Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.13K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 35

2022-09-04 08:08:53 FLEX dasturiga ariza topshirish boʻyicha qadamma-qadam qoʻllanma!

Amerika kengashlari FLEX dasturiga ariza topshirish qadamma-qadam tushuntirilgan qoʻllanmani eʼlon qildi.

Qoʻllanmada ariza shaklini toʻldirish jarayoni rasmlar bilan batafsil tushuntirilgan.

Bu qoʻllanmani quyida oʻzingizga qulay tilda oʻqishingiz mumkin

OʻZBEK TILIDA OʻQISH

RUS TILIDA OʻQISH

INGLIZ TILIDA OʻQISH

@grantlar_namuna
4.2K views05:08
Ochish/sharhlash
2022-09-04 06:13:24
FLEX gʻolibi bilan ovozli chat!

@Grantlar_namuna kanali jamoasi 2022-yilgi qabulda FLEX dasturini yutib olgan hamyurtimiz – Nurislom Gulamov bilan ovozli chat oʻtkazadi.

Chat davomida Nurislom bilan dastur, ariza topshirish jarayoni va uni qoʻlga kiritishdagi muhim jihatlar haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, Nurislomdan dastur haqidagi savollaringizni soʻrashingiz ham mumkin boʻladi.

Ovozli chat manzili: @grantlar_namuna
Oʻtkaziladigan sana: 2022-yil, 5-sentabr, soat 22:00.

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil AQSHda oʻqish imkonini beradi. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Qabul 2022-yil, 13-oktabrgacha davom etadi.

P.S. Suhbatdan oldin FLEX haqida MAQOLA bilan albatta tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
13.2K viewsedited  03:13
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:37:06
FLEX dasturiga arizalar qabuli boshlandi!

Bu dastur AQSHdagi oʻrta maktablarda 1 yil davomida oʻqish imkonini beradi. Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, yashash, sugʻurta va h.k.) toʻliq qoplanadi.

Nomzodlarga asosiy talablar:
– Maktabning 9-10-sinfi yoki kollej/litseyning 1-kursida oʻqiyotgan boʻlish;
– 2006-yil 15-iyul va 2008-yilning 15-iyul sanalari oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lish.

Arizalar 2022-yil 13-oktabrgacha qabul qilinadi.

Manbalar:
FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

FLEX dasturi haqida video maʼlumot

FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

@grantlar
923 views04:37
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:19:50 "Path to the US High Schools" dasturi finalistlari e'lon qilindi.

13 nafar ishtirokchi finalistga aylandi. 3 nafar ishtirokchi esa "waitlist" uchun qabul qilindi.

Darslar 10-sentabr kuni boshlanadi.

Finalistlarni tabriklaymiz!

O'ta olmaganlarni esa olg'a intilishga chaqiramiz.

@grantlar_namuna
3.4K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-23 13:16:00
DIQQAT E’LON!

O‘zbekistondagi eng talabgir universitetga uzoq kutilgan qabul jarayoni boshlandi. STARS International University oliygohida xalqaro hamda milliy yo‘nalishdagi talabalar “STARS” milliy diplomi bilan birgalikd, 2 ta Britaniya diplomini qo‘lga kiritadilar.

Qabul vaqti
: 19-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting https://stars.university/uz/admission

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99878-129-19-19

Batafsil ma'lumot:

UZB RU

YouTube | stars.university.uz | Instagram | Facebook
7.2K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:43:56 "Path to the US High Schools" dasturi 3-bosqich natijalari e'lon qilindi.

32 nafar ishtirokchi 3- (yarim final) bosqichga o'tdi. Yuqoridagi ro'yhat orqali kimlar o'tganini bilib olishingiz mumkin.

3-bosqich 17-25-avgust kunlari o'tkaziladi va ishtirokchilar suhbatdan o'tadi.

3-bosqichga o'tgan ishtirokchilarni , yarim final ishtirokchisi bo'lgani bilan tabriklaymiz!

