Get Mystery Box with random crypto!

Monstr! Joze Mourinyo davrida dunyoning eng qo‘pol futbolchil | FUTGOL

Monstr!

Joze Mourinyo davrida dunyoning eng qo‘pol futbolchilaridan biri sifatida muxlislar xotirasiga muhrlangan Pepe hozir 41 yoshda va u hamon yuqori saviyada futbol o‘ynashda davom etyapti. Solishtirish uchun “Portu”ni chorak final yo‘llanmasidan mosuvo qilgan “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ayni damda 41 yoshda.

Pepe YCHLda so‘nggi 2 ta penaltilar seriyasida qatnashgan futbolchi. Bu ikki lotoreyani esa qariyb 8 yil ajratib turibdi. 2016-yil “Real” YCHL finalida “Atletiko”ni yutganda Pepe “Qirollik klubi” safida edi. Bu safar esa mag‘lublar safida bo‘ldi.

Biroq Pepening shu yoshida “Arsenal”ga qarshi 120 daqiqa yuqori saviyada o‘ynaganini e’tirof etmaslik insof va adolatdan bo‘lmaydi.

Tasavvur qiling, siz 41 yoshdasiz va hamon choyxonama-choyxona yuribsiz. Nega?)

@futgol_uz