Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-03-07 01:06:09 “Real” real o‘ynamay ham YCHL 1/4 finaliga chiqishning uddasidan chiqdi. Anchelotti mehmondagi ustunlikdan unumli foydalanib, “Leypsig”ning yaqinlashishini kutdi. Kroos—Bellinghem—Vinisius qarshi hujumni ekib qo‘yishdi. Gap bo‘lishi mumkin emas: “Leypsig”…
13.4K views22:06
Ochish/sharhlash
2024-03-07 01:02:53 “Real” real o‘ynamay ham YCHL 1/4 finaliga chiqishning uddasidan chiqdi. Anchelotti mehmondagi ustunlikdan unumli foydalanib, “Leypsig”ning yaqinlashishini kutdi. Kroos—Bellinghem—Vinisius qarshi hujumni ekib qo‘yishdi.

Gap bo‘lishi mumkin emas: “Leypsig” zo‘r o‘ynadi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda. Gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng temp qo‘shdi. Gol ham urdi, biroq uyog‘iga kuchi ham, vaqti ham yetmadi.

@futgol_uz
13.2K views22:02
Ochish/sharhlash
2024-03-06 12:56:57
Ingliz futbolida bir vaqtning o‘zida bir emas, naq “uch oltin chap oyoq” gullayapti. Saka “Arsenal”da asosiy liderlardan biri, Foden esa “Man.Siti”da va “Chelsi”ni tortishga harakat qilayotgan Palmer. Ularning statistikalari ham ancha tosh bosadigan ko‘rinishda.

Bular bilan bir qatorda bir o‘ng oyoq ham avjiga chiqyapti. Siz uni yaxshi taniysiz. Jud ismli raqqos. U bu avlodning haqiqiy olmosi. O‘ziga allaqachon ishlov berishni qoyillatib yotibdi.

Ingliz futbolining yangi oltin avlodi desak bo‘lsa kerak. Shu avlod nimadir yuta olarmikan degan savol qiziqtiradi? Masalan, ispanlarning oltin avlodi hammasini yutdi, Belgiyaniki esa yo‘q. O‘zi umuman bunday misollar ko‘p. Xususan, Angliya tarixida ham.

Biroq bunisini ham kuzatish shaxsan men uchun qiziq…

@futgol_uz
13.3K views09:56
Ochish/sharhlash
2024-03-05 12:35:37
Bu surat APLda hammasi endi boshlanganini bildiradi, avj palla yaqinlashayotganini bildiradi

APL nega eng zo‘r liga ekanligini bilish uchun ba’zan shunchaki turnir jadvaliga qarash ham yetarli.

@futgol_uz
14.8K views09:35
Ochish/sharhlash
2024-03-05 08:04:19

12.8K views05:04
Ochish/sharhlash
2024-03-05 08:02:55

12.7K views05:02
Ochish/sharhlash
2024-03-03 01:15:58
“Estadio Mestalla”dagi qirpichoq

“Valensiya”—“Real M” o‘rtasida o‘yin emas, jang bo‘ldi. Rostakamiga. Birinchi bo‘limda Madridning o‘yini umuman chiqmadi, hatto Bellinghem tarkibga qaytgan bo‘lsa ham. Qandaydir 3 daqiqa ichida 2 ta xato va “Valensiya” 2:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim so‘ngida “Valensiya”ning “yoqimtoyi” Vinisius hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda Vinisius yana gol urdi va hisob tenglashdi. Hammasi shundan keyin boshlandi. “Valensiya” chinakamiga uyg‘ondi, hujumlarni yog‘dirdi. Ammo gol yo‘q, orada hakam Madrid darvozasiga penalti belgiladi. VAR bilan bekor qildi. Undan ham dahshati so‘nggi soniyalarda Bellinghem Brahim Diasning pasidan gol urdi. Biroq bu orada hakam Mansano hushtagini chaldi. Janjal va yana janjal. O‘yin tugagach Jud Bellinghem hakamga bir nimalar deb qo‘ygani ortidan qizil kartochka ko‘rsatildi. Xullas, jonli ko‘rganlar, baxtli insonlar qatoridasiz!

Jose Jordan/Getty

@futgol_uz
15.9K views22:15
Ochish/sharhlash
2024-03-02 22:49:06
Pulini to‘lab qo‘y!

Zamonamiz insayderi Fabrisio Romano atrofida g‘alati ishlar bo‘lmoqda. Norvegiya OAVlariga ko‘ra, “Valerenga” klubiga “Memmo” nomli kompaniya Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida futbolchilari borasida har xil xabarlar, jumladan, mish-mishlar joylashtirish taklifi bilan chiqqan.

Tabiiyki, taklif tekinga emas. Romano qaysidir futbolchi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 1 ta post yozishi 1100 AQSH dollariga teng ekan.

Agar u haqida video xabar qiladigan bo‘lsa, buning uchun 6000 ming dollarning bahridan o‘tishga to‘g‘ri kelarkan.

Hozircha zamonaiy insayder bu boradagi xabarlarga izoh bergani yo‘q. Xullas, qiziq bo‘lyapti...

@futgol_uz
14.9K views19:49
Ochish/sharhlash
2024-03-01 09:09:09
Mabodo eshitmaganlar bo‘lsa, bugun o‘ta Superligamizning yangi mavsumi boshlanadi

Birinchi kuniga 2 ta o‘yin bor ko‘raman desalaring:

“Navbahor”—“Dinamo”|18:30
“Nasaf”—“Olimpik”|19:15

@futgol_uz
15.2K views06:09
Ochish/sharhlash
2024-02-28 13:31:34
Ustasiga farqi yo‘q

Lekin rostdan ham o‘xshagandi-a?)

@futgol_uz
21.2K views10:31
Ochish/sharhlash