Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-02-27 14:37:41
Muxlislar: Serxio Ramos — futbol tarixidagi eng qo‘pol himoyachilardan biri

Serxio Ramos bu vaqtda:

@futgol_uz
23.9K views11:37
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:27:33
Salla desa kallani olamiz-e

“Buxoro” stadionini buzish boshlanibdi. Masalan, shu stadion ta’mirdan chiqqaniga ham ko‘p bo‘lmagan. Uning o‘rindiqlarini boshqa stadionga o‘rnatish ham mumkin. Lekin biz uni buzib-sindirib tashlashimiz kerak. Agar bunday qilmasak, boshimiz og‘rib qoladi, to‘g‘rimi?

@futgol_uz
23.9K viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2024-02-26 13:13:54
Jahldor Kroos

Tonini aslida jahlini uncha-munchaga chiqarib bo‘lmaydi. Ammo ne ajabki so‘nggi o‘yinlarda buning aksi bo‘lyapti. Avval “Leypsig”, kecha “Sevilya”ga qarshi o‘yinda Kroosning jahlini chiqarishdi.

Kroosning uzatmalar yildan yilga aniqlashib borayotgan bo‘lsa, shuncha jahldor ham bo‘lib boryapti.

Bizda bir gap bor edi: Injiq qariyabsan, Toni!

P.S. Modrichning goli sabab rostdan ham Ramosning raqib safida “Bernabeu”ga qaytgani soyada qolib ketdi.

@futgol_uz
16.1K views10:13
Ochish/sharhlash
2024-02-23 20:05:30
O‘zbek rejissori o‘zbek futboli haqida

@futgol_uz
15.4K views17:05
Ochish/sharhlash
2024-02-23 19:48:54 Futbol ichidagilar “Bunyodkor”ni yopvorib, qarzni to‘lamaslik mumkinligini aytishyapti

Lekin bu holatda keyinchalik “Bunyodkor” stadioni, infrastrukturasiga kimdir egalik qilmoqchi bo‘lsa, avval 9,5 mln dollarni braziliyalik akaxonlarga baribir to‘lashi kerak bo‘larmish.

Demak, bizda yagona yo‘l bor: stadionni buzib, o‘rniga dom quramiz. Domlarni sotib, qarzlarni yopamiz. Kamiga kimdir yaxshigina soqqa qilib oladi. Havo iflosligi bo‘yicha dunyoda top-5 likda bo‘lgan Toshkentda ne ajabki, hamon uy qimmat. Bu vaziyatni qo‘ldan boy bermaslik kerak, menimcha.

Ideya uchun esa rahmat shart emas!

@futgol_uz
15.9K views16:48
Ochish/sharhlash
2024-02-23 19:40:42
“O‘zbekning o‘zi qiziq, o‘zidan ham so‘zi qiziq” degan gapni eshitgansiz. Lekin shu narsani bizdagi istalgan sohaga ishlatish mumkin ekan o‘ylab qarasam.

Masalan, o‘zbekning futboli qiziq, futboldanam uning atrofida bo‘ladigan ishlar juda qiziq.

Hali 350 ming dollar va buxgalter voqeasini unutishga ulgurmay turib, braziliyalik akaxonlardan qariyb 9,5 mln dollarlik “baxt xati” kelib turibdi-ku!

“Paxtakor”ni hatto ramziy 1 dollar emas, balki tekin bersa olishimiz mumkin deb turishgan bir vaqtda, “Bunyodkor”ning bu qarzlarini qanday yopishi shaxsan men uchun ham qiziq.

Ishoning, o‘zbek futboli bugungi o‘zbek kinolaridan 100 karra qiziq. Kamida uning atrofidagi voqealar. Ishoning, o‘zbek futboli bilan bog‘liq bunday ssenariylarni aniq o‘zbek dramaturglari ham, ssenariynavislari topib berolmaydi.

Xullas, serial davom etadi...

@futgol_uz
15.5K viewsedited  16:40
Ochish/sharhlash
2024-02-21 17:37:16
0 daqiqalik chempion

“Inter” 2009-yilda Marko Arnautovichni “Tvente”dan ijaraga oladi. O‘shanda u endigina 20 yoshda edi. Va tabiiyki o‘sha vaqtdagi “bo‘rilar” Diyego Milito va Marko Balotelli sabab o‘yinni zaxiradan kuzatishga majbur edi. Ahvoli qanday bo‘lganini esa o‘sha mavsumda A Seriyada atigi 3 marta zaxiradan o‘yinga tushgani ham ko‘rsatib bera oladi. YCHLda esa Arnautovich biror marta maydonga tushmaydi. Biroq ikki marta zaxiradan o‘rin oladi — “SSKA” va “Barselona”ga qarshi o‘yinda.

Kelasi mavsumni esa Marko “Verder”da boshlaydi. U nemis klubidagi ilk mashg‘ulotda “YCHL—2010 g‘olibi” degan yozuvli butsi bilan ko‘rinish beradi. Tabiiyki, yangi jamoadoshlar Markoning ustidan yaxshigina kulishadi. Shundan keyin Arnautovich qaytib, bu butsini kiymaydi.

Aytgancha, uzoq sayohatlardan so‘ng Arnaning yana “Inter”ga qaytgani va hatto kuni kecha YCHL 1/8 finali doirasida “Atletiko M” darvozasiga g‘alaba golini urganini eshitgan, ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

Balki, rostdan bu yil 2010-yilda o‘xshamagan ishini o‘xshatar-a Arnautovich?!

@futgol_uz
16.8K views14:37
Ochish/sharhlash
2024-02-19 12:28:39
O‘FA tilga kirdi

@futgol_uz
19.2K views09:28
Ochish/sharhlash
2024-02-19 11:46:47
24.0K views08:46
Ochish/sharhlash
2024-02-16 15:36:11
Jurnalist: Mbappe “PSJ”ni tark etyapti. Siz bu borada nima deb o‘ylaysiz?

Mussa Diarra: Men “Tuluza” futbolchisiman. Va hozirgina “Benfika”ga qarshi o‘ynadik. Nima uchun mendan Mbappe haqida so‘rayotganingizni tushunmadim. Axir bu “PSJ”ning ishi.

Mbappe seriali shunchalikka yetdiki, hatto u bilan bitta ligada va umuman boshqa klubda o‘ynaydigan, butun mavsumda 1-2 marta uchrashib qolishi mumkin bo‘lgan futbolchidan ham shu haqida so‘ralyapti. Bu dahshat axir.

Tezroq shu “balo”dan qutulib, Mbappega ham bolalikdagi orzusini tezroq amalga oshirishini tilab qolamiz.

@futgol_uz
22.4K views12:36
Ochish/sharhlash