Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 414

2021-07-21 20:23:01“Tobol” Igor Sergeyev transferiga qancha sarflagani maʼlum boʻldi

Avvalroq qozoq OAVda “Tobol” oʻzbekistonlik futbolchi transferi uchun 70 ming yevro sarflagani xabar qilingandi. Igorning “Aqtobe” bilan shartnomasida tovon puli 70 ming yevro etib belgilangani taʼkidlangandi.

“Tobol” mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi va Sergeyevning narxi xabardagi summadan ikki barobar arzon ekanini maʼlum qildi. Shu tariqa ayon boʻldiki, kostanayliklar Sergeyev transferi uchun 35 ming yevro toʻlagan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
37.0K views17:23
Ochish/sharhlash
2021-07-21 19:01:59
Eldor Shomurodov “Jenoa”ning “Vakker Insburg”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida gol urdi

Ayni vaqtda uchrashuvning 2-bo‘limi davom etmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
38.3K views16:01
Ochish/sharhlash
2021-07-21 15:08:28 David Alaba “Real” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va rasman tanishtirildi

Futbolchi Serxio Ramosdan qolgan 4-raqamni oldi.

Alaba “Bavariya”ni erkin agent sifatida tark etib, madridliklar bilan shartnoma imzolagandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
38.6K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-07-21 12:26:00A Seriya formatida jiddiy oʻzgarishlar boʻlishi mumkin

Italiya oliy divizioni klublari liga ishtirokchilarini 18 tagacha kamaytirish va pley-off tizimini joriy qilish borasida jiddiy bosh qotirmoqda. Corriere della Seraʼning xabar qilishicha, klublar oʻzgarishlar amalga tatbiq etilishiga rozi. Bunday tizimning moliyaviy tomondan koʻproq foyda keltirishi ularga ma’qul kelgan.

Taxminlarga koʻra, ligadagi jamoalar soni 20 tadan 18 taga kamaytiriladi. Yana bir gʻoyalardan biri: chempionlik va yuqori oʻrinlar uchun pley-off tizimini joriy qilish.

Mazkur loyiha 21-iyul kuni muhokama qilinadi. Agar qaror maʼqullansa, u holda bu oʻzgarishlar 2023/24-yilgi mavsumdan kuchga kiradi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
36.6K views09:26
Ochish/sharhlash
2021-07-21 10:51:00“Barselona” va “Real” afsonalari oʻrtasida “El-Klasiko” boʻlib oʻtdi

20-iyul kuni katalon va Madrid klubi sobiq futbolchilari oʻrtasida afsonalar toʻqnashuvi boʻlib oʻtdi. Unda “Real” afsonalari irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi.

“Barselona” — “Real” 2:3

Gollar: 1:0 – 27, penalti Ronaldinyo, 1:1 – 42 Munitis, 1:2 – 45 Alfonso Peres, 2:2 – 60 Jofre, 2:3 – 70 De la Red.

“Barselona” afsonalari: Angoy, Xuan Karlos, Dexu, Dani Tortolero, Goykoechea, Mendeta, Deku, Rivaldo, Arpon, Saviola, Ronaldinyo, Gusman, Ronald de Bur, Koko, Amor, Jofre, Okunovo.

“Real” afsonalari: Kodina, Nunes, Ivan Kampo, Fernando Sans, Roberto Karlos, Rivera, Milya, De la Red, Figu, Alfonso Peres, Amaviska, Munitis, Velasko, Martin Velaskes.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
36.2K views07:51
Ochish/sharhlash