Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 10

2023-04-13 06:19:39
Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
5.8K views03:19
Ochish/sharhlash
2023-04-12 06:49:32
Fasilitator oʻqituvchi. U qanday boʻlishi kerak?

Sinfdagi taʼlimni real dunyo bilan bogʻlash oʻquvchilarga oʻrganayotgan narsalarining ahamiyatini koʻrishga yordam beradi. Xuddi shunday, dunyoni sinflarimizga olib kirish bola uchun qiziq va qaysidir maʼnoda motivatsion kuch.

Masalan, ixtiyoriy mavzuni sinfdan tashqaridagi biror predmet yoki hodisaga qanday aloqasi borligini sharhlab, qisqacha talqin orqali aniq tushunchalar berish oʻquvchilarning tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
27.4K views03:49
Ochish/sharhlash
2023-04-11 06:46:13 Boshlangʻich sinflarda bir kunda 3 yoki 4 tagacha nazorat ishlarini oʻtkazish mumkinmi?

Maʼlumki, boshlangʻich sinflar alohida fiziologik xususiyatga ega boʻlib, ularni o'qitishda sanitariya qoidalari va normalarida belgilangan meyorlarga rioya etish talab etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligining  “Oʻrta taʼlim maktablarda taʼlim shartlari va tashkil etilishiga qoʻyilgan sanitar-epidemiologik talablar” toʻgʻrisidagi  hujjatida boshlangʻich sinflarda yozma ishlar olish tartibi belgilab qoʻyilgan.

Unga ko'ra, oʻquv kuni davomida bittadan ortiq nazorat ishini oʻtkazmaslik hamda nazorat ishlarini 2-4- darslarda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Boshlangʻich sinflarda qoʻshaloq darslar oʻtkazilmaydi. Shuningdek, 1-sinflarda bir kunda 4 soatdan ortiq dars oʻtish mumkin emas, 2-4-sinflarda esa bu eng koʻpi bilan 5 soat etib belgilangan.

1-sinfda oʻqiyotganlar uchun eng qiyin fanlar 2-darsda,
2-4-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-3-darslarda, 
5-9-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-4-darslarda oʻtkazilishi kerak.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan ushbu, chorak oxirlagan ayni kunlarda mazkur talabga rioya qilishlarini soʻrab qolamiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.1K views03:46
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:35:04
#ota_onalar_va_ustozlar_uchun
Bolalarga xatolardan o'rganishlarida qanday yordam berish kerak?

Mazkur maqolada kattalar uchun bolalarga xatolardan saboq olishga yordam beradigan to'rtta asosiy qadam keltirilgan.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
5.3K views04:35
Ochish/sharhlash
2023-04-08 10:52:04 To'g'ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi

Lotereya oʼynamay turib, Xudodan yutuq soʼragan odam toʼgʼrisidagi latifani barchamiz eshitganmiz. Bugun koʼpchilikning hayoti ham ana shu latifada tasvirlangan syujetga oʼxshab qolgan. Ertani yaratish uchun bugun qanday yashayapmiz, degan savolga oʼzimizcha javob izlab koʼraylik.

Tadqiqotlarga koʼra, bizning taqdirimizda quyidagi uch muhim yoʼnalishdagi qarorlarning oʼrni juda yuqori ekan:
– diqqat-eʼtiborni nimaga qaratishga oid qarorlar;
– hayotingizda muhim ahamiyatga ega narsalarga oid qarorlar;
– xohish-ehtiyojlar uchun qilingan qarorlar.

Biroq, aksariyat odamlar bu tizimni oʼrnatishda idrokka suyanmaganliklari evaziga muntazam muvafaqqiyatsizlikka duchor boʼlaveradilar. Bizdagi qaror qabul qilish tizimiga odatda ota-onamiz, tengdoshlarimiz, oʼqituvchilarimiz, media, reklama yoki umuman ayrim hollarda mentalitet katta taʼsir
oʼtkazadi.

Koʼrinib turibdiki, qaror qabul qilish ham mahorat hisoblanadi. Qaror qoʼrquv yoki majburiyat mevasi boʼlishi kerak emas. U tafakkur, ilm va ishonch mevasi. Muvaffaqiyatli hayot ortida aslida kimningdir jurʼatli qarorlari yotganini unutmang!

"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
6.8K viewsedited  07:52
Ochish/sharhlash
2023-04-07 07:18:17
Oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi
2-qism

Bunday xatolardan yana biri darslarni Power Point shousiga aylantirishdir.

Oʻqituvchilar uchun maʼruza matnlarini PowerPointga joylash va dars vaqtini asosan slaydlar bilan oʻtkazish odatiy holga aylandi. Biroq bunday taqdimotlar asosan oʻquvchilar vizual qabul qilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni ifodalash uchungina foydali.

Agar siz dars davomida qilishingiz kerak boʻlgan maʼruzani toʻliq slaydlardan foydalanib oʻtsangiz, oʻquvchida sizning bilimingizga nisbatan ishonchsizlik uygʻonadi.

