Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘r qur’a Bugun 16:00 dan boshlab, YCHL chorak finaliga qur’ | FUTGOL

Ko‘r qur’a

Bugun 16:00 dan boshlab, YCHL chorak finaliga qur’a tashlanadi. Endi hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi. Ya’ni jamoalar hech qanday savatlarga ajratilmaydi, bir mamlakat klublari endi to‘qnash kelishi mumkin, hatto bir guruhda o‘ynaganlar ham. Shu yerning o‘zida yarim final qur’asi ham o‘tkazib ketiladi.

1/4 final o‘yinlari 9—10-aprel hamda 16—17-aprelga belgilangan. 1/2 finallar esa 30-aprel—1-may hamda 7—8-may kunlari o‘tkaziladi. Finalni esa nasib qilsa 1-iyun kuni “Uembli”da ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

1/4 finalda shunday juftliklarni ko‘rishga qarshi bo‘lmasdim:

“Real”—“PSJ”
“Arsenal”—“Barselona”
“Bavariya”—“Man.Siti”
“Atletiko“—“Borussiya”

To‘g‘ri chiqmasa, so‘kib tashlash yo‘q, o‘rtoqlar!

@futgol_uz