Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 88

2021-10-04 10:07:15 #Izohlardagi_tajriba
Agar oʻquvchingiz darsga yigirma minut kechikib kelsa qanday yoʻl tutasiz?

Faol ustozlar guruhida darsga kech qolgan o'quvchiga qanday chora qo'llash mumkinligi haqida qoldirilgan izohlar

Ilhom Xudoyberdiyevich
"Men kech qolgan o'quvchidan bu holatning sababini so‘rayman. 3 martagacha kech qolgan o'quvchini kechiraman. Keyin esa "qattiqqo‘llik rejimi"ga o‘taman. Nazorat, tartib bor joyda ish yaxshi bo‘ladi".

Davronxo‘ja
"Mening darslarimda, mabodo, o‘quvchilar kechikib qolsa, (aslida bu holat kamdan-kam uchraydi) sababini so‘rayman va kirishga ruxsat berishdan oldin, fan yuzasidan o'zim yoki sinfdoshlari bir nechta savollar berishadi".

Nafosat Muhitdinova
"Men kech qolgan o'quvchimga kulib: "Kelardizda janob yoki xonim", - deyman. Qiz bola o'quvchilarim kech qolganida qulog'iga "yarashadimi shu?". - deyman. Shunda, imkon qadar kechikmaslikka harakat qilishadi".

Nigora
"Men o'quvchilarimga darsdan yarim soat oldin kelishni o'rgatganman. Shu vaqt ichida tashkiliy ishlarimizni bajarib, bag'ri butunlikda dars boshlaymiz. Kech qolgan bolaning ota-onasi
bilan ishlash kerak, bolada ayb yo'q!"

Yaqipbay Mambetsapayev
"Men darsga kech qolgan o'quvchidan sababini so'rayman va bir marta keshiraman (ogohlantiraman). Agar o'g'il bola o'quvchim ikkinchi marta kech qolsa, 50 marta, uchinchi marta kech qolsa, 100 marta o'tirib-turish jazosini qo'llayman. Shunda bu o'quvchilar to'rtinchi marta kech qolmaydi".

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
34.7K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2021-10-04 08:42:41
Agar oʻquvchingiz darsga yigirma minut kechikib kelsa qanday yoʻl tutasiz?

Gruzin pedagogi Shalva Aleksandrovich Amonashvili darsga kechikib kelgan oʻquvchilariga qarab: “Bolajonim keldingmi, darsga kir, toʻgʻrisini aytsam sensiz darsni boshlashim qiyin boʻlib turgandi. Kelganing yaxshi boʻlibdi”,- der ekan.

Oʻquvchi necha bor kechiksa ham ulugʻ gruzin muallimi bolani urushmas, unga psixologik yoʻl bilangina taʼsir qilarkan. Oʻquvchilar ham uning darslariga kechikmaslikka harakat qilar ekanlar. Shalva Aleksandrovich Amonashvili pedagogikada inson shaxsiyatini gumanizm uslubiyati bilan tarbiyalash konsepsiyani yaratgan edi.

Eng qizigʻi Shalva Aleksandrovichning oʻzi maktab davrida namunali oʻquvchilar sirasiga kirmagan, lekin Ona tili va adabiyot fan oʻqituvchisining pedagogik mahorati tufayli u maktabni aʼlo bahoga tamomladi.

Hurmatli oʻqituvchi, Siz kech qolgan oʻquvchingizni tarbiyalashda qanday usullardan foydalangansiz? Oʻz tajribangiz bilan oʻrtoqlashing.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram
95.7K views05:42
Ochish/sharhlash