Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-05-29 14:32:00 Yaqinda OSCE Summer School dasturi ishtirokchisi Dilnavoz Najimova bilan suhbat qilgan edik.

Bugun o’sha suhbatning ovozli hamda video shaklini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Suhbat videosini YouTube sahifamizda BU YERDA kuzatishingiz mumkin.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob oldik:
Dasturga qabul qilish shartlari qanday?
— Bakalavr bitiruvchi talabalari talabalari uchunmi yoki boshqa bosqichdagilar ham qatnasha oladimi?
— Ariza topshirishda yo'nalish qay darajada ahamiyatga ega? Boshqa yo'nalish talabalari ham qatnasha oladimi?
— Ariza topshirayotganda nimaga e'tibor berish kerak?
— Dasturning manfaatli jihatlari qanday va boshqalar.

ESLATMA: OSCE Summer School dasturining bu mavsumiga arizalar 2023-yil 16-iyungacha qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
9.2K views11:32
Ochish/sharhlash
2023-05-29 06:02:00 Vikipediyadan xalqaro fototanlov

WikiMedia Foundation (WMF)
hamda Tabiat resurslari vazirligi hamkorligida WikiMedia Commonsni Oʻzbekiston tabiiy merosi va landshaftiga doir fotomateriallar bilan boyitishga qaratilgan “Viki Yerni sevadi: Oʻzbekiston” oyligi oʻtkazilmoqda.

Kim uchun: barcha fotografiyaga qiziquvchilar uchun

Tanlov g'oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o'rin — WMF tomonidan vaucher, vazirlik tomonidan noutbuk;
2-o'rin — WMF tomonidan vaucher, vazirlik tomonidan 2 kishiga 2 ta planshet;
3-o'rin — WMF tomonidan vaucher, vazirlik tomonidan 3 kishiga 3 ta smartfon;
Keyingi toʻrt oʻrin egasiga esa WMF tomonidan vaucher.

Tanlovda BU YERDA berilgan yodgorliklarda olingan suratlar bilan qatnashish mumkin.

DIQQAT: tanlovga ariza topshirish muddati: 15-maydan 15-iyunga qadar

Tanlovda qatnashish shartlari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
9.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-05-27 20:04:34 Live stream finished (1 hour)
17:04
Ochish/sharhlash
2023-05-27 18:59:53 Live stream started
15:59
Ochish/sharhlash
2023-05-27 12:46:53 Live stream scheduled for May 27 at 16:00
09:46
Ochish/sharhlash
2023-05-26 16:32:00 OSCE Summer School dasturi g'olibi bilan suhbat

Hozirda Qirg'izistonda bo'lib o'tuvchi 4 haftalik OSCE Summer School dasturi uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Ariza topshirayotganlar uchun foydali bo'lishini o'ylagan holda ushbu dasturning avvalgi mavsumida ishtirok etgan g'olibimiz Dilnavoz Najimova bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik.

Dilnavoz Najimova — hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs magistr talabasi. OSCE Summer School dasturining 2021-yildagi mavsumida ishtirok etgan.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olamiz:
Dasturga qabul qilish shartlari qanday?
— Bakalavr bitiruvchi talabalari talabalari uchunmi yoki boshqa bosqichdagilar ham qatnasha oladimi?
— Ariza topshirishda yo'nalish qay darajada ahamiyatga ega? Boshqa yo'nalish talabalari ham qatnasha oladimi?
— Ariza topshirayotganda nimaga e'tibor berish kerak?
— Dasturning manfaatli jihatlari qanday va boshqalar.

Suhbat vaqti: ertaga — 2023-yil 27-may soat 21:00 da.

Suhbatda ishtirok etish uchun belgilangan vaqtda @grantlar_namuna kanalini kuzatsangiz kifoya. Barchangizni kutib qolamiz!

Maʼlumot uchun: Bu maktabga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

@grantlar_namuna
27.2K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-05-26 12:02:00 Italiyaning Padua universiteti: bepul o'qish va yiliga 8000 yevro stipendiya

Bugun Italiyaning nufuzli Padua universiteti va uning xalqaro talabalar uchun imtiyozlari haqida gaplashamiz.

University of Padua Italiyaning eng qadimiy, shu bilan birga, eng nufuzli universiteti hisoblanadi. Bu universitetda italyan va ingliz tillarida olib boriluvchi 100 dan ortiq bakalavr kurslari, 100 ga yaqin magistrlik kurslari mavjud.

