Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26.91K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 11

2023-04-03 04:56:52
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram: https://t.me/edurtm_uz
4.8K viewsedited  01:56
Ochish/sharhlash
2023-03-31 14:52:01
7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling!

9 - sinf Kimyo
9 - sinf Biologiya
9 - sinf Fizika
9 - sinf Geografiya
9 - sinf Informatika
9 - sinf Matematika
9 - sinf Tarix
9 - sinf Jismoniy tarbiya
9 - sinf Ona tili va adabiyot
9 - sinf Ingliz tili
9 - sinf Nemis tili
9 - sinf Rus tili (milliy)
9 - sinf Rus tili (rus va qardosh)
______________________

11 - sinf Kimyo
11 - sinf Biologiya
11 - sinf Fizika
11 - sinf Geografiya
11 - sinf Informatika
11 - sinf Matematika
11 - sinf Jahon tarixi
11 - sinf O'zbekiston tarixi
11 - sinf Ona tili va adabiyot
11 - sinf Ingliz tili
11 - sinf Nemis tili
11 - sinf rus tili (rus va qardosh)
__________________

Maxsus ta'lim yo'nalishida namunaviy nazorat materiallari
Qoraqalpoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Qirg'iz tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Qozoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Tojik tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
Turkman tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
92.6K views11:52
Ochish/sharhlash
2023-03-31 08:17:05
Xalqaro ta'lim yiliga atigi 11 500 000 so'mdan!

Toshkent shahridagi Adju universiteti 2023/24 o‘quv yili uchun qabul jarayonini boshlanganini e’lon qiladi!

Nega aynan Adju?
Xalqaro darajadagi diplom, TOP-500 ga kirgan universitet
Koreyada o’qish imkoniyati
Koreya ta'lim dasturi
Ish bilan ta'minlash kafolati
Yiliga 11 500 000 so'mdan maqbul shartnoma miqdori va grantlar

Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
Arxitektura
Qurilish muhandisligi
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
Koreys tili va filologiyasi (kunduzgi va kechki)

Shaxodatnoma olmasdan turib kirish imtihoniga qatnashing va o’z bilimlaringizni sinovdan o’tkazing.

Imtihon 7 may kuni Koreya Respublikasining Adju universiteti vakillari ishtirokida bo’lib o’tadi.

Ariza to‘ldirish uchun:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport / ID);
Ta'lim haqidagi hujjat (Shahodatnoma yoki Diplom);
3,5 x 4,5 foto;
IELTS 5.0+ yoki uning ekvivalenti (agar mavjud bo'lsa)
talab etiladi.

Hujjatlarni quyidagi usullar bilan topshirishingiz mumkin:
admission.ajou.uz saytida onlayn shaklda
universitet kampusida oflayn shaklda.

Batafsil ma’lumotlar uchun:
+998 71 208 69 69
+998 71 207 65 27
+998 71 207 65 29
+998 71 207 65 66
+998 71 207 65 25
+998 93 311 65 25
+998 93 312 65 25

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
11.5K views05:17
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:05:27
Yaxshi oʻqituvchini oddiy oʻqituvchidan ajratib turadigan 5 fazilat

Yaxshi oʻqituvchi sinfda sogʻlom hissiy muhitni saqlaydi: undan qo'rqishmaydi, unga savollar berishadi, unga ishonishadi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
9.7K views10:05
Ochish/sharhlash
2023-03-28 07:01:38Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?

Oliy oʻquv yurtini bitirgach, siz maktabda ishlashga qaror qildingiz. Qanday qilib ishning birinchi yilida umidsizlikka tushmaslik kerak? Siz kabi yangi ish boshlagan pedagoglar uchun tajribali oʻqituvchilarning tavsiyalarini taqdim etamiz.

1. Murabbiy toping
Ehtimol, siz bu tavsiyani oʻqigach, “Men shuncha yil oʻqidim, pedagogika boʻyicha maʼruzalarni yoddan bilaman, qanday oʻqitishni yaxshi bilaman!”, deb oʻylashingiz mumkin. Ustoz nafaqat kerak, balki juda zarur. U sizga ishning murakkabligi va rejalashtirish qoidalari haqida aytib beradi. Birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash va dono maslahat sizga juda muhim.

2. Maktab jamoasidan ajralmang
Bundan buyon siz uning bir qismisiz, shuning uchun alohida boʻlishga urinmang. Biz sizni har bir oʻqituvchining eng yaxshi doʻsti boʻlishga undayotganimiz yoʻq, lekin siz doʻstona munosabatda boʻlishingiz kerak. Aks holda, siz takabburlikda gumon qilinishingiz mumkin, oʻzini boshqalardan ustun deb biladigan odamni kim ham sevardi? Ertami-kechmi siz ham kasblaringizdan yordam soʻrashingizga toʻgʻri keladi.

3. Tabiiy boʻling
Oddiy haqiqat: bolalar yolgʻonni his qilishadi va uni sevishmaydi. Ular sizning ichingizni oson va tez “oʻqishadi”, shuning uchun biron bir rol oʻynash befoyda. Qanday ohangda eshitilmasin, tabiiy boʻlishingiz ancha oson.

4. Muvaffaqiyatsizlik va eʼtirozlarga eʼtibor bermaslikka harakat qiling
Siz juda koʻp tayyorgarlik koʻrasiz, natijada charchaysiz. Vaqti-vaqti bilan maktab maʼmuriyati vakillari darslaringizga tashrif buyurishadi. Ular “maqsadlar notoʻgʻri qoʻyilgan”, “jarayonda hamma bolalar ham ishtirok etmadi” kabi eʼtirozlarni bildirishlari mumkin. Siz bunday eʼtirozlarni tinglashingiz kerak, lekin ularni eshitganingizda tarvuzingiz qoʻltigʻingizdan tushib ketmasin. Tajriba bilan hamma narsa amalga oshadi! Sizni qoʻllab-quvvatlaydigan va xatolarni qanday tuzatishni koʻrsatadigan hamkasb-murabbiyingiz shunday vaqtlarda asqotadi.

5. Kundalikni sotib olib, uni har kuni yuriting
Uchrashuvlar, oʻqituvchilar kengashlari, ekskursiyalar, ota-onalar yigʻilishlari, ota-onalar bilan uchrashuvlar - barcha boʻlajak tadbirlarning vaqti va joyini eslab qolishga urinmang. Bunda sizga Google taqvimi, qogʻozli kundalik – umuman har qanday variant qoʻl keladi. “14-oktyabr kunigacha Karimova insho topshirishga vaʼda berdi” kabi har bir mayda-chuyda narsalarni ham yozib boring.


6. Shaxsiy hayotingiz borligini unutmang
Hissiy charchoq - umuman afsona emas. Bu koʻpincha “Men bugun hech qayerga bormayman, aftarlarni tekshiraman” degan ibora bilan sezilmasdan boshlanadi. “Tajribali” oʻqituvchilar ogohlantiradi: ishingizni uyingizga olib ketmang! Maktabda darslarga tayyorlaning, u yerda daftarlaringizni tekshiring. Uyda dam oling, oilangizga vaqt ajrating, kafe, teatr va restoranlarga boring.

Hurmatli yosh pedagoglar! Sizga pedagogik yoʻlingizni boshlashda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram
7.8K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-03-27 07:52:36
Yaxshi oʻqituvchi koʻp savol beradi

https://telegra.ph/Yaxshi-o%CA%BBqituvchi-ko%CA%BBp-savol-beradi-12-09

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram
5.3K views04:52
Ochish/sharhlash
2023-03-25 09:09:00
DIQQAT! E’LON!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

Ro'yxatdan o'tish  6-aprelgacha davom etadi
4.0K views06:09
Ochish/sharhlash
2023-03-25 06:45:20
#Bolajonlar_uchun
Kommunal to'lovlarni qisqartiring!

