Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-04-17 12:44:01
“Man.Siti” logosini bosmay aylanib, mashg‘ulotga chiqib ketayotgan “Real” futbolchilari

Bu — professionallik. Futbolchilar, avvalosi inson, shu bilan bir vaqtda o‘z kasbining ustasi. Ular maydondan tashqarida istalgan raqib bilan do‘st, eng kamida o‘zaro tanishlar. Bunday munosabatlarda hurmat birinchi o‘rinda turadi.

“Etihad” maydonida esa bugun o‘sha birinchi o‘rindagi hurmat ham unutilishi mumkin. Faqat maydonda, uning tashqarasida emas…

@futgol_uz
15.1K viewsedited  09:44
Ochish/sharhlash
2024-04-17 07:58:00 Bomba o‘yinlarning rasmiy videosharhlarini vaqt topib albatta qaytadan ko‘ring

“Barselona” 1:4 “PSJ”
“Borussiya D” 4:2 “Atletiko M”

Bugun ham ikki super o‘yin borligi esdan chiqmasin:

“Bavariya”—“Arsenal”
“Man.Siti”—“Real M”

@futgol_uz
14.8K views04:58
Ochish/sharhlash
2024-04-17 00:19:21
YCHLning so‘nggi yillardagi eng yaxshi chorak finallarining jonli guvohlarimiz

Bu go‘zallik uchun esa to‘rttala jamoaga ham rahmat aytish kerak

@futgol_uz
14.0K views21:19
Ochish/sharhlash
2024-04-17 00:11:11 To‘g‘risini aytaman, yarim finalda “Atletiko M” va “Barsa” juftligini ko‘rishni xohlagandim.“Borussiya D” esa mening xohishimga tupurib qo‘yganini isbotladi. Ko‘zlarim o‘ziyam ikkita o‘yinni ko‘raman deb shpagat ochib yubordi. Dortmundning o‘yinga qayta olgan “Atletiko”ni 3 daqiqa ichida tiz cho‘ktirgani esa katta voqelik.

Diego Simoene esa o‘zi aytganidek allaqachon Italiyaga ketishi kerak. Uning bunday agressiv futboli hozir Ispaniyadan ham ko‘ra, Italiyaga kerak. “Atletiko”ga esa endi yangi g‘oyalar, yangi qon kerak.

@futgol_uz
12.9K views21:11
Ochish/sharhlash
2024-04-17 00:06:03 Birgina xato butun o‘yin ssenariysini o‘zgartirib yuborishini bugun yana bir bor ko‘rdik. Ha, qizil bo‘lmaganda “Barsa” bemalol yutishi mumkin edi. Ammo unday bo‘lmadi — qizil bo‘ldi. Bu “PSJ”ning emas, Arauxoning, “Barsa”ning xatosi sifatida tarixda qoladi. “PSJ” esa xohlaysizmi-yo‘qmi haqli yutdi.

Yamal, Kubarsi, Ter Shtegen — shu uchalasiga achindim.

@futgol_uz
13.0K views21:06
Ochish/sharhlash
2024-04-15 19:12:11
So‘nggi mavsumlarda APLni yutishga harakat qilayotgan “Arsenal” emish

@futgol_uz
15.1K views16:12
Ochish/sharhlash
2024-04-15 04:37:19 “Inter”ga gol urgan Shomurodov, bir kunda birga qoqilgan “Liverpul” va “Arsenal”. Rasmiy videosharhlar

“Inter” 2:2 “Kalyari”
“Sassuolo” 3:3 “Milan”
“Napoli” 2:2 “Frozinone”
“Liverpul” 0:1 “K.Pelas”
“Arsenal” 0:2 “Aston Villa”
“Bayer” 5:0 “Verder”

@futgol_uz
15.4K views01:37
Ochish/sharhlash
2024-04-14 20:58:57 “Liverpul” va “Arsenal” bir kunda basharasi bilan yerga yiqildi va peshqadamlikni (ehtimol chempionlikni ham) “Man.Siti”ga topshirib qo‘ya qoldi

Top-3 da 3 ta jamoada 6 tadan o‘yin qoldi (ro‘yxat bu yerda), ochkolar esa shunday ko‘rinishda:

“Man.Siti” — 73
“Arsenal” — 71
“Liverpul” — 71

@futgol_uz
13.0K views17:58
Ochish/sharhlash
2024-04-14 20:54:07
120 yil deganda qo‘lga kiritilgan chempionlik boshqacha nishonlanishi mumkin emas

Xabi Alonso va uning “Bayer”i — Germaniya chempioni!

Harri Keynga esa sabr!

@futgol_uz
13.6K views17:54
Ochish/sharhlash
2024-04-14 06:31:31 Nokaut bo‘lgan “Tottenhem” va grandlarning g‘alabalari. Rasmiy videosharhlar

“Nyukasl” 4:0 “Tottenhem”
“Man.Siti” 5:1 “Luton Taun”
“Bornmut” 2:2 “Man.Yunayted”
“Bavariya” 2:0 “Kyoln”
“Borussia M” 1:2 “Borussia D”
“Atletiko M” 3:1 “Jirona”
“Malyorka” 0:1 “Real M”
“Kadis” 0:1 “Barselona”

@futgol_uz
13.9K views03:31
Ochish/sharhlash