Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 9

2023-04-26 07:06:51
OCHIQ DARS: KENG TARQALGAN XATOLAR

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
21.6K views04:06
Ochish/sharhlash
2023-04-25 12:20:19 Ingliz tili fani o‘qituvchilari diqqatiga!

Xabaringiz bor, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Cambridge University Press nashriyotining o‘quv-metodik majmualari umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilindi. Ushbu qo‘llanmalar asosida darslarni tashkillashtirish jarayoningizda tug‘ilgan fikr-mulohazalaringizni biz bilan bo‘lishishingizni iltimos qilamiz.

Sizning fikr-mulohazalaringiz Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi uchun Ingliz tili ta'limini yaxshilash, metodik yordam ko‘rsatishni rivojlantirish va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha keyingi strategiyalarini ishlab chiqishda muhim.

So‘rovnoma anonim tarzda to‘ldiriladi va natijalaridan faqat Ingliz tili ta'limini yaxshilash bo‘yicha keyingi tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Quyidagi link orqali so‘rovnomada ishtirok eting.
https://fsu.qualtrics.com/jfe/form/SV_3mHn7dgWUII53Bs

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
58.4K viewsedited  09:20
Ochish/sharhlash
2023-04-25 12:04:24
“Ko‘zim ojizligi ming dollar maoshga erishishimga xalaqit bermadi”. Namanganlik tarix fani o‘qituvchisi hikoyasi

Nozimjon Tojiboyev 15 yildan beri Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarix fanidan dars beradi.

Batafsil — http://dy.uz/QphMn

Yangilangan mobil ilova iOS | Android
8.9K views09:04
Ochish/sharhlash
2023-04-25 07:24:14 Har bir ishda hikmat bor

Bir kuni bir kishining tuyasi quduqqa tushib ketdi va odamlarni yordamga chaqirish uchun bo‘ynini cho‘zib tepaga qaragancha pishqirib baland ovozda naray boshladi. Uning harakatlarini payqagan xo‘jayini yugurib keldi va quduqdan chiqarib olish uchun rosa harakat qildi.

Uni quduqdan chiqarib olishning iloji yo‘qligini bilgach, xo‘jayin shunday fikr qildi:“Tuyam ham ancha qarib qoldi, yaqin orada o‘lib qolishi aniq, o‘zi shusiz ham  yoshroq va baquvvatroq tuya olmoqchi bo‘lib yurgandim, qolaversa, bu quduq ham qurib qoldi, uni anchadan beri ko‘mib yuborib, yangi quduq qazimoqchi bo‘lib yurgandim. Nega endi bitta o‘q bilan ikki quyonni urmayin, biryo‘la tuya va quduqni ko‘mib qo‘yaqolaman”.

Ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan qo‘shnilarni yordamga chaqirib, ketmon – kuraklarini olib, quduqni tuproq bilan  to‘ldira boshlashdi. Nima bo‘layotganini bilgan tuya boshini chayqar, oyoqlari bilan yerni urar, tez-tez pishqirib, baland ovoz chiqaradi. Lekin odamlar uning harakatlariga e’tibor bermasdan, quduqqa tuproq tashlashda davom etishardi. Bir mahal tuya jim bo‘lib qoldi.

Qachonki, xo‘jayin quduqqa qaraganida ajoyib bir manzarani ko‘rdi. Tuya o‘zining ustiga, o‘rkachlariga tushgan tuproqni bir silkitib tushirib yuborar, oyoqlari ostiga olardi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin tuya barchani hayratda qoldirib, tuproqlarni oyoqlari bilan tepkilab-tepkilab yuqoriga ko‘tarilib, quduqdan chiqib olgan edi!

Endi bir o‘ylab  ko‘ring.
Balki sizning hayotingizda ham qiyinchiliklar, noxushliklar bo‘lgandir va bu kelajakda sizga yanada yaxshiliklar keltirar. Har qanday muammo sizga otilgan toshdir. Mana shu toshlar yordamida siz yuqori darajalarga ko‘tarilib borasiz. 

8-sinf “Tarbiya” darsligidan

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
16.8K views04:24
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:02:30
106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida qoʼl mehnati bilan tayyorlangan maxsulotlarning koʼrgazma savdosi tashkil etildi.

Bu kabi ko'rgazmalar yosh hunarmandlarni kasb-hunarga boʼlgan qiziqishlarini yanada ortishiga va ularda tadbirkorlik koʼnikmalari shakllanishiga rag'bat beradi.

Batafsil maqola bilan tanishish

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
7.0K views11:02
Ochish/sharhlash
2023-04-19 13:36:59
Talablarga binoan navbatdagi IQ TEST!

21-aprel kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
5.3K views10:36
Ochish/sharhlash
2023-04-19 05:56:18
Milliarder va taniqli sarmoyador Uoren Baffet hamda Bill Geysdan qanday qudratga ega bo'lishni istashlari haqida so'ralganida, ularning har ikkalasi dunyoda eng tezkor kitob o'qiy olish qobiliyatiga ega bo'lishni xohlashlarini aytishgan. Garchi, dunyoda eng katta mablag' va biznesga egalik qilsa ham, Bill Geys kitob o'qishni kanda qilmaydi.

Biz har qanday kitobni uydan turib sotib olish va uni smartfonda ham o'qish imkoni berilgan ma'rifatparvar davrda yashayapmiz. Ammo buni his qilish uchun o'rganishdan to'xtamaslik kerak. Aytishadi-ku, keragidan ortig'ini bilmay turib, me'yorni aniqlay olmaysiz.

"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
8.2K views02:56
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:55:09
Qaysi siyosatchiga ovoz berish kerak?

Yoki yangi urfga kirib kelgan parhezni sinab ko‘rish kerakmi? Yana biri, elektron pochtamga kelgan maktub yordamida millioner bo‘la olamanmi?

Masalalar, muammoli savollar... Ularning barchasiga birdek to‘g‘ri va mukammal yechim va javoblar topa olmaymiz.

Ammo bunda sizning imkoniyatlaringizni oshirishning ko‘plab usullari mavjud va samarali usullardan biri - TANQIDIY FIRKLASH.

Tanqidiy fikrlashni qo‘llashning ko‘plab usullari mavjud. Biz ushbu videoda har qanday muammolarni hal qilishda Sizga yordam beradigan 5 bosqichli yondashuvni taqdim etamiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
24.7K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:22:00
#ustozlar_uchun
Qanday qilib qiziqarli dars tashkil etish mumkin?

Zerikishning oldini olishning eng oddiy va samarali usullaridan biri bu-oʻzingiz qilayotgan ishdan zavqlanishdir.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar siz oʻquvchilaringizga yaxshi kayfiyat bagʻishlasangiz, ular ham koʻproq narsani oʻrganishadi.

Hurmatli oʻqituvchilar, hafta boshidan Sizga yaxshi kayfiyat hamrohligini tilaymiz!

Batafsil maqola bilan tanishish

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
9.3K views05:22
Ochish/sharhlash
2023-04-14 07:28:37
#bilasizmi
Darsliklardagi oʻlchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori asosida oʻlchov birliklari xalqaro oʻlchov standartlariga muvofiqlashtirilgan.

Qarorga koʻra, endilikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllaniladi.

Shunga koʻra, nashr etilgan darsliklardagi sentner, santimetr kabi oʻlchov belgilari xalqaro oʻlchov birliklariga muvofiq, “q” va “cm” tarzida belgilangan.

Quyidagi rasmda baʼzi oʻlchov birliklarining belgilanishi keltirdik.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
5.5K views04:28
Ochish/sharhlash