Get Mystery Box with random crypto!

Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash | Grantlar.uz

Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1500 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish (maksimal 3 daqiqa) va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot (1 nafar): 1480 dollar
– Oltin mukofoti (2 nafar): 740 dollar
– Kumush mukofoti (2 nafar): 370 dollar
– Bronza mukofoti (3 nafar): 222 dollar
– “Korean Humanities Research Group” mukofoti: 740 dollar

Arizalar 2024-yil 28-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar