Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 8

2023-05-11 09:12:01
#Ustozlar_uchun
Charades o'yini (fransuzcha “tomosha”)

Ushbu sodda, ammo klassik oʼyin darsni boshlashdan oldin oʼquvchilarni oʼz oʼrindiqlaridan turishga va darsga qatnashishga undaydigan ajoyib usuldir.

Resurslar: soʼzlar yozilgan kartochkalar.
Oʼtkazish tartibi: doska oldida turish uchun bir nafar oʼquvchini tanlang va oʼzingiz oldindan tayyorlagan biror soʼzni unga rolli ijro ettirin (gapirish mumkin emas). Sinfning qolgan qismi oʼquvchi nimani tasvirlamoqchi ekanini taxmin qilishi va topishi kerak. Oʼquvchilar oʼz taxminlarini baqirib aytishlari yoki qoʼl koʼtarib aytishlari bu sizning oʼqituvchilik mahoratingizga bogʼliq. Ijro etilgan soʼzni topgan oʼquvchi keyingi ijrochi sifatida doska oldiga taklif etiladi.

Eslatma: Oʼyin davomida barcha soʼzlarni yoki mavzuga oid soʼzni taʼriflash ham maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.2K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-05-10 08:41:02
Tasavvur qobiliyati yoʻq kishi teleskopsiz observatoriyaga oʻxshaydi

Hozir siz bilan bizga odatiy boʻlgan narsalar ham kimlarningdir tasavvur mahsuli. Yaratuvchanlikning asosi ham shu oʻzi. Xayoliy, notabiiy voqealarni tasavvurida jonlantirib uni ifoda etish, sinfda muhokama qilish – bolalar uchun ham qiziq, ham zavqli jarayon.

Bu qobiliyat barcha bolada bor, demak, uni namoyon etishga boʻlgan ehtiyoj ham doim boʻlgan. Fantastik hikoyalarda bola oʻzining xayolot olamini jonlantirishni oʻrganadi. Muhimi – ularda shu tasavvurni qachondir real hayotga koʻchirishga boʻlgan ishonchning borligi. Ajab emas vaqt oʻtib bola oʻz tasavvur mahsulining yaratuvchisiga aylansa.

Rasmda: 2022–2023-yilgi oʻquv mavsumi uchun tayyorlanayotgan 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligidan namuna.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.3K views05:41
Ochish/sharhlash
2023-05-09 13:28:32
9-may –Xotira va qadrlash kuni!

Ushbu kun borgan sari yillar qaʼriga kirib borishiga qaramay, biz ushbu kunning Vatanimiz uchun qanchalik katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlganini unutmaymiz, ota-bobolarimizning oʻchmas xotirasi doimo qalbimizda yashaydi!

Yurtimizni tinchlik va osoyishtalik tark etmasin!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
13.5K views10:28
Ochish/sharhlash
2023-05-08 07:26:28
Imkoniyati cheklangan bolalar yaratgan mahsulotlarning savdo yarmarkasidan 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ topildi

“Mohir qo‘llardan — mehrli qo‘llarga” shiori ostida bo‘lib o‘tgan yarmarkada bu yil yuzdan ortiq ishlar: rasm, yumshoq o‘yinchoq, batik, zardo‘zi va munchoqli buyumlar, duradgorlik ishlari taqdim etildi.

Joriy yilda mehnat yarmarkasi ko‘rgazmasida 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ topildi. Yig‘ilgan barcha mablag‘lar maktab-internatidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
15.3K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2023-05-04 17:07:12
"Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "yo'g'urt", ''o'tuk", ''kerpich" so'zlari xato yozilgan deya talqin qilinayotgan postdagi rasm 1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligidan olingan.

Unda "sayohatchi" so'zlar ya'ni turkiy tillardan rus tiliga o'tgan so'zlar haqida ma'lumot keltirilgan.

