Get Mystery Box with random crypto!

​Tanish-bilishchilik hamma yerda bor Faqat bizda bor deb o‘yl | FUTGOL

Tanish-bilishchilik hamma yerda bor

Faqat bizda bor deb o‘ylagan bo‘lsangiz, xato qilasiz. To‘g‘ri, biz buni san’at darajasiga ko‘tarib qo‘yganimiz ham fakt. Lekin, masalan, aytishlaricha, hozir Harri Keynning hafsalasi pir bo‘lib o‘tirganmish. Albatta, yana sovrin yutmasligidan emas, u bunga o‘rganib ketgan.

Gap shundaki, Keynning hafsalasini Tomas Tuxel pir qilgan. Nega? Chunki aynan Tuxel Keynni “Bavariya”ga o‘tishga ko‘ndirgan. Ammo Tomas allaqachon Myunxen klubini mavsum so‘ngida tark etishini e’lon qilib, Keynning ko‘nglini qoldirgan.

Nima deymiz, Keynga sabr tilagan bo‘lardim-ku, lekin futbolda hech kim unchalik sabrli emasligini ham bilaman. Mayli, omad tilayman.

@futgol_uz