Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 87

2021-10-08 15:15:21 #Ayni_vaqtda

– "Bolalar va yoshlar kelgusi yillar davomida COVID-19 ning ruhiy salomatlik va farovonlikka salbiy taʼsirini his qilishlari mumkin. Аgar biz bugun zarur choralarni koʼrmasak, bolalar ruhiy salomatligi va farovonligiga yetarlicha eʼtibor bermasak, sarmoya kiritmasak, ushbu masalani ilgari surish va ruhiy salomatlik muammolarining oldini olishni diqqat markaziga qoʼymasak, butun dunyodagi yoshlarning hayotini oʼzgartirish imkoniyati qoʼldan boy beriladi”.

YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʼrinbosari Joffri Ijumba.


– "O'zbekistonda internet foydalanuvchilarining 60 %ini, Facebook ijtimoiy tarmog'i foydalanuvchilarining 90%ini 25 yoshga yetmagan yoshlar tashkil qiladi. Har 3 nafar yoshdan biri har kuni 3 soatdan ortiq vaqtini internetda o'tkazmoqda".

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Dilorom Toshmuhamedova.

– Butun dunyoda o'tkazilgan soʼrovnomada ishtirok etgan 15-24 yosh oraligʼidagi yoshlarning beshdan bir qismi tushkunlikda ekanligi yoki hech narsaga qiziqmasligini taʼkidlagan.

– Har yili oʼz joniga qasd qilish oqibatida deyarli 46000 oʼsmir vafot etadi. Bu mazkur yosh toifasida eng koʼp kuzatiladigan beshta oʼlim sabablaridan biri boʼlib qolmoqda.

– Butun dunyo boʼylab davlatlarning sogʼliqni saqlash sohasidagi byudjetining taxminan ikki foizi ruhiy salomatlikka yoʼnaltiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdminstratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Dunyoda bolalar vaziyati 2021: bolalar ruhiy salomatligini mustahkamlash, himoya qilish va saqlash” mavzusidagi seminardan.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
18.5K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2021-10-08 09:00:30
20.2K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-10-08 06:00:37
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
22.4K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-10-07 19:09:08
#Endi_sizning_farzandingiz
#Musiqa_fani_bilan

Musiqa bilan shugʻullangan holda bola matematik qobiliyatlarini rivojlantiradi. U kerakli klavishlarga tushgan holda kengroq mushohada qiladi, nota matnini yod olgan holda mavhum tovush figuralari bilan manipulyatsiya qiladi va musiqiy pyesada xuddi matematik isbot kabi na kamaytirib, na qoʻshib boʻlmasligini biladi!

Albert Eynshteyn skripkani chalganligi tasodif emas, Oksforddagi fizika va matematika professor-oʻqituvchilari universitet musiqa klubi aʼzolarining 70% ni tashkil qiladi.

Diqqat, boʻlajak matematiklar va muhandislarning uzoqni koʻruvchi ota-onalari! Musiqa chalish repetitorning tayogʻi ostida qiyin vazifalarni hal qilishdan koʻra yoqimliroq.

Musiqa darsligi esa ularda fanga boʻlgan muhabbat va musiqa asbobini chalishga boʻlgan ishtiyoqni uygʻotadi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
23.3K views16:09
Ochish/sharhlash
2021-10-07 09:59:49
"O'qituvchilik kasbini tanlaganim uchun o'zimni biror narsa yo'qotgandek yoki nimadandir voz kechgandek his qilmayman"

Iskandar Sattiboyev – Jahon reytingida 20-oʻrinda turuvchi Edinburg universitetini tugatgan maktab oʻqituvchisi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
28.6K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2021-10-07 07:58:45
O'quvchining o'qish tezligi bizga nimalar haqida ma'lumot beradi?

Oʻquvchilarimizga tez oʻqish kerakligini uqtiramiz, ularning yetarlicha tezlikda oʻqishini talab qilamiz, ba’zan shunga qarab baho ham qoʻyamiz. Lekin aslida oʻquvchining tezroq yoki sekinroq oʻqishidan biz qanday xulosa chiqarishimiz kerak?

