Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-03-15 14:17:19
Ko‘r qur’a Bugun 16:00 dan boshlab, YCHL chorak finaliga qur’a tashlanadi. Endi hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi. Ya’ni jamoalar hech qanday savatlarga ajratilmaydi, bir mamlakat klublari endi to‘qnash kelishi mumkin, hatto bir guruhda o‘ynaganlar ham. Shu…
13.3K views11:17
Ochish/sharhlash
2024-03-15 03:30:02 Ko‘r qur’a

Bugun 16:00 dan boshlab, YCHL chorak finaliga qur’a tashlanadi. Endi hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi. Ya’ni jamoalar hech qanday savatlarga ajratilmaydi, bir mamlakat klublari endi to‘qnash kelishi mumkin, hatto bir guruhda o‘ynaganlar ham. Shu yerning o‘zida yarim final qur’asi ham o‘tkazib ketiladi.

1/4 final o‘yinlari 9—10-aprel hamda 16—17-aprelga belgilangan. 1/2 finallar esa 30-aprel—1-may hamda 7—8-may kunlari o‘tkaziladi. Finalni esa nasib qilsa 1-iyun kuni “Uembli”da ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

1/4 finalda shunday juftliklarni ko‘rishga qarshi bo‘lmasdim:

“Real”—“PSJ”
“Arsenal”—“Barselona”
“Bavariya”—“Man.Siti”
“Atletiko“—“Borussiya”

To‘g‘ri chiqmasa, so‘kib tashlash yo‘q, o‘rtoqlar!

@futgol_uz
13.4K views00:30
Ochish/sharhlash
2024-03-14 19:53:17
Tashkent is qizil

Hadeb “Manchester is red, blue” deb yozaveramizmi?! Mana Superliganing 3-turida “Lokomotiv” yoshargan “Paxtakor”ga javobsiz 3 ta gol urdi. Demak, Toshkent endi qizil rangda. “Loko” eng kamida ertaga 20:00 gacha Superliga peshqadami. “Paxtakor”ni esa o‘zi uchun to‘g‘ri deb bilgan yo‘l — yoshlarga imkon berishni tanlagani uchun ham olqishlayman.

Bizning futboldan kutadigan yagona narsam ham shu — futbolchilar eksportini yo‘lga qo‘yish. Agar tizim bo‘lib, eng kamida 80 foizga (biz bundan ortiq to‘g‘ri ishlolmaymiz deb qo‘rqaman, buyog‘i o‘zbekchilik) to‘g‘ri ishlasak, natija yomon bo‘lmaydi.

Bizga budjet pulini sifatsiz legionerlar-u, 1-2 yillik futbolchilarga sarflaydigan klublar kerak emas. Xususiylashish vaqti ham kelgan, biroq bizning klublar nari borsa 100 ming futbol muxlisidan bo‘lak hech kimga kerak emas. To‘g‘ri-da, turgani bitgani sarf-xarajat bo‘lgan, foyda tugul daromad ham keltirmaydigan jamoalarning kimga keragi bor. Xullas, gapirsak gap ko‘p…

@futgol_uz
13.2K views16:53
Ochish/sharhlash
2024-03-14 14:03:09
Lautaro Martinesning penaltidan tepgan to‘pi qanday qilib Oyga qo‘ngani haqida

Aslida futbolchi bo‘lish oson emas. Millionlab dollar maosh olish bilan birga xato qilganingda shunday mem, trollinglarga har doim tayyor turish kerak. Bunday memlar qanchandan qancha futbolchilarni sindirvorgani ham bor gap. Lautaroga esa sabr tilashdan o‘zga choramiz yo‘q.

Aytgancha, Lautaro (bilaman o‘qimaysan), sabr qanday bo‘lishini Harri Keyndan so‘rab olasan

@futgol_uz
14.4K viewsedited  11:03
Ochish/sharhlash
2024-03-14 03:38:11
Monstr!

Joze Mourinyo davrida dunyoning eng qo‘pol futbolchilaridan biri sifatida muxlislar xotirasiga muhrlangan Pepe hozir 41 yoshda va u hamon yuqori saviyada futbol o‘ynashda davom etyapti. Solishtirish uchun “Portu”ni chorak final yo‘llanmasidan mosuvo qilgan “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ayni damda 41 yoshda.