O'ta olmaganlarni esa, olg'a intilishdan va harakatdan to'xtamaslikka chaqiramiz.

@grantlar_namuna
9.6K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2022-08-10 07:01:00 Chevening grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Chevening boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya dasturini eʼlon qiladi.

Dasturning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz va toʻgʻri topshirishingizda yordam beradi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Chevening magistraturani deyarli barcha sohalarda Buyuk Britaniya universitetlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Dasturni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Mentorlik kursiga qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi – 2022-yil 25-sentabr. Undan oldin roʻyxatdan oʻtganlar uchun darslar ertaroq boshlanadi.

Kamida 2 yillik (2800 soat) ish tajribasiga ega va ingliz tilini yetarli darajada biluvchilar qatnashishi mumkin.

Dastur haqida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

P.S. Dasturda qatnashish pullik (450 ming soʻm).

@grantlar_namuna
28.7K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2022-07-29 16:09:47 "Path to the US High Schools" dasturi 1-bosqich natijalari e'lon qilindi.

40 nafar ishtirokchi 2-bosqich uchun tanlab olindi. Yuqoridagi fayl orqali ularni bilib olishingiz mumkin.

2-bosqich 1-10-avgust kunlari o'tkaziladi va ishtirokchilardan ingliz til darajani aniqlovchi test olinadi.

2-bosqichga o'tgan ishtirokchilarni tabriklaymiz! Siz bunga loyiqsiz!

O'ta olmaganlarga esa ko'ngilni cho'ktirmay, olg'a intilishga chaqiramiz.

@grantlar_namuna
31.9K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-16 06:11:32 "Path to the US High Schools" dasturiga hujjat topshirayotgan ko'plab nomzodlar internet tezligi past bo'lganligi, ulgurmay qolganini inobatga olib, dastur uchun qabul kuni 20-iyul 23:00gacha uzaytirishga qaror qildik.

Ayni kunlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi va ayrim chekka hududlarda yuzaga kelayotgan internet muammosi tufayli, endilikda dasturga hujjatlarni sms tarzida ham topshirishingiz mumkin.

Agarda sizda internet muammosi bo'lsa +998-93-269-58-53 telefon raqamiga quyidagilarni sms tarzida yuboring:
1. To'liq ism-familiya
2. Email manzil
3. Telefon raqam
4. Tug'ilgan kun, oy, yilingiz
5. Qaysi viloyatdansiz
6. 2022-yil sentabr oyida nechanchi sinfda o'qishingiz
7. Maktab baholari: Bu alohida sms tarzida har bir fanni nomi va olgan bahosi to'liq yozib chiqilishi shart.
8. Ota ona ruhsatini sms qilib quyidagicha yozish mumkin:
Men, Eshqobilov Shukur, farzandim Eshqobilov Shavkatning “Path to the US High Schools” dasturida ishtirok etishiga ruxsat beraman.
Sana:
Imzo:
8. Ingliz til darajangiz
9. Quyidagi 2 ta mavzuga insho yozish:
- Why do you want to participate in this program? (Approximately: 180 words. Max character: 1000)
- Provide information about extracurricular activities in which you participated / participate. (Approximately: 180 words. Max character: 1000)

Eslatma: Nomzodlardan sms orqali hujjat topshirish uchun berilgan raqamga qo'ng'iroq qilmasliklari so'raladi. 1-bosqich uchun berilgan insholarni ham sms qilib yozib yuborishlari talab etiladi.

Ushbu postni internet muammosi tufayli hujjat topshira olmayotgan tanishlaringizga qo'ng'iroq qilib yoki shu postni sms qilib ularga yuborish orqali yetkazing.

@grantlar_namuna
18.9K views03:11
Ochish/sharhlash
2022-06-30 07:02:18 "Path to the US High Schools" dasturi bo'yicha eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar:

1. 1-bosqichda so'raladigan baholarga tabeldagi oxirgi sinfdagi baholarni joylaymizmi yoki shahodatnomadagi baholarnimi?
Ikkalasidan birini joylasangiz bo'ladi.

2. Baholar qanchalik darajada ahamiyatli?
Topshirayotgan nomzod yaxshi yoki a'lo baholarga ega bo'lishi kerak. Agar baholaringiz past bo'lsa, shartli ravishda dasturga qabul qilinishingiz mumkin.

3. Men bu yil 10-sinfni yakunladim. Lekin yoshim bo'yicha 9-sinfni yakunlashim kerak edi. Ya'ni maktabga bir yil erta kirganman. Shunda men ham bu dasturda qatnashishim mumkinmi?
Afsuski, yo'q. Dasturda yosh ahamiyatga ega emas. Faqat 8 va 9-sinflarni bitirgan o'quvchilar hujjat topshira oladi.

4. Til darajani aniqlovchi sertifikatlar qanchalik muhim?
Til sertifikatingiz birinchi bosqichda emas, ikkinchi bosqichda ahamiyatli. Agar til sertifikatingizdagi darajangiz "Intermediate" yoki undan yuqori bo'lsa 2-bosqichni topshirmaysiz va avtomatik tarzda 3-bosqichga o'tasiz. Lekin til sertifikatingiz bo'lmasa, til darajangizni aniqlash maqsadida tashkilotchilar tomonidan imtihon olinadi.

5. "Path to the US High Schools" dasturining "FLEX" dasturi bilan farqi nimada?
FLEX dasturi AQSH va dunyoning ko'plab davlatlari o'rtasida hamkorlikda tuzilgan loyiha va bu loyihada g'olib bo'lsangiz, tashkilotning o'zi sizning barcha yashash xarakatlaringizni qoplab beradi va maktabni ham ular belgilashadi.
"Path to the US high schools " loyihasi hech kim bilan hamkorlikda tuzilmagan va o'quvchiga AQSH maktablariga mustaqil ravishda hujjat topshirish o'rgatiladi, undan tashqari hujjat to'ldirish jarayonida ham maslahat berib boriladi. O'qish xarajatlarini esa talabgorning yutgan granti va qolgani o'zi tomonidan qoplanadi.

6. Ota-ona ruxsatiga nimalar yoziladi?
Ota-ona ruxsatini quyidagicha yozishingiz mumkin:
Men, Eshqobilov Shukur, farzandim Eshqobilov Shavkatning “Path to the US High Schools” dasturida ishtirok etishiga ruxsat beraman.
Sana:
Imzo:


7. Insho qanday shaklda yozilishi kerak?
Bu dasturda insholaringizni qanday tarzda tashkillashtirish va yozishingiz, albatta, o'zingizga bog'liq. Bu uchun aynan bir shakl tuzilmagan. Eng muhimi so'ralayotgan savolga o'z javobingizni insho tarzda yoritsangiz yetarli bo'ladi.

8. Mening til sertifikatim natijasi dasturga qabul yakunlanib bo'lganidan so'ng chiqadi. Bu dasturga hujjat topshirayotganimda ta'sir qilmaydimi?
A: Agarda natijangiz dastur yakunigacha chiqsa, tashkilotchilarini qoniqtirsa va yetarli bo'lsa, siz bu sertifikatingizni 2-bosqich boshlangunga qadar yuklasangiz bo'ladi. Natijangiz qoniqarli bo'lmasa va dastur muddat oxirigacha ma'lum bo'lmasa, dastur tashkilotchilari tomonidan berilgan testlarni ishlashingiz kerak bo'ladi.

Dasturga oid yana biror savolingiz bo'lsa, maxsus ochilgan telegram guruhida so'rashingiz yoki pathtotheus2022@gmail.com email manziliga savolingizni yozib yuborishingiz mumkin.

Dastur haqidagi maʼlumot bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
6.0K views04:02
Ochish/sharhlash