Bu yerda past tezlikda oʻqiydigan oʻquvchining qanday muammosi boʻlishi mumkinligi haqidagi ilmiy asos sodda tilda tushuntirilgan.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
30.8K viewsedited  04:58
Ochish/sharhlash
2021-10-06 17:00:36
#Endi_sizning_farzandingiz
#Matematika_fani_bilan

Tadqiqotlarga koʻra, hisob-kitobni yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchidan koʻra, matematik mushohada hamda mantiqiy fikrlash koʻnikmasiga ega oʻquvchi hayotda koʻproq muvaffaqiyat qozonar ekan.

Endi sizning farzandingiz ham ushbu ko'nikmalarga ega bo'ladi. Matematik bilimlarini hayotda qoʻllaydi, turli vaziyat va muammolarga tez yechim topadi. Endi siz unga ishlatish uchun ikkilanmasdan pul bera olasiz. Chunki u bergan pulingizga nimadan qancha sotib olish kerakligini hisob-kitob qila oladi va erkin qaror qabul qila oladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
24.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-10-06 07:34:00 "Davlat tilim-ona tilim" videolar tanlovida ishtirok eting!

5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Davlat tilim-ona tilim" videolar tanlovi o'tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilardan she'r, qo'shiq, nutq, kreativ bayram tabrigi ko'rinishidagi videolarni @Ona_tilim_iftixorim_tanlovbot manziliga yuborish so'raladi.

Videoga quyidagi talablar qo'yilgan:

videolavha davomiyligi 2 daqiqagacha bo'lishi;
videolavha maktab, tarixiy obidalar va jonli tabiat kabi hududlarda videotasvirga olingan bo'lishi;
videolavhada o'zbek tilining hayotimizdagi ahamiyati va "Davlat tilim - ona tilim" mavzusi aks ettirilganligi;
videolavha sifatli tasvirga olinganligi - 10 ballgacha;
videolavha ijtimoiy tarmoq sahifalarida #davlat_tilim_ona_tilim xeshtegi ostida yoritilganligi;
videolavha tasvirga olingan materialda maktabning raqami, tumani va viloyati ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Videolavha mobil telefon, videokamera, planshet va boshqa texnologik vositalar orqali tasvirga olinishi mumkin.

"Davlat tilim - ona tilim" tanlovida 1, 2, 3-o'rinni egallagan ishtirokchilar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan g'oliblarni taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
52.0K viewsedited  04:34
Ochish/sharhlash
2021-10-05 18:02:26 ​​Fargʻona vodiysida “Yoshlarda ijtimoiy uygʻunlik” loyihasi amalga oshirilmoqda

YUNESKO va Respublika taʼlim markazi hamkorligida “Yoshlarda ijtimoiy uygʻunlik” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning maqsadi umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarida liderlik va tadbirkorlik, media va axborot savodxonligi, zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, global fuqarolik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Loyiha doirasida oʻquvchida mazkur amaliy koʻnikmalarni rivojlanishga qaratilgan oʻquv-qoʻllanmalar ishlab chiqildi. Ayni vaqtda Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida jami 15 ta maktabda oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish maqsadli oʻquv-seminar amalga oshirilmoqda.

Loyihaning birinchi kunida mutaxassislar maktablarda dars jarayonlarini kuzatib, oʻquvchilardan tadbirkorlik hamda liderlik koʻnikmalarini baholashga qaratilgan soʻrovnomalar olishdi.

Ertaga, 6-oktyabr kuni tahlil natijalariga koʻra, oʻqituvchilar uchun treninglar tashkil qilinadi. 3-kun, 7-oktyabr kuni esa umumiy natijalar tahlil qilinib navbatdagi qadamlarni belgilash boʻyicha tavsiyalar beriladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
26.7K views15:02
Ochish/sharhlash
2021-10-05 07:41:41
“XXI asr tarbiyachisi zamonaviy avlodga o‘rnak bo‘la olishi kerak”.

"Shuhrat" medali sohibasi Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Umida Kamilevna Turdaliyevna bilan suhbat.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
22.8K viewsedited  04:41
Ochish/sharhlash