Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 6

2023-06-06 15:03:18 ​​Eng yaxshisi boʻlish uchun

Bir sinfda aʼlochi bir bola oʻqirdi. Lekin unda koʻrolmaslik odati bor edi. Sinfning eng yaxshi oʻquvchisi men boʻlishim kerak, boshqalar hamisha mendan orqada yurishi shart deb hisoblardi. Shuning uchun sheriklari darsda javob berayotganda oʻrtaga gap qoʻshib, ularni adashtirar, daftarlariga xato javoblarni yozib qoʻyar, xullas, ochiq dushmanlik qilardi. Buni sezgan oʻqituvchisi bir kuni uni xattaxta yoniga chiqarib, nega bunday qilayotganini soʻradi. Bolakay ichidagini yashirmadi:

– Ustoz, hech kim mendan zoʻr boʻlishini istamayman. Eng yaxshi, eng aʼlochi oʻquvchi oʻzim boʻlishimni xohlayman, – dedi u.

Ustozi doskaga teng uzunlikdagi ikkita chiziq chizdi. Soʻng soʻradi:

– Qara, oʻgʻlim, hozir taxtadagi chiziqlarning uzunligi bir xil. Birinchisi meniki, narigisi seniki. Seniki uzunroq boʻlishi uchun nima qilish kerak?

– Sizning chizigʻingizni oʻchirib, qisqartirish kerak, – deb javob berdi bola.

– Buning yana boshqa bir usuli bor, mantiqli va toʻgʻri usuli bor, – dedi oʻqituvchi va boʻr bilan bitta chiziqni davom ettirib uzaytirdi. – Koʻrdingmi, bu holda ham sening chizigʻing menikidan uzun boʻldi. Mening chizigʻimga esa zarar yetmadi. Agar boshqalardan aʼlochi boʻlmoqchi boʻlsang, ularning oyogʻidan chalishing emas, oʻz qobiliyatlaringni kuchaytirishing kerak. Shunda sinfning eng yaxshisi boʻlasan, oʻrtoqlaringga ham zararing tegmaydi. Ular senga havas bilan qaraydi, hurmatingni joyiga qoʻyadi.

Kichik sinfdagi bolalar orasida tez-tez koʻzga tashlanishi mumkin boʻlgan bu holat, afsuski, kap-katta kishilar oʻrtasida ham uchrab turadi. Aslida, oʻqituvchi aytgan haqiqatni anglab yetish unchalik qiyin ish emas. Buning uchun hayotga ochiq koʻz va uygʻoq vijdon bilan qarash kerak, xolos.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
15.4K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:36:31
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
13.2K views05:36
Ochish/sharhlash
2023-06-02 07:35:09

17.6K views04:35
Ochish/sharhlash
2023-06-01 09:03:11
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Farzandingizga sovg'a qilishingiz mumkin bo'lgan eng qimmatli narsa bu uning hayotini yanada chiroyli qilish uchun ajratgan vaqtingiz va e'tiboringizdir.

Bugun biz ota -onalar ularning ta'limi va tarbiyasida har qachongidan ham mas'uliyatli bo'lmog'imiz darkor.

Toki ular bizni faqat yaxshiliklar bilan quvontirsin!

Bizning kelajagimiz va baxtimiz sababichilari bo'lgan bolalarga bayram muborak bo'lsin!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
15.5K views06:03
Ochish/sharhlash
2023-06-01 07:43:36
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!

Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani instituti ta’sis etilishini buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkin.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
10.8K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-05-31 07:10:57
Siz sevgan IQ TEST qaytmoqda!

31-may kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

G‘olib va ishtirokchilar kitoblarimiz uchun natijasiga mos ravishda chegirmalarni qo‘lga kiritishadi!