Pepe YCHLda so‘nggi 2 ta penaltilar seriyasida qatnashgan futbolchi. Bu ikki lotoreyani esa qariyb 8 yil ajratib turibdi. 2016-yil “Real” YCHL finalida “Atletiko”ni yutganda Pepe “Qirollik klubi” safida edi. Bu safar esa mag‘lublar safida bo‘ldi.

Biroq Pepening shu yoshida “Arsenal”ga qarshi 120 daqiqa yuqori saviyada o‘ynaganini e’tirof etmaslik insof va adolatdan bo‘lmaydi.

Tasavvur qiling, siz 41 yoshdasiz va hamon choyxonama-choyxona yuribsiz. Nega?)

@futgol_uz
15.3K views00:38
Ochish/sharhlash
2024-03-14 03:28:52
NASA’ning xabar berishicha, Lautaro Martinesning penaltidan bergan zarbasidan so‘ng to‘p eson-omon Oyga qo‘nibdi

#KulingOdamlar

@futgol_uz
13.7K views00:28
Ochish/sharhlash
2024-03-14 03:16:16
Qatoridan xato bo‘lmadi hozircha. “Barselona” va “Arsenal” ham haqli tarzda YCHL 1/4 finaliga chiqdi. Chorak finaldagi nomlar esa shunchaki dahshat. Qog‘ozda ham, amalda ham super duellar ko‘ramiz. “PSJ” “Bavariya” “Man.Siti” “Real” “Barselona”…
15.1K views00:16
Ochish/sharhlash
2024-03-13 18:17:32Tanish-bilishchilik hamma yerda bor

Faqat bizda bor deb o‘ylagan bo‘lsangiz, xato qilasiz. To‘g‘ri, biz buni san’at darajasiga ko‘tarib qo‘yganimiz ham fakt. Lekin, masalan, aytishlaricha, hozir Harri Keynning hafsalasi pir bo‘lib o‘tirganmish. Albatta, yana sovrin yutmasligidan emas, u bunga o‘rganib ketgan.

Gap shundaki, Keynning hafsalasini Tomas Tuxel pir qilgan. Nega? Chunki aynan Tuxel Keynni “Bavariya”ga o‘tishga ko‘ndirgan. Ammo Tomas allaqachon Myunxen klubini mavsum so‘ngida tark etishini e’lon qilib, Keynning ko‘nglini qoldirgan.

Nima deymiz, Keynga sabr tilagan bo‘lardim-ku, lekin futbolda hech kim unchalik sabrli emasligini ham bilaman. Mayli, omad tilayman.

@futgol_uz
14.3K viewsedited  15:17
Ochish/sharhlash
2024-03-13 09:38:45 Katanes, O‘FA mediasi va mening bir o‘xshashligimiz bor. Uchalamiz ham Superliganing barcha o‘yinlarini ko‘rmaymiz

Bo‘lmasa, uchinchi darvozabon sifatida chaqirilgan Botirali Ergashevni manavi qaydnomada “OKMK” emas, “Neftchi” a’zosi ekanligini yozgan bo‘lardik.

Lekin ja ayblab yuborish yo‘q. Futbolchilarimizning o‘zida ham ayb ko‘p. Juda ko‘p jamoa almashtirishadi. Ba’zan ularni qayerga o‘tganini ham bilmay qolamiz axir.

Xullas, o‘rtoq futbolchilar, sekinroq jamoa almashtiringlar yoki biror jamoaga o‘tganlaringni Fabrisio “soqqakash” do‘stimiz orqali bildirib belgi berib qo‘yinglar)

@futgol_uz
14.7K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash
2024-03-13 03:20:32 YCHL 1/4 finalida ko‘radiganlarimiz ro‘yxati hozircha shunchaki ajoyib: “PSJ” “Bavariya” “Man.Siti” “Real” Kelasi haftada to‘kis bo‘lishadi. Ungacha dam olib turamiz. @futgol_uz
13.2K views00:20
Ochish/sharhlash