Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2024-03-11 09:29:19 Farhod Bekmurodov (8-raqamli “Oskar” sohibi) jazolanadi, katta ehtimol bilan

PFL sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun Bekmurodovga jazo tayinlashni so‘rab, O’FAning Tartib-intizom qo‘mitasiga murojaat qildi.

Bunday harakatlar jazolanishi shart va zarur, toki boshqalarga o‘rnak bo‘lsin!

@futgol_uz
14.5K views06:29
Ochish/sharhlash
2024-03-10 21:03:19
“Liverpul” optimal tarkibsiz ham “Man.Siti”ni qiynab tashladi. Ha, Klopp—Gvardiola raqobati bizga yana bir go‘zal o‘yinni taqdim etdi. Bu ikkisining durangidan esa “Arsenal” yutib ketdi. London klubi to‘plar nisbatiga ko‘ra endi APL peshqadami! 10 ta tur qoldi! Chempionlik uchun kurash esa yonishni boshladi

@futgol_uz
15.2K views18:03
Ochish/sharhlash
2024-03-10 16:06:43 O‘zbek futboli qiziqmas deyayotganlarga bugungi o‘yinni yozib olib, fleshka bilan berib qo‘yinglar. O‘zlaring ham yonlaringda olib yuringlar. Agar xomush tortib qolsalaring, shu o‘yinni ko‘ringlar. Kayfiyatlaring ko‘tariladi. Faqat fleshkani yo‘qotib qo‘ymanglar!

Bu dramadan keyin “Liverpul”—“Man.Siti” o‘yini ham shunchaki komediya bo‘lib qolsa kerak endi...

@futgol_uz
17.3K views13:06
Ochish/sharhlash
2024-03-10 15:55:28 Uzr-a, shu yerda bir qahramonni yozish esdan chiqibdi. 8-raqamli Farhod Bekmurodovning harakatlariga e’tibor bering. Tepki yegan Muhammadkarim Toirovga “yotvol” dedi. Ja yotmayotgandi, o‘zi yordam berib, oxirida tepib ham qo‘ydi.

Bu harakati uchun esa unga eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli uchun Oskar mukofotini bervorardim. Afsus, bu mukofotni men bermayman-da.

@futgol_uz
12.8K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2024-03-10 15:50:49
3,8 mln obunachisi bor futbol olamidagi eng mashhur troll sahifaga chiqishni uddaladik

Superligani shu darajada mashhur qilib bergani uchun Ismonaliyev va Toirovga faxriy yorliq, 2 xonali kvartira va sotilmay yotgan Tracker yoki Onix’lardan 2 tadan bervoringlar, hurmatli PFLdagilar!

@futgol_uz
13.6K viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2024-03-10 15:45:00
Qichimagan joyni qashish

Endi o‘rtoqlar, bunday qizil olish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. VAR golni tekshirib turganda hakamning oldida raqibni MMA’chasiga zarba bilan siylash uchun eng kamida kim bo‘lish kerak bilmadim, to‘g‘risi. Hatto Pepe, Ramos, Barton kabi qizil kartochka darg‘alarida ham bundayi bo‘lmagandi.

Bu qizil kartochkani esa qo‘llanmalarga kiritsa bo‘ladi.

@futgol_uz
13.6K views12:45
Ochish/sharhlash
2024-03-09 12:10:42
Ha, “Barselona” hozir va o‘zi umuman Messi erasidan so‘ng oson bo‘lmagan (umuman olganda, bu tabiiy, biroq rahbariyat xatolarini tan olmaslik yana bir katta xato) davrni boshdan kechiryapti. Xaloskor bo‘lishi kutilgan Xavi katta bosimda qolib allaqachon klubni mavsum so‘ngida tark etishini e’lon qilib qo‘ygan.

Tarkibda muammolar to‘lib yotgan bo‘lsa ham (masalan, kecha jarohatdagilar safiga Rafinya ham qo‘shildi) jamoa bir nimalar qilishga, o‘zlikni saqlash, qaytarishga harakat qilyapti. Bu yo‘lda 16 yoshli bolakay — Lamin Yamal haqiqiy xaloskorga aylanayotgani ham jamoada muammolar ko‘lami ancha kattaligini ko‘rsatadi. Qariyb 20 yil jamoa bir futbolchining atrofida qurilib, o‘zgartirilib borildi. Endi esa u yo‘q. Undan keyingi jamoani qurish ham oson bo‘lmayapti.

Futbolga “Liverpul”lar, “Real”lar qanchalik kerak bo‘lsa, kuchliroq “Barsa”, “M.Yunayted”lar ham shunchalik kerak. Ularsiz futbolda doim nimadir kam tuyulaveradi. Shaxsan men futbol uchun bu jamoalarning yanada kuchliroq bo‘lib qaytishini xohlardim.

Aytgancha, Xavi ketishini aytganidan beri esa “Barsa” 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularning 5 tasida g‘alaba qozonib, 3 tasida durang qayd etdi.

Hamma gap Xavining ketishida bo‘lmasa kerak-a?)

@futgol_uz
13.9K views09:10
Ochish/sharhlash
2024-03-08 16:13:07
Hakamlarimiz bizdan ko‘ra, aqlli bo‘lishini bilmadim-ku, lekin, albatta, kuchli bo‘lishlari shart

@futgol_uz
15.3K views13:13
Ochish/sharhlash
2024-03-07 11:35:53 O‘zbek futboli haqida biror qiziq xabar chiqmagan kun yo‘q-da. Masalan, “Qo‘qon-1912” futbol klubi o‘zining matbuot kotibiga boshdan oyoq sarpo (to‘liq ekipirovka) beribdi. Qizig‘i, Superliganing (nomi rostanam super) juda ko‘p klublaridagi matbuot kotiblarida ekipirovka degan narsaning o‘zi yo‘q. Narzulla to‘liq ekipirovkali bo‘lish matbuot kotiblarining orzusi deb yozyapti. Zo‘r xabar to‘g‘rimi? O‘zbekning futboli qiziq, undanam futbolining ichidagi narsalar qiziq deb bejiz aytilmagan axir.

Aytgancha, 350 ming dollar va buxgalter ishi, Rivaldo, Denilson va bo‘yniga millionlab dollar ilingan “Bunyodkor”da hammasi tinchmi? Gap yo‘g‘ida so‘rab qo‘ydik-da

@futgol_uz
18.7K views08:35
Ochish/sharhlash
2024-03-07 09:40:24
Rasm tanlay olish ham aslida farosatdan darak bersa kerak. Sarlavhada Superliga haqida yozib, asosiy suratga YCHL suratini qo‘yish uchun juda katta aql shart emas. Ha, xabar ichida YCHLning kechagi (bugungi) natijalari haqida ham yozilgan. Lekin nega? Miyamda jang boshlangan. Qayerdanam O‘zbekistonning rasmiy agentligi xabarlar lentasini ochdim-a? O‘zim aybdorman!

To‘g‘ri, O‘zAga yarashaveradi, qolganlarga sholpillab qoladi.

@futgol_uz
18.0K views06:40
Ochish/sharhlash