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
13.6K views04:10
Ochish/sharhlash
2023-05-29 16:22:17
Matematikadan olingan imtihon bahosi ham algebra ham geometriya fanlariga amal qilishi haqida munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan yakuniy attestatsiyada o'quvchining olgan imtihon bahosi algebra faniga qo'yiladi biroq, geometriyaga amal qilmasligi haqidagi noto'g'ri ko'rsatmalar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan 2022-2023-o'quv yilida umumiy o'rta taʼlim maktablarining 9-, 11-sinflarida matematika fanidan imtihon yozma ish shaklida o'tkazilishi tavsiya etilgan.

O'quvchi mazkur imtixondan yozma ishda belgilangan ballar asosida qaysi bahoni olsa, algebra faniga ham, geometriyaga ham shu baho qo'yilishini ma'lum qilamiz.

https://t.me/RTM_matbuot
13.3K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-05-29 06:57:22
Aziz o'quvchilar, yozgi ta'til dam olish bilan birga o'z qiziqishlaringiz asosida mustaqil bilim olishingiz, o'quv yili davomida olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz uchun qulay vaqt.

Bor yo'g'i 5-10 daqiqa va shu vaqt — atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarning ilmiy asoslarini tushunib olishingiz uchun yetarli.

Biz qisqa vaqt ichida bilimlar qaymog'ini ulashadigan "Nima uchun?" loyihasiga start beramiz.

Qo'lingizdagi soat janub va shimolni ko‘rsatishini bilasizmi?
Nega g‘ildiraklar dumaloq shaklda bo'ladi?
Sut nega oq rangda?
Siz ham freelancer bo‘lishingiz mumkin. Ammo...
kabi mavzulardagi videodarslarni You Tube orqali tomosha qiling!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
82.7K viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash
2023-05-27 09:33:08
Yozgi taʼtil ssenariysi

Bolalar har yilgi yozgi taʼtilni intiqlik bilan kutishadi. Yozgi taʼtilning yaqinlashishi ota-onalar uchun ham alohida bosh qotirishni talab qiladi: “Bu yozdan bolalar bilan qanday qilib zerikishsiz chiqib olish mumkin, qanday qilib ularni ham xursand qilish, ham foydali mashgʻulotlar bilan band boʻlishlarini taʼminlash mumkin?”

Biroq, koʻpchilik ota-onalar yoz bolalar uchun oʻzlashtirilmay qolib ketgan chet tili kurslari yoki matematikani oʻzlashtirish vaqti boʻlib xizmat qilishi kerak deb oʻylashadi. Lekin oʻzingizni farzandingizning oʻrniga qoʻyib koʻring, “endi maktab tugadi deb quvonganimda yana darslarmi!?” degan boʻlar edingiz.

Quyida sizga farzandingiz uchun ham qiziqarli, ham foydali boʻladigan, eng muhimi ota-ona va farzand oʻrtasida yanada iliq munosabatni shakllantiradigan “Yozgi taʼtil ssenariysi”ni taqdim etamiz.

Batafsil: https://telegra.ph/Yozgi-tatil-ssenariysi-05-27

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
43.8K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-05-26 15:40:17
Ta'lim jarayoniga STEAM yondashuvni tatbiq etuvchi 46 nafar trener tayyorlandi

Respublika ta'lim markazida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan o'qituvchilar uchun ikkinchi marotaba STEAM mashg'ulotlari olib borildi.

18 soatlik o'quv kursi davomida STEAM darslari hamda mashg'ulotlarini tashkil etish va o'quv dasturlarini STEAMga moslashtirish yuzasidan treninglar tashkil etildi.

Bu safargi qisqa muddatli o'quv kursi yakunida 46 nafar o'qituvchilarga STEAM bo'yicha o'quv kursini tamomlaganlik haqidagi
sertifikat topshirildi.

Eslatib o'tamiz, birinchi guruhda 36 nafar amaliyotchi o'qituvchilar STEAM sertifikatiga egalik qilgan edi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
15.7K views12:40
Ochish/sharhlash