7 yashar bola uchun tanish bo'lgan mazkur so'zlarni "yo'g'urt", ''o'tuk", ''kerpich" shaklida darslikka kirtishdan maqsad - o'quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish va chetdan o‘zlashgan so‘zlar haqida ma’lumot berishdan iborat va bu haqida o'qituvchi uchun metodik qo'llanmada ham darsni tashkil qilish bo'yicha metodik tavsiyalar va qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, keltirilgan so'zlar rus tiliga turkiy tillardan o'tganini etimologik lug'atlar ham tasdiqlaydi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
50.4K views14:07
Ochish/sharhlash
2023-05-04 10:24:51BOLA YAXSHI OʻQISHI UCHUN QANDAY YORDAM BERISH KERAK?

Hamma bola tugʻma daho emas, ularning hammasi ham maktabga chiqishi bilan tezda darslarni oʻzlashtirib, faqat besh baholarni olib kela olmaydi. Shu sabab 1-sinfdagi har bir bola individual yondashuvga muhtoj. Maktab tanlash, repetitorlarni yollash, bolalar xonasini qulay jihozlashgina darslarni oʻzlashtirishining sifatini oshirish uchun yetarli emas.

Agar farzandingiz maktabdan xafa boʻlib qaytgan boʻlsa, u bilan gaplashing, yomon kayfiyat sabablarini soʻrang. Bola ota-onalar bilan har qanday mavzuda suhbatlashishdan qoʻrqmasligi kerak. Ehtimol, u sinfdoshlari bilan janjallashgan yoki oʻqituvchidan yoqimsiz gap eshitgandir. Muammoni darhol muhokama va hal etgan yaxshi.

Agar oʻquvchi darslarni oʻrganishda qiynalayotgan boʻlsa, ota-onalar qiyin mavzuga diqqatni qaratib, tushunishga yordam berishlari kerak. Bu bolaga oʻziga boʻlgan ishonchni beradi va masʼuliyatni rivojlantiradi.

Agar u doimo yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlib kelsa-yu toʻsatdan ikki va uchlarni qatorlashtirib olsa, vahimaga tushmasligingiz kerak. Ehtimol, u shunchaki charchagan, uxlamagan, oʻrganishni unutgandir. Hamma ham xato qiladi. Undan bunday keskin muvaffaqiyatsizlik sababini bilib oling. Qarabsizki, u tezda oʻziga kelib, baholari yaxshilanadi.

Farzandingiz sizni yomon koʻrsatkichlar bilan muntazam ravishda “xursand” qilayotgan boʻlsa, unga yordam kerak boʻlishi mumkin. Bunday holda, faqat gaplashish yetarli emas. Oʻqituvchilari bilan suhbatlashing — ehtimol ular sizga nima qilish kerakligini aytishadi. Oʻgʻlingizga yoki qizingizga darslarda yordam berishni boshlang, bolaning materialni qanday oʻrganganligini tekshiring. Agar sizning yordamingiz yetarli boʻlmasa, professional repetitorni yollang.

Bolaning vaqti va kun tartibini toʻgʻri yoʻlga qoʻying. Bu maktabda yaxshi oʻqishiga yordam beradi. Agar kun tartibi toʻgʻri rejalashtirilgan boʻlsa, u holda uning jismoniy va ruhiy salomatligi mustahkamlanib, intellektual qobiliyatlari rivojlanadi.

Bolaning toʻshagi qulaymi, xonasining yorugʻligi qanday, qayerda darslarini tayyorlaydi, stol va stul unga boʻyi va yoshiga mosmi yoki yoʻqmi shularga eʼtibor bering. Bola miriqib uxlasa, tanasi dam oladi. Demakki, u bilim olishi yaxshilanadi. Inson miyasi tunda ham ishlaydi. Shunga koʻra, bola yotadigan xonada televizor yoki radio yoqib qolmasin.

Parkka sayr qilish paytida bolangizga daraxtlar va hayvonlar haqida aytib bering. Birgalikda mamlakat tarixi yoki dengiz hayoti haqidagi hujjatli film tomosha qiling. Oilaviy mutolaa tashkil qilishda sarguzasht romanini emas, balki yulduzlar haqidagi ensiklopediyani tanlang. Farzandingizga atrofingizdagi dunyo haqida savollar bering va oʻzingiz ham qiziq maʼlumotlar aytib bering.
Uni muzey, teatr, galereya va koʻrgazmalarga olib boring. Bunday sayohatlar intellektual rivojlanishdan tashqari, badiiy didi va estetik idrokini shakllantiradi. Unga yangi narsalarni oʻyin tarzda oʻrgating.

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram
16.9K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-05-03 06:53:31 #Pedagogik_vaziyat Vaziyat: Aytaylik, xorjiy til darsi. O‘qituvchi nafaqat o‘z guruhi, balki betob bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhiga ham dars o‘tishi kerak. Bolalar o‘zlarini juda xunuk tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, bahslashib, bir…
7.5K viewsedited  03:53
Ochish/sharhlash
2023-05-01 07:55:28
Предлагаем доступное решение, чтобы дни летних каникул вашего ребенка прошли с пользой!

Новые направления по программированию для детей:

Scratch
Web-разработка
Графический дизайн
Видеомонтаж
Робототехника

Записаться на
Aдминистратор Адрес 77 777 30 30

Лучшая инвестиция это - инвестиция
в будущее ваших детей!

Telegram | Instagram | Facebook
15.3K views04:55
Ochish/sharhlash
2023-04-28 19:46:20 Jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi

O'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish elektron platformasidan joriy yilning 23-yanvaridan – 1-fevraliga qadar bo'lgan muddatda 34 649 nafar o'qituvchilari ro'yxatdan o'tdi va jami 9 064 ta ijodiy ishlar kelib tushdi. Ulardan 2 848 tasini metodik qo'llanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodarslar tashkil etdi.

Elektron platformaga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralash bosqichidan o'tdi. Bunda eng yaxshi ishlar o'qituvchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan aniqlandi.

2– saralashda elektron platformaga yuklangan ilg‘or ish tajribalarini baholash jarayoniga barcha fanlar kesimida 254 nafar ekspert jalb qilindi.

So'nggi baholash natijalariga ko'ra, jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi. Shulardan 3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 68 ta ish Respublika, 104 ta ish viloyat, 279 ta ish tuman bosqichda ommalashtirildi.

Quyidagi havola orqali Ilmiy metodik kengash qarori va sertifikatlarni onlayn shaklda yuklab olish mumkin: http://certificate-ommalashtirish.uz/table

Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
47.6K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:57:23 #Pedagogik_vaziyat
Vaziyat:
Aytaylik, xorjiy til darsi.
O‘qituvchi nafaqat o‘z guruhi, balki betob bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhiga ham dars o‘tishi kerak.

Bolalar o‘zlarini juda xunuk tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, bahslashib, bir-birlariga maktublar tashlamoqdalar, qog‘ozdan samalyot yasab uchirmoqdalar va hokazo.

Orada o‘qituvchiga nistaban hurmatsizlik va beodoblik ham qilmoqdalar (ochiqchasiga emas, ehtiyotkorona). Ayniqsa, bir bola alohida ajralib turibdi.

O‘qituvchi e’tibor bermaslikka harakat qilib, dars o‘tishda davom etmoqda. Orada bolalarni tinchlantirishga urinmoqda, tinchlantirish maqsadida ikki baho qo‘yish, direktorni sinfga taklif qilish va ota-onalarini maktabga chaqirish kabi qo‘rqitish usullarini ham qo‘llab ko‘rmoqda.

O‘qituvchi o‘quvchilarga navbatdagi vazifa berdi – matnni o‘z so‘zi bilan aytib berish. Biroz vaqt o‘tgach, o‘qituvchi eng to‘polonchi o‘quvchidan matnni aytib berishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘raydi. U faqat birinchi jumlani takrorlay olaman, deb javob beradi.

O‘qituvchi: “Demak, bahoying ikki”.
O‘quvchi: “Yo‘q, unday bo‘lsa, aytib beraman”.
O‘qituvchi: “Endi kech. Vaqtliroq o‘ylashing kerak edi”.
O‘quvchi takroran: “Ha, aytib beraman”.

Bunday gap talashish yana bir necha daqiqa davom etadi, natijada o‘qituvchi ikki baho qo‘yadi va o‘quvchi uni haqoratlab, sinfdan chiqib ketadi. O‘qituvchi dars o‘tishda davom etadi.

Savol: Mazkur holatda qanday pedagogik vaziyat yuzaga kelgan? Vaziyatni baholang va javoblarigizni izohlarda qoldiring!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
5.9K views04:57
Ochish/sharhlash