Get Mystery Box with random crypto!

“Liverpul” yorvordi, masxarabozlar to‘qnashuvida “Chelsi” yutd | FUTGOL

“Liverpul” yorvordi, masxarabozlar to‘qnashuvida “Chelsi” yutdi

APLning 31-turi doirasida “Liverpul” o‘z uyida “Sheffild”ni shunday mehmon qildi — 83 foiz to‘pga egalik va 3 ta gol. Gollardan biri, aniqrog‘i Makallisterning shedevri bilan. “Sheffild” esa bu safar to‘pni tomosha qiluvchi jin vazifasini bajarib berdi. Klopp jamoasi “Arsenal”ni bir kunlik peshqadamiga yakun yasadi va yana yakkahokimga aylandi:

— 70 ochko
— 68 ochko
— 67 ochko

Turning markaziy masxarabozlar bahsi esa quvlashmachoq o‘yiniga ulanib ketdi. “Chelsi” 2 ta urdi, “Yunayted” 2 ta turdi, ortidan yana 1 ta urdi. Oxirida esa Palmer 2 ta urib, bir turda yana bir “Yunayted”ning mag‘lubiyatiga tamal toshi qo‘ydi. Bu ikki jamoaning APLda o‘rnini ko‘rib esa bir rahming keladi, bir jahling chiqadi. “Chelsi” shu g‘alabasi bilan 10-o‘rinda (43 ochko). “Man.Yunayted” esa shu ahvolida ham 6-o‘rinda (48 ochko).

Rasmiy videosharhlar:

“Chelsi” 4:3 “Man.Yunayted”
“Liverpul” 3:1 “Sheffild”

@futgol_uz