Get Mystery Box with random crypto!

ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun on | Grantlar.uz

ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Ro'yxatdan o'tish uchun eng yaqin dedlayn: 2024-yil, 30-aprel

Batafsil
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

Foydali

Bu olimpiadaga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida video

@grantlar