Ota-onangiz daromadining anchagina qismini kommunal to'lovlarga sarflashini bilasizmi? Ba'zan ta'minotchidan qarzdor bo'lib qolish ham mumkinligini eshitgandirsiz? Lekin siz ularga yordam berishingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Unda videoni tomosha qiling!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
7.1K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-03-24 07:21:32 ​#Ustozlar_uchun
Daftar tekshirishda vaqtni tejaymiz

Vaqt - moddiy va maʼnaviy qadriyat. Boshqa moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni toʻplash va saqlash mumkin. Vaqt har soniyada siljiydi, yoʻq boʻlib ketadi, u noyobdir. Bu yerda ajoyib polshalik shifokor va oʻqituvchi Yanush Korchakning soʻzlarini keltiramiz: “Har bir daqiqa, hozirgi soat va bugungi kunni ehtiyot qiling ... chunki u oʻladi va hech qachon takrorlanmaydi”.

Oʻqituvchining ishi oʻziga xos mehnatdir. Daftarlarni tekshirish bu mehnatning bir qismi hisoblanib, koʻp vaqtni oladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻrtacha 18 soatlik ish haftasida oʻqituvchi daftarlarni tekshirishga kuniga 2,5 soat, haftasiga 15 soat sarflar ekan. Qarabsizki, oʻqituvchi bolalar bilan yana-da mazmunli ishlash uchun oʻz dunyoqarashini doimiy ravishda kengaytirish istagi va boʻsh vaqt yetishmasligi oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi.

Daftarlarni tekshirishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish usullaridan birini oʻrgatamiz. Oʻquvchilaringiz sizga daftarlarni aynan tekshirish boshlanishi kerak boʻlgan betini ochiq holatda topshirishadi. Keyin ularni sinfda darhol tekshirishingiz mumkin. Yoki ularni shu taxlit joylashtirib, uyiga olib borishingiz osonroq boʻladi.

Oʻqituvchi oʻquvchining ishini tekshiradi va oʻng qoʻli bilan baho qoʻyadi (agar u oʻnaqay boʻlsa), chap qoʻli bilan bu daftarni chetga surib qoʻyadi. Bu vaqtda keyingi daftar oʻqituvchining koʻz oldida boʻladi. Shu tariqa tekshirish davom etaveradi.

Bu usulning yaxshi tomoni oʻqituvchining koʻz oldida oʻquvchining ism-familiyasi emas, uning ishi koʻrinadi, bu esa tekshiruvning yana-da obyektiv boʻlishiga yordam beradi. Toʻgʻri hamma ham bu usulga rozi boʻlmasligi mumkin, ularga masalan, doʻkon javonlarida boʻlgani kabi, tekis taxlangan daftar toʻplamlarini koʻproq afzal koʻrishadi. Bunda esa, bir necha soniyani behuda yoʻqotib, har bir daftarni shitirlatib kerakli betni qidirishlariga toʻgʻri keladi.

Tekshirish jarayoni tugagach, oʻquvchilarning ochiq turgan daftarlaridagi baholarni oʻng qoʻl bilan jurnalga kiritasiz, qaramagan holda chap qoʻl bilan daftarlarni yopib, xuddi shunday taxlab chiqaverasiz.

Kanalga obuna bo`lish:

Telegram|Facebook|Instagram
6.2K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:23:09
#ota_onalar_va_ustozlarga_tavsiyalar
Farzandingizning qobiliyatlaridan koʻra mehnatlarini koʻproq qadrlang!

Nega bolaligida favqulodda isteʼdod egalarining hammasi ham hayotining keyingi qismida muvaffaqiyatga erisha olmaydi? Yoki sodda qilib aytganda isteʼdod soʻnib qoladi?

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
7.2K views04:23
Ochish/sharhlash