Xalqaro reytingi:
2023-yilgi QS reytingi bo'yicha 243-o'rinda. Bundan tashqari, QS reytingda fanlar bo'yicha Italiyada Anatomiya va Fiziologiya, Geofizika va Statistikani o'rganishga qiziquvchilar uchun birinchi o'rinni egalladi.

Til bilish talabi:
odatda italyan yoki ingliz tilida o'qish mumkin. Xalqaro talabalar uchun ingliz tilidan kamida B2 daraja talab etiladi. Faqat ayrim kurslar (English Studies va European and Global Studies) uchun C1 daraja talab etiladi. Qabul qilinuvchi sertifikatlar bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Grant va stipendiyalar:
universitet xalqaro talabalar (darslar faqat ingliz tilida) uchun turli grant va stipendiyalarni tashkil etgan:

1. Padua International Excellence Scholarship — jami 53 nafar iqtidorli talabaga taqdim etiladi. Bunda:
— Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi.
— Yiliga 8000 yevro stipendiya taqdim etiladi.

2. Fee-waivers — jami 100 nafar talabaga kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilish imkoniyatini beradi.

3. Departmental scholarships — jami 30 nafar xalqaro talabaga yo'nalishiga qarab 5000-7000 yevrogacha stipendiya taqdim etiladi.

4. Galilean School of Higher Education Scholarships — jami 4 nafar xalqaro talabaga taqdim etiladi. Bunda:
— Har o'quv yilida 2500 yevro stipendiya beriladi.
— Italiyaga borish-kelish uchun (1500 yevrogacha) moddiy yordam beriladi.
— Universitetning yotoqxonasidan bepul joy va oshxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyati beriladi.

Qisqa qilib aytganda, bu universitetda xalqaro talabalar moliyaviy qiyinchiliklarga deyarli uchramaydi. Qolaversa, talaba sifatida haftasiga 20 soatgacha ishlash imkoniyati ham mavjud.

@grantlar_namuna
9.9K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-05-25 13:32:00 Garvard universiteti tomonidan bepul onlayn kurslar to'plami

Dunyoda eng nufuzli oliygohlardan biri hisoblangan Garvard universiteti turli yo'nalishlarda bepul onlayn kurslar, vebinarlar tashkil etib kelmoqda.

E'tiboringizga hozirda mavjud bo'lgan dasturlash, ta'lim va tibbiyot sohalariga oid bepul kurslardan namunalar keltirmoqchimiz.

— Dasturlashga oid:

1. CS50's Introduction to Game Development — 2D va 3D interaktiv oʻyinlarni ishlab chiqish haqida bilib oling, oʻyinlar dizayni bilan tanishtiruvchi bepul 12 haftalik amaliy kurs.

2. CS50: Introduction to Computer Science — Informatika va dasturlashning intellektual doirasi bo'yicha 11 haftalik bepul kurs.

3. CS50's Introduction to Artificial Intelligence with Python — sun'iy intellektni Python bilan o'rgatuvchi 7 haftalik bepul kurs.

4. CS50's Introduction to Programming with Python — umumiy dasturlash, ma'lumotlar ba'zasi, veb dasturlash kabi sohalarda eng kerakli til hisoblangan Pythonni o'rgatuvchi 9 haftalik bepul kurs.

— Ta'lim va o'qitishga oid:

1. Leaders of Learning —o'qish hamda liderlik bo'yicha 10 haftalik bepul kurs.

2. Introduction to Data Wise: A Collaborative Process to Improve Learning & Teaching — biznes va hamkorlik madaniyatini shakllantirish uchun ma'lumotlardan oqilona foydalanish haqida 10 haftalik bepul kurs.

3. Introduction to Family Engagement in Education — oila, o'qishni birgalikda olib borish bo'yicha bepul kurs.

4. Early Childhood Development: Global Strategies for Interventions — oiladagi munosabatlar, moliyaviy muammolarni hal qilishga yordam beruvchi 7 haftalik bepul kurs.

— Tibbiyotga doir:

1. The Health Effects of Climate Change — global iqlim o'zgarishi inson salomatligiga qanday ta'sir qilishini va bu ta'sirlarni kamaytirish yo'llari haqida ma'lumot beruvchi 7 haftalik bepul kurs.