Shuning uchun power point taqdimotlaridan maʼruzangizda tushuntirmoqchi boʻlgan turli diagrammalar, sxemalar, diagrammalar, animatsiyalar, fotosuratlar, videokliplar tushuntirish uchungina foydalaning.

Qolgan maʼlumotlarni berish uchun esa oʻz bilimingizga tayaning.

Eng yaxshi dars bu koʻp qirrali darsdir. Doska, multimedia, hikoya qilish, muhokamalar, mashgʻulotlar, individual topshiriqlar va guruhda ishlash Qanchalik koʻp xilma-xillikni yaratsangiz, sinf shunchalik samarali boʻladi.

Darslarni PowerPoint shousiga aylantirmang!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
10.2K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2023-04-06 07:27:26
7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling!

9 - sinf Kimyo
9 - sinf Biologiya
9 - sinf Fizika
9 - sinf Geografiya
9 - sinf Informatika
9 - sinf Matematika
9 - sinf Tarix
9 - sinf Jismoniy tarbiya
9 - sinf Ona tili va adabiyot
9 - sinf O'zbek tili (rus va qardosh)
9 - sinf Ingliz tili
9 - sinf Nemis tili
9 - sinf Rus tili (milliy)
9 - sinf Fransuz tili
______

11 - sinf Kimyo
11 - sinf Biologiya
11 - sinf Fizika
11 - sinf Geografiya
11 - sinf Informatika
11 - sinf Matematika
11 - sinf Jahon tarixi
11 - sinf O'zbekiston tarixi
11 - sinf Ona tili va adabiyot
11 - sinf O'zbek tili (rus va qardosh)
11 - sinf Ingliz tili
11 - sinf Nemis tili
11 - sinf Fransuz tili
______

Maxsus ta'lim yo'nalishida namunaviy nazorat materiallari
Qoraqalpoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Qirg'iz tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Qozoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Tojik tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Turkman tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Rus tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
8.5K views04:27
Ochish/sharhlash
2023-04-05 15:16:09
Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi yutuqli tanlov!

6-aprel kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi 3 ta natija egasi kitoblar bilan taqdirlanadi!

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
6.7K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-05 08:32:04
O'qituvchilar eng ko'p yo'l qo'yadigan xatolar

Bugun biz Siz bilan oʻqituvchilar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularning yechimi haqida gaplashamiz.

Birinchi xato - bu savol berganda koʻngillilar xizmatidan foydalanishdir. Siz savol berasiz va oʻylanib oʻtirgan oʻquvchining javobini kutishga vaqt sarflamaslik uchun sinfdagi oʻsha doimiy faol oʻquvchilardan javoblarni qabul qilib olasiz.Natijada, javob axtarayotgan oʻquvchilar qutilib qolganliklari uchun yengil nafas olishadi va oʻylashni toʻxtatishadi. Javoblarni doim koʻngillilardan olish, har doim kimdir javob beradi-ku deya javobni oʻylab ham koʻrmaydigan dangasa oʻquvchilar toifasini shakllantiradi.

Unda indamay oʻtirgan biror oʻquvchiga yuzlanib qani javobni sen ayt deyishim kerak ekan deb oʻylayotgan boʻlishingiz mumkin. Ammo bu ham salbiy natijaga olib keladi. Javobni bilmagan, oʻylab olishiga vaqt berilmagan oʻquvchida sizning darslaringiz xavotirli va stressli tuygʻu uygʻotishi mumkin.

Savol-javob oʻtkazishning eng yaxshi yoʻli savol berish va talabalarga yakka tartibda yoki kichik guruhlarda ishlash uchun, javob topishlariga qisqa vaqt berishdir. Vaqt tugashi bilan ularni toʻxtating va bir nechta oʻquvchidan qanday javob topganlarini soʻrang. Agar toʻliq javobni ololmasangiz keyin koʻngillilardan soʻrasangiz boʻladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
1.2K views05:32
Ochish/sharhlash
2023-04-04 06:58:59
#Infografika
Diqqatni jamlash bilan muammosi boʻlgan oʻquvchilar uchun strategiyalar

Oʻquvchilarga aniq, bir bosqichli koʻrsatmalar bering;
Darslar oraligʻida miyaga tanaffuslar bering;
Vazifalar uchun taymer oʻrnating
Vizual materiallardan eslatma sifatida foydalaning;
Diqqatni kuchaytiruvchi oʻyinlarni oʻynang;
Oʻquvchilarni qulaylik bilan taʼminlang
Amaliy oʻquv jarayonini qoʻshing;
Darslarda oʻquvchilarning qiziqishlaridan foydalaning;
Muhim maʼlumot berishdan oldin qoʻngʻiroq tovushidan foydalaning;

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
6.7K viewsedited  03:58
Ochish/sharhlash