiyozlar asosida oʻqiydi:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Oylik 1000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro
– Joylashib olish uchun 1000 yevro
– Sugʻurta xarajati qoplanadi

Nilufarning kelgusidagi faoliyatida omad tilaymiz!

@grantlar_namuna
8.7K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2023-05-22 07:08:07 CAYLA tashkilotidan bepul onlayn kurs: chet elga bepul yo’llanma yoki loyiha uchun grant

CAYLA Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami huquqlarini himoya qilishga doir bepul o‘quv kurslari tashkil etmoqda.

Ushbu dasturda o'z mahalliy yashash hududi, tuman yoki shahar hayotida faol ishtirok etishni xohlagan, aholining quyi qatlamlari huquqlarini himoya qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmoqchi bo'lgan barcha ishtirok etishi mumkin

Kurs davomiyligi: 3 oy (onlayn)

Kursning foydali jihati:
— Kursning eng yaxshi ishtirokchilari chet elda boʻlib oʻtadigan “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari huquqlarini himoya qilish – tamoyillari va usullari” mavzusidagi xalqaro konferensiya – bootcampda bepul qatnashishlari mumkin boʻladi.
— Eng faol ishtirokchilar esa o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun grant olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
— O'quv kursi o'zbek tilida onlayn formatda olib boriladi.
— Darslar aholining turli ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan yetakchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi
— Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat topshiriladi

Kurs davomida quyidagi bilimlarga ega bo'lasiz:
— Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam huquq va manfaatlarini qonun doirasida qanday himoya qilish.
— Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari vakilligi va huquqlarini himoya qilish faoliyati va uni amalga oshirish usullari.
— Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni muvaffaqiyatli tashkil etish va o‘tkazish.

Kursda ishtirok etish uchun talablar:
— Oʻzbekiston fuqaroligiga ega bo'lish
— Aholining quyi qatlamlari muammolariga e'tiborli bo’lish va ularga yordam berishga intilish
— Onlayn kursda qatnashish uchun muntazam Internetga kira olish
— NNTlarda yoki mahalliy hamjamiyatlarda ishlash (Tavsiya xati talab etiladi)

Kursda ishtirok etish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting

Ariza toʻldirish boʻyicha savollaringizni itmuz2019@gmail.com elektron pochta manziliga yuboring

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil 31-may

@grantlar_namuna
10.1K viewsedited  04:08
Ochish/sharhlash
2023-05-20 07:02:02
“Yaxshi qoʻshnichilik yoshlar nigohida” hikoyalar tanlovi!

“Gullagan doʻstlik bogʻi” loyihasi doirasida “Yaxshi qoʻshnichilik yoshlar nigohida” hikoyalar tanlovi eʼlon qilindi.

Ishtirokchilardan A4 formatdagi qogʻozga yaxshi qoʻshnichilik va tinchlik hayotni qurish siz uchun nimani anglatishini tasvirlang.

Qatnashish shartlari:
– 14-23 yosh boʻlish;
– Oʻzbekiston, Tojikiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi boʻlish;
– Hikoya rus, oʻzbek, tojik yoki qirgʻiz tilida yozilishi;
– Hikoya 12 shriftda yozilishi va A4 formatda 1 betdan oshmasligi kerak.

Mukofotlar
– Qimmatbaho mukofotlar va sertifikat
– Eng yaxshi 7 ta ish hikoyalar toʻplamiga kiritiladi, ularga rassomlar tomonidan illustratsiya chiziladi
– Hikoyalar toʻplami Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda tarqatiladi

Arizalar 2023-yil 21-maygacha qabul qilinadi. Arizani rus tilida toʻldirish kerak.

Arizani BU YERDA toʻldiriing.

@grantlar_namuna
4.3K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-05-20 06:02:00
KPMG Ambassador: xalqaro tashkilotning O'zbekistondagi vakiliga aylaning

KPMG - dunyodagi eng katta tarmoqli xalqaro audit tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Hozirda shu tashkilotning O'zbekistagi vakili - KPMG Ambassador bo'lish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Kimlar ariza topshira oladi: universitetning 2-3-kurs (2023-yil sentyabr holatiga ko'ra) talabalari

Ariza topshirish uchun CV va o'zingiz haqingizda qisqa video tayyorlab recruitment@kpmg.kz manziliga yuboring yoki BU YERDAGI ariza shaklini to'ldiring.

Qisqa video 1 daqiqadan oshmasligi, ingliz yoki rus tilida bo'lishi, nega bu tanlov uchun ariza topshirayotganingiz aks etishi lozim.

ESLATMA: arizalar 2023-yil may oyi oxiriga qadar qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
4.5K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2023-05-19 10:24:40 Bepul yozgi maktab va qisqa dasturlari to'plami

Hozirda bir qancha yozgi maktab, konferensiya va qisqa dasturlarga arizalar qabul qilinmoqda. Ularning barchasida to'liq yoki qisman grantlar taklif etiladi.

Quyida ularning ro'yxatini keltirib o'tamiz:

1. Bucharest Summer University:
– Ruminiyada 2023-yil 13-27-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Dedlayn: 20.05.2023
– Qatnashish badali uchun toʻliq va qisman grantlar mavjud
– Ingliz tilida boʻladi
– Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari qatnasha oladi.

2. Building for Peace Scholarship:
— Sammit Belfastda 2023-yil 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Dedlayn: 07.06.2023
— Jami 5 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.
— Ingliz tilida bo'ladi.
— Mehmonxona taʼminlanadi.
— Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
— Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
— Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

3. World Heritage Young Professionals Forum:
— Forum 2023-yil 3-12-sentabr kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Dedlayn: 05.06.2023
— Xalqaro safar xarajatlari qoplanadi
— Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
— Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
— Safarga tayyorgarlik koʻrishda va viza olish jarayonida yordam beriladi

4. “Young Turcologists” Summer School:
— Yozgi maktab 2023-yil 18-26-iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi (turk tilida).
Dedlayn: 25.05.2023
— Borish-kelish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
— Bepul turar joy, oziq-ovqat taʼminlanadi
— Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

5. OSCE Summer School:
— Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yilning 1-26-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda oʻtkaziladi (ingliz tilida).
Dedlayn: 16.06.2023
— 450 yevro stipendiya
— Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
— Viza va registratsiya yordami beriladi

6. Leadership Academy for Development Program in Central Asia:
— Dastur mashgʻulotlari 2023-yil 21-25-avgust kunlari Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Dedlayn
: 05.06.2023
— Ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
— Safar (borish-kelish) va turar joy xarajatlari qoplanadi

7. International Summer University:
— Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yil 31-iyul – 11-avgust kunlari Olmaotada Nemis-qozoq universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Dedlayn: 24.05.2023
— Safar xarajati qoplanadi
— Bepul oziq-ovqat (kechki ovqatdan tashqari)
— Bepul turar joy bilan ta'minlanadi

Dasturlarning deyarli barchasida xarajatlar to'liq qoplanadi. Yozni bekor o'tkazmay, chet elga chiqib kelishga nima deysiz?

@grantlar_namuna
18.2K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-05-18 12:32:00 Zip Code nima? Uni qanday topaman?

Koʻp dasturlarga ariza toʻldirishda biror manzilni yozishda “Zip Code” yozish soʻraladi.

Baʼzilar buning nima ekanini tushuna olmaydi.

“Zip Code” – bu pochta indeksi.

Demak, “Zip Code” soʻralsa, siz yozayotgan manzilning (uyingiz, oʻqish joyingiz, ish joyingiz yoki boshqaning manzilining) pochta indeksi yozilishi kerak.

MUHIM: Baʼzi arizalarda “Zip Code” oʻrniga “Postal Code” soʻzi boʻlishi mumkin. Bu ikkalasi ayni bir narsa – pochta indeksi.

Pochta indeksini qayerdan topaman?

1-usul.
Buning uchun ushbu xaritada eng yaqin pochta bo'limingizni toping va uning indeksini toping.

2-usul. Uzpochta saytining "Ko'p berilgan savollar" qismiga kirasiz. U yerdan “Mening indeksim nima?” savoli javobini ko'rasiz. Sizga butun O'zbekistondagi hududiy pochta bo'limlari ro'yxati chiqadi.

O'z viloyatingiz pochta indekslari berilgan havola ustiga bosib, pochta manzilingizni aniqlashingiz mumkin.

Masalan, aytaylik, menga Farg'ona viloyati, Toshloq tumani, Qumariq qishlog'i pochta indeksi kerak.

Buning uchun BU YERDAGI ro’yxatdan Farg'ona viloyati pochta indekslari berilgan manzilga kiraman. Ro'yxatdan avval tumanni (Toshloq), keyin esa qishloqni (Qumariq) qidiraman.

Menda ikkita pochta indeksi ko'rsatiladi (1-rasm) :
- 713933 (eski indeks)
- 151507 (yangi indeks).
Bunda men yangi indeksni tanlayman va 151507 ni "Zip Code" sifatida kiritaman.

ESLATMA: turli xorijiy universitetlar yoki xalqaro dasturlarga ariza topshirayotganda pochta manzilini aniq yozish muhim ahamiyatga ega. Chunki sizga imzolash uchun qandaydir hujjat, ariza shakli aynan siz ko'rsatgan pochta indeksiga keladi. Pochta indeksini xato yozish esa ishingizni murakkablashtirib yuborishi mumkin.

@grantlar_namuna
7.3K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2023-05-18 06:02:00
Kecha mnemonika bo'yicha "Super xotira" bepul marafonining so’nggi 3-mashg'uloti bo’lib o’tdi. E’tiboringizga ushbu darsning video shaklini havola etmoqchimiz.

Shu bilan 3 kunlik marafon o’z nihoyasiga yetdi.

@grantlar_namuna
7.1K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-05-17 20:21:15 Live stream finished (51 minutes)
17:21
Ochish/sharhlash
2023-05-17 19:30:11 Live stream started
16:30
Ochish/sharhlash