Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi Darsliklardagi oʻlchov birliklari xalqaro standartl | IT taʼlim

#bilasizmi
Darsliklardagi oʻlchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori asosida oʻlchov birliklari xalqaro oʻlchov standartlariga muvofiqlashtirilgan.

Qarorga koʻra, endilikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllaniladi.

Shunga koʻra, nashr etilgan darsliklardagi sentner, santimetr kabi oʻlchov belgilari xalqaro oʻlchov birliklariga muvofiq, “q” va “cm” tarzida belgilangan.

Quyidagi rasmda baʼzi oʻlchov birliklarining belgilanishi keltirdik.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter