Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent is qizil Hadeb “Manchester is red, blue” deb yozaver | FUTGOL

Tashkent is qizil

Hadeb “Manchester is red, blue” deb yozaveramizmi?! Mana Superliganing 3-turida “Lokomotiv” yoshargan “Paxtakor”ga javobsiz 3 ta gol urdi. Demak, Toshkent endi qizil rangda. “Loko” eng kamida ertaga 20:00 gacha Superliga peshqadami. “Paxtakor”ni esa o‘zi uchun to‘g‘ri deb bilgan yo‘l — yoshlarga imkon berishni tanlagani uchun ham olqishlayman.

Bizning futboldan kutadigan yagona narsam ham shu — futbolchilar eksportini yo‘lga qo‘yish. Agar tizim bo‘lib, eng kamida 80 foizga (biz bundan ortiq to‘g‘ri ishlolmaymiz deb qo‘rqaman, buyog‘i o‘zbekchilik) to‘g‘ri ishlasak, natija yomon bo‘lmaydi.

Bizga budjet pulini sifatsiz legionerlar-u, 1-2 yillik futbolchilarga sarflaydigan klublar kerak emas. Xususiylashish vaqti ham kelgan, biroq bizning klublar nari borsa 100 ming futbol muxlisidan bo‘lak hech kimga kerak emas. To‘g‘ri-da, turgani bitgani sarf-xarajat bo‘lgan, foyda tugul daromad ham keltirmaydigan jamoalarning kimga keragi bor. Xullas, gapirsak gap ko‘p…

@futgol_uz