2. The Path to Happiness — qadimiy Xitoy faylasuflari tomonidan aytib o'tilgan baxtli yashash shartlari haqida ma'lumot beuvchi 7 haftalik bepul kurs.

3. Improving Global Health: Focusing on Quality and Safety — dunyo miqyosda global salomatlikn rivojlantirish, sifat va xavfsizlik choralari haqida ma'lumot beruvchi 8 haftalik bepul kurs.

Yuqoridagi kurslarda o'qish mutlaqo bepul. Lekin Garvard universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu kurslarda qatnashganingizni tasdiqlovchi sertifikatni ma'lum miqdorda pul to'lab olishingiz mumkin.

ESLATMA: Garvard universiteti 10 dan ortiq sohalarda bepul kurslarni muntazam tashkil etib kelmoqda. Bunday kurslar haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
11.4K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-05-24 12:36:45
Qizlar uchun kreativ yozish boʻyicha 2 oylik bepul onlayn dastur!

Storily notijoriy loyihasi tomonidan tashkil etilgan bu dastur qizlarga moʻljallangan boʻlib, dastur seminarlari va mashgʻulotlari Zoom orqali olib boriladi.

Ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan qizlar ariza topshirishi mumkin.

2 oy davomida jami 16 ta seminar mashgʻuloti oʻtkaziladi.

Dastur tarkibi:
– Turli yozish uslublari, texnikalarini oʻrganish va yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan kreativ yozish boʻyicha seminarlar
– Barqarorlik, sogʻliqni saqlash va texnologiyalar kabi global muammolarni hal qilishga qaratilgan yangi usullarni taqdid qilishga qaratilgan innovatsion seminarlar
– IVY ligasi tarkibiga kiruvchi universitetlarning talabalari bilan tadbirkorlik, ekologik muammolar va boshqa mavzularda suhbatlar

Dasturga arizalar 2023-yil 26-may 23:59 gacha qabul qilinadi.

ARIZA TOPSHIRISH

@grantlar_namuna
26.8K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-05-24 07:19:25 SAT imtihoniga tayyorgarlik uchun bepul va foydali manbalar

SAT — xalqaro universitetlarning bakalavr bosqichida o'qimoqchi bo'lganlar uchun talab etiladigan imtihon bo'lib, ushbu imtihonning natijasidan kelib chiqqan holda, talabalarga qisman yoki to'liq stipendiya (grant)lar ajratilishi mumkin.

E'tiboringizga SAT imtihoniga tayyorlanishda foydali bo'lgan manbalarni ulashmoqchimiz:

1. College Board: SAT imtihoni haqida eng kerakli ma'lumotlarni beruvchi sayt bo'lib, imtihon uchun bepul savollar namunalari, darsliklar va amaliy testlarni taklif etadi.

2. Khan Academy: gumanitar fanlardan tortib tabiiy fanlargacha bo'lgan deyarli har qanday mavzuni tushunish bosqichlari aks etgan video kutubxonasi mavjud bo'lib, hozirgi kunda eng yaxshi bepul SAT uchun tayyorgarlik manbalaridan biridir.

3. The Princeton Review: SAT imtihonlarini oflayn va onlayn tarzda bepul taqdim etadi. Testdan so'ng siz o'z ballingizni yaxshilash bo'yicha shaxsiy tavsiya olishingiz ham mumkin.

4. Kaplan: ushbu saytning bepul SAT Turbo Testini ko'rishni tavsiya qilamiz. Sayt orqali bepul manbalardan foydalanishingiz hamda har bir javob uchun batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin.

5. TestPrepPractice.net: o'quvchilarga ishonchli resurslaridan foydalanish yordam beradi. Saytda eng yaxshi 9 ta SAT Prep (tayyorgarlik) kitoblari, 18 ta yuklab olinadigan SAT hujjatlari mavjud.

6. Magoosh: Internetda topish mumkin bo'lgan bepul SAT tayyorgarlik resurslarining eng xilma-xil namunalarini taklif etadi. Qolaversa, imtihonga doir bepul fleshkartalar mavjud bo'lib, telefon yoki komyuter orqali foydalanish mumkin.

SAT imtihoni haqida o'zbek tilida batafsil esa BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Siz SAT imtihoniga tayyorlanishda qanday manbalardan foydalanasiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin

@grantlar_namuna
10.4K views04:19
Ochish/sharhlash